Zaytun daraxtini o'stirish usuli
Qishki birinchi butash
Kuzda sentyabr` oyining oxirlariga kelib oldingi qoldirilgan novdalardan taxminan 4 ta yaxshi o'sgani tanlab olinadi. Ikki novda o'rtasidagi masofa 15 sm dan kam bo'lmasligi kerak. So'ng uzunligi 35-45 sm ga qisqartirilib, qolgan novdalar kesiladi. Zaytun qishga ketishdan oldin yaxshi shakl berilsa, qoldirilgan novdalar o'z hujayralarida oziqa moddalarning zaxirasini keraklicha to'plab olishga erishadi. Zaytun barglarini tashlamagani bilan, maъlum miqdorda o'simlikda tinim davri kuzatiladi.
Yozgi ikkinchi butash
Uzun shoxlar hosil bo'lishi bilan olib tashlanadi. Bunda ishning hajmi bir oz engil bo'ladi, tajribali biron mutaxassis zaytun ekilgan maydonlarni qo'liga qaychi olib, hamma daraxtlarni birma-bir ko'zdan kechiradi. Maъlumki, uzun shoxlar hosil beruvchi shox emas, ular o'simlikning bor quvvatini bekorga olib o'suvchidir. Demak, bu tadbirni ham albatta, o'z vaqtida bajarish lozim, chunki kelgusi yilning hosili ana shu tadbirlarga bog'liq bo'lishi mumkin.
Qishki ikkinchi butash
Bunda asosiy novdalardan hosil bo'lgan ikkinchi tartib mayda shoxchalar daraxtning asosiy ko'rinishini shakllantirish maqsadida kesib tashlanadi. Yaъni ikki tomondagi kuchli hosil novdalar qoldiriladi. Tajribali mutaxassis hosil novda bilan uzun o'suvchi erkak novdani farqlay olishi kerak. Bu tadbir noyabr` oyining oxirlarida o'tkaziladi.
Yozgi uchinchi butash
Daraxt cho'qqisidagi novdalarni qirqib tashlanadi, bu tadbirni bajarishdan maqsad, zaytun baland bo'lib bo'yiga o'sib, kerakmas novdalar ko'payib ketganida bo'lsa amalga oshiriladi.
Hosilli daraxtlarni butash
Ushbu agrotexnik tadbirlar yoz oylarida quyosh nuri daraxt oralariga yaxshi tushishi uchun mevali daraxtlar butalanadi. Novdalar zich bo'lganda quyosh nuri etishmaganligidan mevalar etilmay, mayda bo'lib qoladi. Novdalar va mevalarni quyosh urmasligi uchun ular orasini keng ochib tashlamaslik zarur, yirik daraxtlar ehtiyotlik bilan butalanadi.
Shuningdek, qurib qolgan, kasallangan, bir-biriga zichlashib ketgan shox va novdalar kesib qisqartiriladi, uzun o'sgan shoxlar uzunroq qilib kesiladi. Bu daraxt mevalarini yaxshi tutishi, yaxshi sifatli mevalarni ko'p berishi, mevalarni osonlik bilan uzishda va kasallik va hasharotlarga qarshi kurashishda yordam beradi. Quyosh nuridan yaxshi to'yingan zaytun mevalarining vazni yirik bo'lib, hosildorligi oshadi, shu bilan birga meva tarkibida moy miqdori ko'payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |