Reja: - Moliya siyosatining mazmuni va ahamiyati.
- Moliya mexanizmi va uni moliya siyosatini amalga oshirishdagi o`rni.
- Hozirgi kunda moliya siyosatining asosiy yo`nalishlar.
Moliya siyosati - bu moliyaviy resurslarni jamlash, ularni davlatning o`z funktsiya va vazifalarini amalga oshirish uchun taqsimlash va ishlatish shakl hamda usullarida tizimli namoyon bo`luvchi tadbirlar yig`indisidir. Moliya siyosati quyidagi omillarga bog`liq: - tarixiy sharoitlar;
- iqtisodiyotning rivojlanish darajasi;
- siyosiy maqsadlar;
- iqtisodiy maqsadlar;
- ijtimoiy maqsadlar;
- maqsadlarga erishish muddatlari;
- milliy udumlar.
Moliya siyosatining mazmuni ko`p qirrali bo`lib, quyidagi muhim bo`g`inlarni o`z ichiga oladi: - moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan konseptsiyalarini ishlab chiqish;
- istiqbolda va joriy davr mobaynida moliyadan foydalanishning asosiy yo`nalishlarini belgilab olish;
- qo`yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy xatti-harakatlar, chora tadbirlar ko`rish.
Moliya siyosati = moliya strategiyasi va moliya taktikasini belgilaydi - Moliya siyosati = moliya strategiyasi va moliya taktikasini belgilaydi
Moliyaviy strategiya deb korxonani moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun va ulardan samarali foydalanish uchun tuzilgan uzoq muddatli rejaga aytiladi. - Moliyaviy strategiya deb korxonani moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun va ulardan samarali foydalanish uchun tuzilgan uzoq muddatli rejaga aytiladi.
Moliya strategiyasi - (vazifalarining ko`lami va davriyligiga ko`ra)
Asosiy moliyaviy strategiya - - korxona faoliyatini aniqlovchi byudjet bilan bo`ladigan, o`zaro munosabatlarni belgilovchi, korxonaning daromadlarini shakllantirish, uni sarflashga korxona ehtiyojini moliyalashtirish manbaalarini o`z ichiga oladi.
Operativ moliyaviy strategiya - - o`z ichiga yalpi daromadlarni va mablag`larning ko`payishini va hamma yalpi harajatlarni oladi.
Moliyaviy taktika - - strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish usullari orqali amalga oshiradi.
Moliya mexanizmi - - taqsimot va qayta taqsimot munosabatlarining keng tizimini amalga oshirish, daromad va jamg`armalarni tashkil etish, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tuzishni ta’minlovchi shakl va usullar yig`indisan iborat.
Moliyaviy mexanizmining tarkibiy qismlari - Moliyaviy istiqbolini aniqlash
- Moliyaviy dastaklar va rag`batlantirish vositalari
- Moliyaviy boshqarish usullari
Moliya qonunchiligi - - moliya mexanizmini amalga oshirishda belgilangan qonunchilik doirasidan chetlashmaslik
Moliyaviy istiqbolni aniqlash moliyaviy mexanizming asosiy qismi bo`lib, u moliyaviy rejalar va balanslarni, hamda moliyaviy ko`rsatkichlar, norma va normativlar tizimini o`z ichiga oladi. - Moliyaviy istiqbolni aniqlash moliyaviy mexanizming asosiy qismi bo`lib, u moliyaviy rejalar va balanslarni, hamda moliyaviy ko`rsatkichlar, norma va normativlar tizimini o`z ichiga oladi.
Moliyaviy dastaklar va rag`batlantirish vositalar – ularga foydani taqsimlash usullari, turli fondlarga to`lovlar, ajratmalar, qo`llaniladigan imtiyozlar, sanktsiyalar, jarimalar, soliqlar, subsidiya, subventsiya va sanatsiyalar kiradi. - Moliyaviy dastaklar va rag`batlantirish vositalar – ularga foydani taqsimlash usullari, turli fondlarga to`lovlar, ajratmalar, qo`llaniladigan imtiyozlar, sanktsiyalar, jarimalar, soliqlar, subsidiya, subventsiya va sanatsiyalar kiradi.
Moliyani boshqarish usullari sub’yektlarning moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish, pul oqimi – fondlarini uyushtirish, taqsimlash va samarali ishlatishga oid faoliyatni bildiradi. - Moliyani boshqarish usullari sub’yektlarning moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish, pul oqimi – fondlarini uyushtirish, taqsimlash va samarali ishlatishga oid faoliyatni bildiradi.
- “Hozirgi sharoitdagi moliyaviy siyosatining asosiy yo`nalishlari”ga internetdan ma’lumot olinadi va keyin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |