Zaytun ko'chatlar
Payvandlash
Daraxtni yon tarafidan payvandlash Bo'yining uzunligi 10-15 sm ga etadigan zaytunning urug'laridan chiqqan nihollari tanlanib, plastik qopchalarga ekish uchun ajratib olinadi. Ular keyingi sentyabr` oyi davomida issiqxonalarga olib boriladi. Nihol balandligi qalam bo'yiga etganda u payvandlashga tayyor bo'ladi.
Payvandlash ishlari bahor yoki kuz fasllarida (sentyabr`) oylarida amalga oshiriladi. Quyoshning yuqori haroratidan zararlanmaslik uchun erta tongda yoki kechki payt quyosh botayotganda amalga oshiriladi.
Zaytun daraxti shoxchalardan 1 yillik yoki undan kamroq vaqt o'sib rivojlangan novdachalari olinadi. Ularning diametri 2 sm uzunligi 15-20 sm bo'lishi lozim, novdalar barglardan tozalanib, ho'llangan (ivitilgan) paxtali mato ichida payvandlash ishlarida tugagunga qadar saqlanadi.
Payvandlash ishlarini o'tkazish uchun zaytun daraxtining tuproq sathidan teparoq joydagi silliq poyasi tanlanadi va u erda uzunligi 5 sm bo'lgan joyda po'sti shilinadi. Uzunligi 5 sm bo'lgan qalamcha olinadi va qalamchada bo'lgan tugun yaqinidan kesiladi. So'ng qalamcha ikki tarafidan uchlanadi (yo'niladi). Bunda qalamcha po'sti tozalanadi. Payvandtagning esa past tomoni uchlanib, bir sm uzunlikda yoriq hosil qilinadi. Qalamchani nihol tanasidagi kichik yoriqqa ehtiyotlik bilan solinadi (orasiga solinadi) va bunda payvanddustdagi kesilgan novdaning eni va payvandtagning diametri bir-biriga muvofiq kelishi lozim. Yaъni, uzun uchlangan tomon ichki tomonga qisqa uchlangan esa tashqi jihatda bo'lishi kerak. Payvandlangan joyi plastik lenta bilan yaxshilab bog'lanadi. Bog'lash pastdan tepaga tugunga qarab bo'ladi. So'ng payvandning tepa uchi sham bilan o'rab qo'yiladi.
Iskana payvandlash
Daraxtlarning er sathidan 5 sm tepalikdagi novdalari o'rtasidan kesiladi va o'rtasi yoriladi. Payvandust qalamchalar niholning yorilgan joyiga kiritilib joylashtiriladi va yaxshilab havo kirmaydigan qilib bog'lanadi. Novdalar birlashgan joy sovuq payvandlash sham bilan qoplanadi. Bu usul orqali payvandlash zaytun ko'chatlarini tashkil qilishda katta muvaffaqiyat keltiradi.
■ ZAYTUN BOG'INI BARPO ETISh
Zaytun mutlaqo tuproqqa talabchan emas, qumoq, engil, unumdorligi past tuproqlarda ham yaxshi hosil beradi, og'ir, soz va er osti suvlari yaqin tuproqlar zaytun ekishga yaroqsiz hisoblanadi.
Zaytun daraxtini boshqa meva daraxtlariga mos kelmaydigan erlarda ham etishtirsa bo'ladi. Kal`tsiyli tuzlar tarkibida ko'p bo'lgan, unumdorligi o'rtacha bo'lgan erlarda ham yaxshi o'sishi mumkin. Shuningdek, zaytun daraxti namlik to'plangan va undagi kislotalik rN nisbati 8,5 dan yuqori bo'lgan erlarda o'stirilishi mumkin, bir narsani unutmaslik kerakki, unumdor tuproqlar zaytun daraxtining yaxshi o'sishi va serhosil bo'lishini taъminlaydi.
Shuningdek, zaytun daraxti ko'p meva hosil qilishi va undagi moy miqdorining yuqori bo'lishi uchun yozning uzun, issiq, serquyosh bo'lishini talab qiladi.
Zaytun daraxti tashqi noqulay sharoitlarga o'ta chidamli
bo'lib, baъzan tanasida ozgina po'sti tirik bo'lsa, shu joydan novda hosil qilib meva beradi va hamma joyda o'sa oluvchi ekin hisoblanadi.
Zaytun ekiladigan maydonlar albatta, ekishdan oldin tekislanadi, yumshatiladi, begona o'tlardan tozalanadi. Bog' uchun mo'ljallangan erlar kuzda chuqur shudgor qilinadi, kuzda er yaxshi namiqsin deb to'qson bosdi qilib, yaxshi namlatib sug'oriladi. Ushbu tadbirlar bajarilgandan so'ng erta bahorda zaytun ekiladigan joylar belgilab olinadi. O'rta er dengizi mamlakatlarida, zaytunni sug'orishda yomg'irdan foydalanadigan hududlarda, ekishdan oldin erni tekislashlikka ehtiyoj sezilmaydi. Chunki yomg'ir uzluksiz yoqqanligi tufayli maydonning hamma qismi bir xilda nam bilan taъminlanadi. Zaytun bog'larida tup orasidagi maydon 8x8, 6x8, 6x7, 6x6, 6x5 metr bo'lishi mumkin.
Zaytunni zich qilib ham ekish mumkin, bunda qator oralari 3x2 metr bo'ladi. Undan 9-10 yilgacha mahsulot olish mumkin. So'ng qatordagi daraxtlar engillatiladi, har uchta o'simlikning o'rtadagisi olib tashlanadi. Bunda albatta, kasallangan, tabiiy zararlangan o'simliklar birinchi navbatda olib tashlanadi. Bog' yaratilganidan boshlab ekilganiga 15-20 yil ichida baъzi ko'chat qatorlari sekin-asta engillatiladi va tup soni 6x5, yoki 6x6 holga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |