‘zbek ist n respublikasi



Download 26,01 Mb.
bet53/134
Sana18.01.2022
Hajmi26,01 Mb.
#384136
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   134
Bog'liq
Pul, kredit va banklar (1)

. Moliya siyosatini amalga oshirishda moliya mexanizmining mohiyati va o ‘rni


Davlat moliya siyosatini tashkil etuvchisi moliya mexanizmi hisoblanadi, chunki u orqali davlatning moliya munosabatlari sohasidagi butun faoliyati amalga oshiriladi.

Moliya mexanizmi o'zining mohiyatiga ko'ra davlat tom onidan jamiyatda moliya munosabatlarini tashkil etishdagi shakl, turlar hamda usullarning yig‘indisi hisoblanadi. Moliya mexanizmi-moliya amaliyo- tida yuzaga chiqadigan moliyaning tarkibidagi elementlarni mujas- samlashtirgan. Moliya resurslarining shakllari, ularni shakllantirish usullari, qonunchilik asosidagi m e’yor va ularning tizimi, budjet tizimini tashkil etish, xo'jalik subyektlarining moliyasi hamda qimmatli qog‘ozlar bozori ushbu elementlarga kiradi. Shuni ta ’kidlash lozimki, moliya mexanizmining elementlari o ‘zaro bog‘liqlikda faoliyat ko‘r- satadi.

Moliya mexanizmi bu rnoliya siyosatining aksari hollarda o ‘zgarib turuvchi qismi hisoblanadi. Davlat tomonidan jamiyatdagi joriy iqtisodiy holatni hamda mamlakat ijtimoiy holatini hal etishdagi q o ‘yilgan taktik vazifalarning hal etilishi xususiyatlariga asosan moliya mexanizmi o ‘zgarib turadi. Davlat qonun chiqaruvchi va ijrochi organ sifatida moliya munosabatlarini turlicha tashkil etishi mumkin. Masalan, bunday moliya munosabatlari vakolatli davlat organlari hamda faoliyat ko‘r- satayotgan xo ‘jalik subyektlari o ‘rtasida davlat budjetining daromad- larini shakllantirish maqsadida ulardan turli soliqlar to‘lovlarini undirish asosida tashkil etilishi mumkin. Davlat tomonidan soliq tizimini tashkil etishda umumdavlat va mahalliy soliqlarni, bevosita va bilvosita soliqlarning turlarini, har bir soliq turi bo‘yicha obyekti, subyekti, soliq stavkalari, soliqlar bo‘yicha imtiyozlarning ro‘yxatini hamda amaldagi soliq qonunchiligining o ’zgarish yuzasidagi boshqa element- larni hisobga olishi zarur. Buning uchun davlat organlari barcha iqtisodiy qonunlarni juda puxta o‘rganishi hamda moliyaning rivojla- nishini mukammal aniqlashi lozim.

Moliya mexanizmi o ‘z mohiyatiga ko‘ra asosan ikkiga bo'linadi: direktiv moliya mexanizmi; tartibga solib turuvchi moliya mexanizmi.

Direktiv moliya mexanizmida asosan davlatning vakolatli organlari tom onidan moliya munosabatlari ishlab chiqiladi. Ushbu moliya munosabatlariga soliqlar, yig‘imlar, davlat krediti, budjet xarajatlari, budjetdan moliyalashtirish, budjet tuzilmasini tashkil etish, budjet jaravoni, budjetlararo munosabatlar hamda moliyaviy rejalashtirish kiradi.

Direktiv moliya mexanizmida davlatning vakolatli organlari jamiyat- da moliya munosabatlarining barcha ishtirokchilari uchun bajarilishi majburiy bo'lgan tartib-qoidalar tizimini juda puxta va mukammal holda ishlab chiqadi.



Shuni ham ta ’kidlash lozimki, ba’zi holatlarda ishlab chiqilgan direktiv moliya mexanizmi davlat bevosita ishtirok etmaydigan moliya munosabatlarini o ‘z tarkibiga kiritishi mumkin. Bu holat jamiyatda moliya siyosatini amalga oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarning faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Bunday sohaga korpo­ rativ qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini misol qilib ko'rsatish mumkin.

Tartibga solib turuvchi moliya mexanizmi davlat manfaatlariga to ‘g!ridan-to‘g‘ri ta ’sir etmaydigan moliya munosabatlarining aniq segmentida faoliyatni tartibga solib turadi. T a ’kidlab o'tganimizdek,

moliya mexanizmi tuzilishi jihatdan murakkab tizim hisoblanib, uning tarkibiy qismi xilma-xil moliya m unosabatlaridan tashkil etishi hisoblanadi. Bunday holatlarda davlatning vakolatli organlari tom o- nidan bunday x o ‘jalik subyektlari uchun ular barcha soliqlar va yig‘imlarni to ‘lab boiganidan so‘ng ular ixtiyorida qoladigan moliya resurslaridan foydalanishning faqat umumiy tartib-qoidalarini o ‘rna- tadi. Xo ‘jalik subyektlari esa ixtiyorida qolgan moliya resurslaridan foydalanishning shakllari, pul jamg'armalari turlarini mustaqil tarzda ishlab chiqadilar.

Moliyani boshqarishda davlat tom onidan puxta va mukam mal ishlab chiqilgan faoliyat olib borishlikni hamda bu faoliyatda moliya mexanizmidan oqilona foydalanishni talab etadi.

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bosqichma-bosqich bo- zor munosabatlariga o ‘tishi, iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi hamda mulkchilikni davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni natijasida moliya mexanizmi bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Bunga quyidagi omillar bevosita ta ’sir ko'rsatdi:

    1. Budjetlararo m unosabatlar sifatan o 'zgarishining am alga oshirilishi. Mahalliy budjetlar xarajatlarning sarflanishida katta vako- latga ega bo‘lishdi, ulardagi mavjud budjet taqchilligi (defitsiti) davlat budjeti tarkibiga kiritildi.

    2. Davlat budjetining taqchilligi asosan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan muomalaga davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari va davlat o ‘rta muddatli g'azna majburiyatlarini chiqarish yordamida qoplanishi amalga oshirilmoqda.

    3. Davlat budjetidan tashqari maqsadli budjetdan tashqari jam g 'ar- malar tashkil etildi (Respublika yo'l jam g‘armasi. davlat bandlik jam - g'armasi, pensiya jam g‘armasi va 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulki Q o‘mitasining maxsus fondi).

    4. Mamlakatda moliyani boshqarishda o'zgarishlar amalga oshirildi. ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo'mitasi, Hisob palatalari taslikil etildi).

    5. Davlat va xususiylashtirilgan xo'jalik subyektlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar soliq toMash asosiga o'tkazildi.

    6. Milliy qimmatli qog‘ozlar bozorining tashkil etilishi natijasida xo ‘jalik subyektlarini muomalaga korporativ qim m atli qo g ‘ozlarni chiqarish tartib- qoidasi o'zgardi va bu jarayon qattiq nazoratga olindi.

Yuqoridagi omillar esa iqtisodiyotning bozor munosabatlari sha- roitiga o'tish davrida bu jarayonlar talabiga javob beradigan oqilona moliya siyosati olib borishlikni talab etadi. Moliya siyosati olib borili- shida moliya mexanizmi mohiyatining juda kattaligiga guvoh bo‘ldik. Oqilona tashkil qilingan moliya mexanizmi xo'jalik subyektlarida ishlab chiqarishni rivojlantirishga va mamlakat mintaqalarining moddiy man- faatdorligini oshirishga hamda budjet mablag‘lari tejamkorlik bilan sarflanishini to‘g‘ri yo'lga qo'yishiga xizmat qiladi.


    1. . Moliya tizimi va uning bo‘g‘inlariga tasnif

Iqtisodiy adabiyotda «moliya tizimi» tushunchasi ikki xil ma’noda talqin etiladi. Ulardan birinchisi asosan pul operatsiyalari bilan shu- g‘ullanuvchi xo‘jalik subyektlari (tijorat banklari, investitsiya fondlari va konipaniyalari) faoliyatining yig‘indisidan iboratligini anglatadi. Ikkinchisi esa butun moliya munosabatlari tizimidan iboratliligini ang­ latadi, lekin bu «tizim» tushunchasi o ‘zaro bog'liqlikni bildiradi. Bunga asosan alohida olingan moliya munosabatlari, uning ishtirokchilari va bo‘g‘inlariga vaholanki moliya tizimiga ta’rif berish mumkin. Moliya tizimi — turli moliya munosabatlarining yig‘indisi hisoblanib, bu muno- sabatlar jarayonlarida xo ‘jalik yurituvchi subyektlar va davlatning pul mablag'lari jamg'armalari turli shakllar hamda usullar yordamida shakllanadi, taqsimlanadi va sarflanadi.



Moliya tizimini moliya munosabatlari ishtirokchilarining o‘ziga xos xususiyatiga asosan 4-chizmada ko'rish mumkin.

Chizmadan ko‘rinib turibdiki, moliya tizimi ikki asosiy va o'zaro bog‘langan bo‘g‘inostidan iborat. Birinchisiga, markazlashgan moliya kirib, u iqtisodiyot miqyosida kengaytirilgan ishlab chiqarishning ehtiyojlarini vajamiyat aholisining ijtimoiy guruhlarini ijtimoiy himoya qilish uchun kerakli moliya mablag‘lari bilan ta ’minlash vazifasini amalga oshiradi. Ikkinchisiga xo'jalik subyektlarining moliyasi kirib, u alohida olingan subyektlarning ishlab chiqarish jarayonlarini pul mablagMari bilan ta ’minlashni amalga oshiradi.

Moliya tizimining markazlashmagan moliya bo‘g‘inosti moliya tizimining asosi hisoblanadi, chunki xo‘jalik subyektlarining moliyasida, ya’ni asosan moddiy ishlab chiqarish sohasida moliya resursiarining asosiy qismi shakllanadi. Xo ‘jalik subyektlarining moliyasi, moliya tizimining bo‘g‘ini sifatida mamlakatdagi pul mablag'lari jaing‘ar- malarining manbayi hisoblangan milliy daromad yaratiladi. Shuni





      1. Download 26,01 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish