‘zbek ist n respublikasi



Download 26,01 Mb.
bet47/134
Sana18.01.2022
Hajmi26,01 Mb.
#384136
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   134
Bog'liq
Pul, kredit va banklar (1)

Ssuda kapitali — bu faoliyat ko‘rsatuvchi kapital aylanishiga xizmat qiluvchi va foiz keltiruvchi ssuda (qarz)ga beriladigan pul kapitalidir.

Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi. Uning asosiy elementlari bo ‘lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari m a’lum tamoyillar asosida olib boriladi.



Ssuda kapitali o ‘ziga xos tovar sifatida gavdalanar ekan, u holda undan foydalanishda to‘lanadigan foiz kapital «baho»si bo'lib ishtirok etadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Kredit ninui?

  2. Kreditning mohiyati nimadan iborat?

  3. Kreditning zururligini tushuntirib bering.

  4. Kredit funksiyalari nima?

  5. Kredit ittifoqlarini aytib bering.

  6. Kreditning muddatliligi nima?

  7. Kreditning t a ’minlanganligi nima?

  8. Tijorat kredit deganda nimani tushinasiz

  9. [poteka krediti nim a?

  10. Xususiy kredit nima?

III bob. M O L IY A VA M O L IY A T IZ IM I


    1. . Moliyaning ijtimoiy iqtisodiy mohiyati

Aksariyat hollarda aholi o ‘rtasida va ayrim mutaxassislar ham



«moliya» tushunchasini «pul» tushunchasi bilan aralashtirib yuboradilar. Haqiqatda esa bunday emas, am m o pulsiz moliyaning ham boMishi mumkin emas. Ushbu savolni hal etish uchun moliya kategoriyasining tarixiy rivojlanish bosqichlarini yoritish kerak bo'ladi.

Moliya tarixiy kategoriya sifatida davlatning funksiyalari va ehtiyojlari ortib borishi ta ’sirida tovar-pul munosabatlari sharoitida yuzaga chiqdi. «Moliya» tushunchasi lotincha «fmancia» so'zidan olingan bo‘lib. bitimlardan undiriladigan to ‘lov, daromad m a’nosini anglatadi. 11k bor moliya tushunchasi X III—XV asrlarda Italiyaning yirik savdo va bank xizmatlari markazi hisoblangan — Florcnsiya, Venesiya va Genuyada muomalaga kirgan. Keyin ushbu tushuncha xalqaro ko‘lamda keng ishlatila boshlanib, u davlat zim m asiga yuklatilgan siyosiy va iqtisodiy funksiyalarni bajarishi uchun mamlakat aholisi o ‘rtasida pul resurslarini jalb qilish bilan bog‘liq pul m unosa­ batlari tizimini o ‘zida mujassamlashtira boshladi. Ushbu omil esa moliya kategoriyasining o ‘zida quyidagi maxsus xususiyatlarning aks ettirishini ta ’minlaydi:

  • moliya ikki subyekt o'rtasidagi pul munosabatlari hisoblanadi, ya’ni pul ushbu munosabatlarning moddiy asosi bo‘lib xizmat qiladi;

  • moliyaviy munosabatlar jarayonidagi ishtirokchi subyektlar turlicha huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi, ulardan biri hisoblangan davlat o ‘ziga xos bo'lgan hukumronlik vakolatiga egadir;

  • moliyaviy munosabatlar jarayonida umumdavlat pul mablagMari fondi hisoblangan budjet shakllanadi;

  • davlat budjetining d arom ad qismiga yetarli m ablag‘larning m untazam va to‘liq kelib tushishini ta ’minlash m aqsadida soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa t o ‘lovlarga davlat majburiy xarakteri berildi ham da buni amalga oshirish u chun davlatning huquqiy faoliyatini amalga oshiradigan maxsus vakolatlarga ega fiskal apparat tashkil etildi. Ushbu holatni hozirgi vaqtdagi O ‘zbekistonga taq-

qoslasak, unda 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o ‘mitasini ko‘rsatish mumkin.

Moliya um umiqtisodiy kategoriya sifatida davlatning faoliyat ko'rsatishi u ch u n moddiy asosni tashkil etadi. Moliya davlatga yuklatilgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshirish, jamiyatda kengaytirilgan ishlab chiqarishni ta’minlash uchun kerakli pul mablag‘larini yetkazib beradi. Ushbu faoliyatni amalga oshirishda soliqlar, to'lovlar, bojlar, davlat kreditini jamlagan moliya davlat uchun obyektiv va zarur xususiyatga ega bo‘ladi.

Yuqorida qayd etilgan xususiyatlarning barchasi moliyaning tarixiy kategoriya sifatida vujudga kelishiga bevosita ta’sir etgan omillardan hisoblanadi.

Bu omillarni o ‘ziga xos xususiyatlari asosida guruhga ajratilsa, ular quyidagilardan iborat bo‘ladi:



  • jamiyatda mehnat taqsimotining amalga oshirilishi va jamiyatni turli ijtimoiy guruhlarga bo‘linib ketishi;

  • tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va shu asosda ishlab chiqarishning o ‘sishi hamda yalpi ichki mahsulot hajmining ko‘payishi;

  • jam iyatda kerakli pul mablagMarini yaratuvchi turli mulk shaklidagi mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi xo'jalik subyektlarining yuzaga kelishi;

  • markazlashgan davlatning tashkil topishi.

Moliya m unosabatlarida pulning mustaqil harakati natijasida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlari tashkil topadi. Bu holat esa moliyaning moddiy mohiyatini anglatadi. Lekin moliya pul munosabatlarini o ‘zida aks ettirsada, jamiyatdagi barcha pul munosa- batlari moliyaga tegishli bo‘lmaydi. Biz quyida moliya va pul m uno­ sabatlarini taqqoslab, ular o ‘rtasidagi farqlarni ko'rsatishga harakat qilamiz:

  1. Pul jamiyatda umumiy ekvivalent rolini o'ynaydigan maxsus tovar hisoblanib, uning yordamida barcha xarajatlar hisobga olinadi. Moliya yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlaydigan, qayta taqsimlaydigan iqtisodiy dastak b o ‘lib, u orqali pul m ablag‘lari fondlarining tashkil etilishi ham da sarflanishi nazorat qilinadi;

  2. Pul o ‘ziga xos beshta funksiyani: qiymat o ‘lchovi, muomala vositasi, jam g‘arma vositasi, to'lov vositasi va jahon puli funksiyalarini bajaradi. Moliya bu funksiyalardan sifatan va miqdoran farq qiluvchi o ‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Biz keyin bu funksiyalarni to ‘liq yoritamiz;

  3. Pul moliyadan oldin paydo bo‘lgan, moliya esa tarixiy kategoriya sifatidan puldan keyin paydo bo'lgan;

  4. Pul moliyaga nisbatan keng iqtisodiy munosabatlarni o ‘zida aks ettiradi. Moliya markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq nisbatan tor doiradagi iqtisodiy m uno­ sabatlarni o ‘zida aks ettiradi.

Moliyaning puldan farqini soddaroq qilib ochib berishga harakat qilamiz. Xodim o ‘zi ishlayotgan tashkilotdan mehnat haqi oldi. Bu yerda moliya munosabati yuzaga chiqadi. Chunki tashkilot mehnat haqini berish jarayonida davlat soliqlarini va budjetdan tashqari jam g'arm a uchun to ‘lovlarni hisoblab, uni undirib oladi. Demak, xodim va davlat o ‘rtasidag¡ moliya munosabati amalga oshdi. Keyingi misol, talabaga dadasi pul berdi. Bu yerda pul munosabati amalga oshdi, lekin moliya munosabati amalga oshmadi. Chunki, bu pul munosabatini davlat tartibga solmaydi va nazorat etmaydi. Bunday pul munosabatlarini xaridorlar va sotuvchilarning bozorda yuzaga chiqadigan munosabatlari misolida ko'rsatish mumkin.

Shunday qilib, moliya -doimo pul munosabatlaridir, lekin jamiyat- dagi barcha pul munosabatlari moliya munosabatlarini tashkil etmaydi. Pul munosabatlariga nisbatan moliya munosabatlarini ajratib turadigan ko'rinishlar mavjud. Moliya munosabatlari huquqiy asosga ega va tartibga solib turiladigan pul munosabatlaridir. Pul munosabatlari esa bunday huquqiy asosga ega emas. Bunday jarayon ishtirokchilari miqdor va shartlarni o ‘zaro kelishilgan holda belgilaydi.

Ishlab chiqarish subyekti o'zining ishlab chiqarishini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida muomalaga obligatsiya chiqardi. Bu jarayonda subyekt amaldagi qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunga asosan faoliyat olib boradi. Muomalaga esa o ‘zining shakllangan ustav kapitalining 100 foizi miqdorida obligatsiya chiqarish huquqiga ega. Muomalaga chiqarilgan obligatsiyalar uchun yuridik va jism oniy shaxslardan pul mablag'lari jalb qiladi. Bu yerda pul munosabatlari yuzaga kelgan, lekin moliya munosabati yuzaga chiqmadi. Tkkinchi misol, xuddi shu subyektning ishlab chiqarish mahsulotining eksport hajmini orttirish maqsadida davlat budjeti xarajatlari qismidan sutsidiya ajratiladi.



Bu yerda moliya munosabatlari yuzaga chiqdi. Chunki, xo ‘jalik subyektiga davlat tomonidan davlat budjetida tasdiqlangan va maqsadli subsidiya berildi. Bu pul munosabatlari moliya qonunchiligi asosida tartibga solinib turiladi.

Jamiyatdagi pul munosabatlarining asosiy qismi ekvivalent xususi- yatlarga ega boMadi. Bu munosabatlarda bir tomondan pul resurslari oqimi, ikkinchi tomondan tovarlaryoki xizmatlar oqimi harakat qiladi. Bu munosabat orqali ishtirokchilar o'zlarining iqtisodiy ehtiyojini q ondiradilar. M oliya m unosabatida pul harakati noekvivalent xarakterga ega boMadi. Bu yerda, bir tomondan pul oqimi, ikkinchi tomondan tovar yoki xizmatlar harakati oqimi qarshi chiqolmaydi. Masalan, bunga misol qilib quyidagini keltiramiz. M a’lumki, davlat budjeti taqchilligini qoplashning xalqaro amaliyotda quyidagi yo'na- lishlari mavjud:

    1. Markaziy bank tomonidan qo‘shimcha pul emissiyasini amalga oshirish;

    2. Davlat budjeti xarajatlarini qisqartirish;

    3. Davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish (soliqlar stavkasini oshirish, yangi soliq turlarini kiritish);

    4. M uom alaga qimmatli qog'oz chiqarish yordam ida davlat kreditini olish.

Bu holatlar 0 ‘zbekiston Respublikasiga taqqoslansa, yuqorida- gilardan to ‘rtinchi yo‘nalishni amalga oshirilayotganining guvohi bo‘linadi. Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hozirgi v aq td a h u k u m a t no m id an m uom alaga davlat qisqa m uddatli obligatsiyalarini va davlat o ‘rta muddatli g'azna majburiyatlarini chiqarib, ularni yuridik shaxslar orasida joylashtirishni amalga oshirmoqda. Bu orqali mavjud davlat budjeti taqchilligi qisqarmoqda, inflatsiya sur’ati past holda saqlanib turibdi, lekin bir tomondan tovar oqimi emas, balki davlat qarz majburiyati yuzaga chiqmoqda.

Um um an olganda, moliya — hamisha pul munosabatlarini tashkil yetib, ushbu munosabatda ishtirok etuvchi tomonlardan biri albatta markaziy davlat, mahalliy hokimiyat yoki uning vakolatiga ega biron bir organ bo'lishi shart.

Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ochish uchun unga quyi­ dagi ta ’rifni berish mumkin. Moliya — davlat tom onidan tashkil etiladigan pul munosabatlarining yig'indisi bo‘lib, unda umumdavlat pul mablagMari fondlarini tashkil etish va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarish uchun taqsimlanish hamda sarflanish amalga oshiriladi.

Davlatning markazlashgan pul mablag‘i fondlarini tashkil etishda soliqlarning ahamiyati kattadir. Soliqlar yordamida esa davlat jamiyatda yaratilgan milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashni amalga

oshiradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, soliqlar davlatning qaysi tuzumga ega boMishidan qat’i nazar mavjud b o ‘ladi. Chunki, davlat jamiyatni boshqarish (u davlat demokratik tizim, totalitär tizim boMishi- dan qat’i nazar) uchun o'zining oldida turgan vazifalarini bajarish niaqsadida zamr bo‘lgan moliya mablag‘larini aynan soliqlar hamda soliq funksiyalarini bajaruvchi boshqa majburiy to‘lovlar yordamida shakllantiradi.

Iqtisodiyotning bozor munosabatlari sharoitida hech qanday davlat soliqlarni bekor qila olmaydi. Faqatgina asosiy m uam mo soliq turlari, ularning stavkalari va soliqqa tortish obyektlarini belgilash hisoblanadi. Oqilona va puxta islilab chiqilgan soliq siyosatigina jamiyatda soliq to ‘lovchilar o ‘rtasidagi kelishmovchiliklarning oldini oladi. Hayot tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, m am lakatdayuridikvajisrnoniy shaxslar uchun ko‘p turdagi va yuqori stavkalar amal qilishi natijasida soliq to‘lashdan qochish hamda turli yo‘llar bilan soliq obyektlarini yashirish holatlari yuzaga keladi va kuchayishi ainalga oshadi. Biz bu holatni AQSHlik iqtisodchi olim Ar. Leffer egrisi yordamida yoriti- shimiz mumkin (3-chizma).

Ar. Leffer o ‘z izlanishida mamlakatdagi soliq stavkalari yuqoriligi va davlat budjetiga ular orqali kelib tushadigan soliqlar miqdori o ‘rtasidagi o ‘zaro bog‘liqlikni tahlil qilgan. Tahlil natijasida Ar. Leffer quyidagilarning guvohi bo‘lgan: davlat tom onidan soliq stavkasini





      1. Download 26,01 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish