Hosilli zaytun daraxti Yoshartirish uchun butash. Bu tadbir kam meva beradigan 100-120 yoshga etgan katta daraxtlarda amalga oshiriladi. Zaytun daraxtining novdalari quyidagi yo'llar bilan yangilanadi:
1,5 metrdan uzun bo'lgan asosiy shoxlarni kesib tashlash.
2. Er sathi bilan teng bo'lgan daraxtlarni kesib tashlash.
3. Tuproq ustidan 70 sm balandlikda bo'lgan shoxlarni kesib tashlash (bu ishlarni amalga oshirganda tomirlardan birini yangilash maqsadida kesib tashlanadi).
Yoshi katta daraxtlarda ushbu tadbirlarni amalga oshirishdan maqsad, hosil beradigan yangi hosil shoxlar olishga erishishdir. Uzoq umr ko'radigan ko'pgina daraxtlarda ontogenez davomida ushbu tadbirni bir necha marta o'tkazish mumkin.
■ O'G'ITLASh Zaytun ekilgan dalaga o'g'it berishdan oldin o'simlikning o'sish davrida talab qiladigan mineral va organik o'g'itlarga bo'lgan ehtiyojini bilish hamda rivojlanish bosqichining qaysi davrida o'g'itga bo'lgan talabining qancha ekanini tahlil qilish tavsiya etiladi. Zaytun daraxtlarining mineral va organik o'g'itlarga bo'lgan talabi, albatta, bosqichlarga qarab o'zgarishini va ularni solish muddatini muvofiqlashtirishni bilish lozim bo'ladi.
Zaytun daraxtlariga makro o'g'itlardan azotli, fosforli va kaliyli, mikroo'g'itlardan magniy va molibden berilishi lozim. Organik va mineral o'g'itlarni zaytun maydonlariga birgalikda qo'shib berish, sifatli va serhosil meva olishga sabab bo'ladi. Biologik xususiyatlariga ko'ra zaytun daraxtlari o'sish davrida tuproq-iqlim sharoitidagi noqulayliklarga nisbatan bardoshli bo'ladi.
Beriladigan har bir kg azotli o'g'it miqdori daraxt yoshi, hajmi va mahsulot miqdoriga qarab turli xildir. Lekin bir yilda beriladigan nitrat ammiak miqdori gektar boshiga 80 kg dan oshmasligiga rioya qilish kerak.
Mineral o'g'itlarni dalaga solish muddati. Organik o'g'it va kimyoviy o'g'itlardan fosforni kuz faslida daraxtlar yonidagi maxsus qazilgan chuqurlarga solinadi. Mineral o'g'itlar solinadigan chuqurlarni har yili o'zgarishiga eъtibor qilinadi. Zaytun ekilgan chuqurlarga o'g'it solishning iloji yo'qligidan yonidan chuqur kavlab, o'g'it berishga o'rganish mumkin. Mineral va mahalliy o'g'itlar qish fasli davomida chuqurlarga solib turiladi.
Superfosfat va kaliy sul`fati o'rta hisobda yiliga bir daraxtga 1 kg dan fevral` oyida solinadi.
Azotli o'g'itlardan ammiak nitrati kuchsiz unumdorligi past va tarkibida kaliy ko'p bo'lgan maydonlarda va yangi o'zlashtirilgan erlarda ishlatiladi. Birinchi marta azotli o'g'itlar mart oyida 2 baravar miqdorda beriladi. Ikkinchi marta esa iyun` oylarida berish lozim.
Azotli o'g'itlar miqdorini mart oyidan boshlab iyunga qadar ko'paytirib boriladi. So'ng esa sekin-asta kamaytiriladi. Sentyabr` oyida o'g'it berish tamoman to'xtatiladi. Chunki qish fasli boshlanishdan oldin novdalar o'sishdan to'xtashi lozim. Belgilangan mineral va mahalliy o'g'it miqdori yanvar` oyidan boshlab oyiga bir marta (taxminan) solinadi va hatto sentyabr` oyida ham yoki janubiy hududlarda oktyabrda ham berish mumkin.
Fosforli o'g'itlar: Fevral` oyidan boshlab iyun` oyigacha zaytun daraxtlari ushbu o'g'itga talabchan bo'ladi. O'simlik talab qilgan fosforli o'g'itning 80 % shu oylarda berib boriladi va qolgan qismi yoki kam miqdori 20 % iyulda berilib, so'ng to'xtatiladi.
Kaliyli o'g'itlarni esa iyundan to sentyabr` oyigacha berib boriladi, bu o'g'it daraxt ildizlarining kuchli va mevalarining ko'p bo'lishi uchun solinadi. Ko'pincha bog'bonlar kaliyli o'g'itlarga kam eъtibor berishadi, ammo bu o'g'itni ham o'z vaqtida berib borish faqat hosildorlikni oshiradi. Demak, har bir mineral va organik o'g'itlardan o'z vaqtida bilib foydalanish maqsadga muvofiqdir yoki yuqori hosil olishga imkon beradi.
Zaytun ekilgan dalalarga mineral va organik o'g'itlar o'z vaqtida berib borilmasa, ko'p novdalarning hosil qilishi
- barg hajmining kichiklashuviga, barg tepa qismining qurishi va ranggi to'q sariq tusga kirishiga, mevalarning shakli o'zgarishiga hamda ko'pincha kichrayib, hosilni yig'ishdan oldin mevalarning tushib ketishiga olib keladi.