Milliy valuta kursining rejimi. Valuta kursining quyidagi rejimlari mavjud:
kelib chiqqan holda m a’muriy tarzda milliy valuta kursini q a t ’iy belgilab qo'yishi mumkin. Masalan, Bretton-Vuds sharoitidagi qat’iy belgilangan kurslar rejimi;
kichik chegaralarda tebranadigan kurslar rejimi. Bu holatda davlat o‘z iqtisodiy manfaatlaridan kclib chiqib, milliy valuta kursini m a’lum bir chegaralarda tebranishidan manfaatdor bo‘ladi va valuta siyosatining instrumentlaridan foydalangan holda ushbu maqsadga erishadi;
valutaga bo‘lgan bozor talab va taklifining o ‘zgarishi asosida erkin suzadigan (tebranadigan) kurslar rejimi hamda ularning turli ko‘rinishlari. Bunga Yamayka valuta tizimi sharoitidagi erkin suzuvchi valuta kurslari rejimini misol sifatida keltirish mumkin.
Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanishni tartibga solish (reglamentatsiya). Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanish qoidalari soddalashtirilgan Xalqaro m e’yorlarga muvofiq ravishda amal- ga oshiriladi. Ushbu Xalqaro m e’yorlarga Jenevaning veksel va chek konvensiyalari kiradi.
Xaiqaro zaxira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o ‘rtasidagi nisbatni aniqlash. Yuqorida qayd etilganidek, xalqaro zaxira aktivlari to‘rt qismdan (komponent) iborat, ya’ni mamlakatning rasmiy oltin va valuta zaxiralari, xalqaro hisob-kitob pul birliklaridagi hisobvaraqlar, Xalqaro Valuta Fondidagi zaxira pozitsiyasi. Albatta mamlakatning xalqaro likvidligini ta’minlash uchun ushbu komponentlar o ‘rtasida muvofiq nisbat saqlanishi kerak.
M amlakatning xalqaro hisob-kitoblarini tartibga solish (regla mentatsiya).
Xalqaro hisob-kitoblarning tartibga solinishi milliy va jahon valuta tizimlari darajasida Dokumentär akkreditivlar hamda inkasso uchun soddalashtirilgan qoida va udumlar asosida amalga oshadi. Milliy valuta va oltin bozorlari faoliyatining rejimi, valuta va oltin bozorlarining rejimi milliy hamda xalqaro muvofiqlashtirishning obyekti bo‘lib hisob- lanadi.
Valuta cheklanishlarining o ‘rnati!ish tartibi. Valuta chekla- nishlarining mavjud boMishi yoki bo'lmasligi davlatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog‘liq bo‘lib, valuta tizimining elementi hisoblanadi. Valuta cheklanishlari hukumat tomonidan qonuniy asosda milliy iqtisodiyot manfaatlarni himoyalash maqsadida kiritiladi.
Valuta qimmatliklari bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarga cheklashlar Xalqaro Valuta Fondi orqali davlatlararo muvofiqlashtirish obyektiga kiradi.
Valuta munosabatlariga xizmat ko‘rsatuvchi va ularni muvofiqlash- tiruvchi milliy organlarning maqomi. Bu valuta tizimining muhim institutsional elementidir. Gap mamlakat valuta munosabatlarini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi milliy organlar (Markaziy bank, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, ba’zi mamlakatlarda valuta nazorat organlari) faoliyati haqida bormoqda. Milliy valuta qonunchiligi ushbu davlat hududida milliy va xorijiy valutadagi (egalik huquqi, olib kirish va olib chiqish, oldi-sotdi) operatsivalarni muvofiqlashtiradi.
Jahon valuta tizimi — bu jahon bozori (xo‘jaligi) ning rivojlanishi asosida shakllangan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Jahon valuta tizimining tashkiliy asosi bo‘lib, milliy valuta tizimi hamda ushbu tizimga kirayotgan har bir mamlakat valuta mexanizmini tashkil etilishining davlat-huquqiy shakli hisoblanadi.
Jahon valuta tizimi XIX asrning o ‘rtalariga kelib shakllandi. Jahon valuta tizimi milliy valuta tizimi elementlari bilan yaqindan aloqada bo'lgan m a’lum bir elementlarni o ‘z ichiga oladi. Ular quyidagilar:
Zaxira valutalari, xalqaro hisob-kitob valuta (pul) birligi (SDR); Valutalarning o ‘zaro konvertatsiya qilinish shartlari;
Valuta paritctlarining soddalashtirilgan (unifikatsiya) rejimi; Valuta kurslari rejimlarini tartibga solish (reglamentatsiya); Valuta cheklanishlarini davlatlararo muvofiqlashtirish; Xalqaro valuta likvidligini davlatlararo muvofiqlashtirish;
Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanish qoidalarini soddalashtirish (unifikatsiya);
X a lqaro h i so b - k i to b l a r asosiy sh a k l la r in i so d d a lash t i r ish (unifikatsiya);
Jahon valuta va oltin bozorlari rejimi;
Davlatlararo valuta muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar.
Zaxira valutalari, xalqaro hisob-kitob valuta (pul) birligi (SDR). Jahon valuta tizimi jahon pullarining amal qiluvchi shakllariga asoslangandir. Jahon puli deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) xizmat ko'rsatuvchi pullarga aytiladi. Jahon pullari amaldagi shakllarining evolutsiyasi birmuncha kechikib bo‘lsa-da, oltin pullardan boshlab to kredit pullargacha bo'lgan milliy pullarning rivojlanish yo‘lini qayta bosib o'tadi.
Bunday qonuniyat asosida jahon valuta tizimi XX asrga kelib jahon yetakchi mamlakatlarining bir yoki bir nechta milliy valutalariga (an’anaviy yoki Yevrovaluta shaklida) yoki xalqaro valuta birligiga (SDR) asoslanadi.
Xalqaro hisob-kitob valuta birligi xalqaro talab va majburiyatlarni o'zaro solishtirish, valuta pariteti hamda kursni belgilash uchun shartli masshtab va xalqaro to'lov hamda zaxira vositasi sifatida ishlatiladi. Oltinning demonetizatsiyasi jarayoni, ya’ni Yamayka (1976—1978 y.) valuta islohoti natijasida oltinning yuridik jihatdan pul funksiyasini yo‘qotishi, jahon puli sifatida muvozanatsiz milliy pullar ishlatilishining salbiy oqibatlari valuta tizimiga S D R n i (qarz olishning maxsus huquqlari), EKYuni (Yevropa hisob-kitob pul birligi) tatbiq etishga sharoit yaratib berdi. Jahon pullarin in g ushbu yangi shakllari mamlakatlarning maxsus hisob-varaqlarda yozuvlarni amalga oshirish yo‘li orqali naqdsiz xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishlatilgan: S D R — Xalqaro V aluta Fondida, EKYu — valuta hamkorligining Yevropa fondida, 1994-yildan boshlab Yevropa Ittifo- qinjng Yevropa valuta institutida. SD R va EKYuning shartli qiymati o‘rtacha tortilgan qiymat hamda valuta savatiga (korzina) kirgan valutalar kurslarining o'zgarishi asosida hisoblanadi. Yevropa Markaziy banki dastlab 1999-yilning boshidan naqdsiz liisob-kitoblar uchun, 2002-yildan boshlab esa naqdli shaklda EKYu o ‘rniga Yevroni muomalaga kiritdi.
SDR kursini AQSH dollariga yoki savat tarkibiga kirgan boshqa bir valutaga nisbatan hisoblanishi 3 asosiy elementni o 'z ichiga oladi:
taalluqli valuta birliklaridagi valuta komponentlari. Ular quyi- dagicha aniqlanadi: (valutaning savatdagi solishtirma og‘irligi) h (uning AQSH dollariga nisbatan so‘nggi 3 oy ichidagi o ‘rtacha bozor kursi) bundan oldingi SD R kursiga muvofiqlashtirilgan holda;
valutalarning AQSH dollariga nisbatan bozor kurslari;
valuta komponentlarining dollarli ekvivalenti. U quyidagicha hisoblanadi: (valuta komponenti) / (valuta kursi) funt sterlingdan
tashqari, (funtning valuta komponenti)*(do!larga nisbatan valuta kursiga).
Keltirilgan hisob-kitoblardan ko‘rinib turibdiki, ushbu sanaga 1 SD R = J ,34 AQSH dollariga teng ekan. Valuta kursining SDR birliklarida ifodalanishi rasmiy xarakterga ega va u faqatgina valutalarni AQSH dollariga, dollar orqali esa boshqa valutalarga bo'lgan bozor kurslarini ro‘yxatga oladi.
Erkin suzuvchi valuta kurslari va ularning muvozanatsizligi sharoitida turli mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan valuta savati uslubi qo'yilgan maqsadlardan kelib chiqib (valuta kursini aniqlash, xalqaro valuta birligini yaratish, baho valutasi va qarz valutasini indeksatsiya qilish), valutalarni turli to‘plamidan foydalangan holda ishlatilmoqda.
Yevropa valuta ittifoqida valuta paritetlarining asosi sifatida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining 12 valutasidan iborat EKYu valuta savati ishlatilgan. 1999- yildan boshlab Yevropa valuta ittifoqining yagona valutasi Yevrodir. Bundan tashqari, bir qator mamlakatlar (taxminan 20ta davlat) o ‘z valutalari kursini saqlash maqsadida yakka tartibdagi valuta savatidan foydalanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |