Qaytaruvchilar
|
Oksidlovchilar
|
Metallar, vodorod, ko`mir, uglerod (II) oksid CO
Vodorod sulfid H2S, oltingugurt (IV) oksid SO2, Sulfit kislota H2SO3 va uning tuzlari.
Yodid kislota HI, bromid kislota HBr, xlorid kislota HCl.
Qalay (II) xlorid SnCl2, Temir (II) sulfat FeSO4 marganes (II) sulfat MnSO4, Xrom (III) sulfat Cr2(SO4)3, nitrit kislota HNO2, amiak NH3 gidrozin N2H4, azot
(II) oksid NO.
Fosfit kislota H3PO3, Aldegidlar, spirtlar, chumoli va sirka kislotalar, glukoza.
|
Galogenlar,
Kaliy permanganat KMnO4, Kaliy manganat K2MnO4, Marganes (IV) oksid MnO2, Kaliy dixromat K2Cr2O7, Natriy xromat Na2CrO4.
Nitrat kislota HNO3, kislorod O2 Ozon O3, vodorod peroksid H2O2, sulfat kislota H2SO4(konsentrlangan), selenat kislota H2SeO4, mis (II) oksid CuO, kumush (I) oksid Ag2O, qo`rg`oshin (IV) oksid PbO2.
Nodir metallrning ionlari (Ag Au3+ va boshqalar ).
Temir (III) xlorid FeCl3, gipoxloridlar, xloratlar va perxloratlar.
Zar suvi konsentrlangan nitrat va ftorid
kislotalarning aralashmasi.
|
jadval
Eng ko’p qo’llaniladigan qaytaruvchi va oksidlovchilar va ularning reaksiya mahsulotlari.
Oksidlovchilar
|
Qaytaruvchilar
|
Galogenlar va ularning birikmalari
F2 →2HF
Cl2→2HCl Br2→2HBr
|
Vodorodgalogenidlar 2HJ→J2
2HBr→Br2
2HCl→Cl2
|
J2 →2HJ
|
|
Sulfatlar va sulfitlar H2SO4→ SO2 H2SO4 → H2S H2SO4 → S
Na2SO3→S
|
Sulfidlar va sulfitlar H2S →S
SO2→SO3 Na2SO3→Na2SO4
S→SO2
|
Nitratlar va nitritlar HNO3→NO2 HNO3→ N2O HNO3→NO KNO2 → NO
HNO3→NH4NO3
|
Ammiak, azot va nitritlar NH3→N2 N2 → NO KNO2 →KNO3
|
Permanganatlar va Mn+4 birikmasi
KMnO4→MnSO4(kislotali) KMnO4→MnO2(neytral) KMnO4→K2MnO4(ishqoriy) MnO2→ MnSO4
|
Mn+2,Mn4+ va Mn+6 birikmalari
MnSO4→MnO2; MnSO4 →K2MnO4 MnSO4 →KMnO4
MnO2→ KMnO4 (kislotali) MnO2→ K2MnO4 (ishqoriy)
K2MnO4→KMnO4
|
Xromatlar va dixromatlar K2Cr2O7→Cr2(SO4)3
kucli kislotali(H2SO4)
|
Cr3+birikmalari
CrCI3 (ishqoriy) → K2CrO4
|
Pb+4 birikmalari
Pb4+ → Pb2+
|
Pb2+ birikmalari
Pb2+ → Pb4+
|
As+5 birikmalari
3-
AsO43- →AsO3
|
As+3 birikmalari
As2S3→H3AsO4+H2SO4
|
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini tenglamalarini tuzish.
Oksidlanish-qaytarilsh reaksiyalarida elektronlar qaytaruvchidan oksidlovchiga o‘tadi. Bunda qaytaruvchi bergan elektronlarning umumiy soni oksidlovchi qabul qilgan elektronlarning umumiy soniga teng bo‘lishi shart.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini tenglamalarini ikki usulda tuzish mumkin.
Elektron balans usuli.
Yarim reaksiyalar (ion elektron) usuli.
1-usul. Elektron balans usulida boshlang`ich va oxirgi moddalardagi atomlarning oksidlanish darajalari taqqoslanadi. U qaytaruvchi bergan elektronlar soni oksidlovchi biriktirib olgan elektronlar soniga teng bo`lishi kerak, degan qoidaga asoslanadi. Tenglama tuzish uchun reaksiyaga kirishayotgan moddalar va maxsulotlarining formulalarini bilish kerak reaksiya maxsulotlarini formulalarini tajriba yoli bilan yoki elementlarning ma`lum xossalari asosida aniqlanadi. Bu metodning qo`llanilishini misollar bilan ko`rib chiqamiz. [9].
Quyida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tenglamalrini tuzishning elektron balans usulini Al bilan CuCl2 orasidagi reaksiyani tenglashtirish misolida ko‘rib chiqamiz.
Reaksiya sxemasini (koeffisentlarsiz) tuzamiz.
Al CuCl2 → AlCl3 Cu.
Har qaysi modda formulasida elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgarganini aniqlaymiz, shu yo‘l bilan qaysi modda oksidlovchi va qaysi modda qaytaruvchi ekanligini aniqlab olamiz:
Al0 Cu2Cl2 → Al3Cl3 Cu0.
Reaksiya sxemasidan ko‘rinib turibdiki, Al ning oksidlanish darajasi 0 dan
3 gacha ortdi. Cu ning oksidlanish darajasi esa 2 dan 0 gacha kamaydi. Demak, Al qaytaruvchi, chunki Al atomi elektron berdi. CuCl2 esa oksidlovchidir, chunki Cu2 ioni elektron biriktirib oldi.
Oksidlanish va qaytarish jarayonlarini ifodalaydigan elektron tenglamalar tuzamiz:
Al 0 – 3e-→ Al 3
Cu2 2e- → Cu 0
Eng kichik ko‘paytuvchi qoidasiga ko‘ra oksidlovchi hamda qaytaruvchi shu bilan birga reaksiya natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar uchun koeffisiyent tanlaymiz, bunda qaytaruvchi yo‘qotgan elektronlar soni oksidlovchi qabul qilgan elektronlar soniga teng bo‘lishi lozimligini nazarda tutamiz. Masalan:
qaytaruvchi Al0 – 3e- → Al+3 3 2 Oksidlanish
6
oksidlovchi Cu+2 + 2e- → Cu0 2 3 Qaytarilish
Oksidlovchi va qaytaruvchi so`ngra reaksiyaga kirishuvchi boshqa moddalar oldiga qo`yiladigan koeffisientlarni aniqlaymiz elektron formuladan ko`rinib turibdiki 2 mol alyuminiy va 3 mol mis (II)xlorid olishimiz kerak.shunda 3 mol mis va 2 mol aluminiy xlorid olinadi. Topilgan koeffisiyentlarini tegishli moddalar formulalari oldiga qo‘yib, sxemadan reaksiya tenglamasiga o‘tamiz:
2Al 0 3CuCl2 →2AlCl3 3Cu.
Tenglama to`g`ri yozilganini bitta element atomlarini sanash orqali aniqlaymiz, masalan xlor atomlarini. Reaksiyaning chap tarafida 3*2 = 6ta xlor atomlari va o`ng qismida 2*3 =6 ta xlor atomlari bor, demak, reaksiya to`g`ri tenglangan. [16].
misol: KMnO4+Na2SO3+H2SO4 → MnSO4+ K2SO4 +Na2SO4+H2O
Avvalo oksidlanish darajalari o`zgargan atomlar aniqlanadi: K+1Mn+7O-24+Na+12S+4O-23+H+12S+6O-24 →
→Mn+2S+6O-24+ K+12S+6O-24 +Na+12S+6O-24+H+12O-2
Reaksiyadagi Mn ning oksidlanish darajasi +7 dan +2 ga, S ning oksidlanish darajasi +4 dan +6 ga o`zgardi.
Oksidlanish-qaytarilish tenglamasi tuziladi:
Mn+7 + 5ē → Mn+2 5 (Oksidlovchi) S+4 - 2 ē→ S+6 2 (Qaytaruvchi)
Qabul qilingan va berilgan elektronlarni balans qilish uchun sxema quyidagicha ko`chirib yoziladi:
Mn+7 + 5ē → Mn+2 2
S+4 - 2 ē→ S+6 5
topilgan koeffisientlar qo`yiladi:
2KMnO4+5Na2SO3+H2SO4 → 2MnSO4+ K2SO4 +5Na2SO4+H2O
Reaksiyada ishtirok etayotgan boshqa birikmalarning koeffisientlarini
topishda tenglamaning o`ng va chap tomonlarini bir biri bilan taqqoslab chiqamiz. 2KMnO4+5Na2SO3+3H2SO4 → 2MnSO4+ K2SO4 +5Na2SO4+3H2O
Agar biror modda molekulasidagi ikki element atomlari qaytaruvchilik xossalarini nomoyon qilsa, u xolda balans chiqarishda qaytaruvchi tarkibidagi barcha atomlar yo`qotgan elektronlar yig`indisi xisoblanadi. Masalan:
3
As+32S-23 + H+1N+5O-2 + H+12O-2 → H+13As+5O-24 + H+12S+6O-24 + N+2O-2
Oksidlanish-qaytarilish sxemasini tuzamiz: 2As+3 - 2 ē*2 → 2As+5 4 28 3
3S-2 - 8 ē * 3 → 3S+6 24
N+5+ 3 ē → N+2 3 3 28
3As2S3 + 28HNO3 + 4H2O → 6H3AsO4 + 9H2SO4 + 28NO
2-usul. Elektron ionli (yarim reaksiyalar) usuli.
Bu usul ion yoki molekulalarning reaksiyada qanday o‘zgarishlarga uchrashini ko‘rsatuvchi ionli tenglamalar (yarim reaksiyalar tenglamalari)ni tuzish va bu tenglamalarni bitta molekulyar oksidlanish-qaytarilish tenglamasiga birlashtirishdan iborat. Quyidagi reaksiyaga elektron-ionli usul yordamida koeffitsientlar tanlashni ko‘rib chiqamiz:
NaBr + KMnO4 + H2O MnO2 + Br2 + KOH + NaOH.
Bu reaksiyada bromid va permanganat ionlari o‘zgarishga uchraydi:
Br - Br2 ; MnO4- MnO2.
Bromid ionining oksidlanish va permanganat ionining qaytarilish yarim reaksiyalari tenglamalari tuziladi. 1 mol Br2 ning 2 mol Br– iondan hosil bo‘lishini hisobga olib, birinchi yarim reaksiyaning tenglamasi (bromid ionining oksidlanishi) yoziladi:
2Br– - 2e- → Br2
1 mol MnO4- ionning 1 mol MnO2 ga qaytarilishida 2 mol atomar kislorod 2 mol suv bilan (neytral muhitda) bog‘lanib, 4 mol OH- ionlarni hosil qiladi. Zaryadlar tengligini hisobga olib, ikkinchi yarim reaksiya (permanganat ionining qaytarilishi) tenglamasi yoziladi : [15].
MnO4- + 2H2O +3e- → MnO2 + 4OH- .
Berilgan va biriktirilgan elektronlar soni teng bo‘lganligiga qarab eng kichik umumiy bo‘linuvchi topiladi. Bu bo‘linuvchi 6 ga teng bo‘lganligi uchun qaytaruvchining yarim reaksiyasidagi ion, molekula va elektronlar 3 koeffitsiyentga ko‘paytiriladi va oksidlovchining yarim reaksiyalarini ham 2 koeffitsentga ko‘paytirib, qaytaruvchi yarim reaksiyalarining chap va o‘ng qismlari qo‘shiladi :
2 3
6
3 2
Reaksiyada o‘zgarmay qoladigan kaliy va natriy kationlarini hisobga olgan holda oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining molekulyar tenglamasi yoziladi :
6NaBr+2KMnO4+4H2O → 2MnO2+3Br2+2KOH+6NaOH .
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga muhitning ta’siri.
4 4
Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarida eritma muhiti muhim ahamiyatga ega. Muhitning ta’siri masalan, KMnO4 ning qaytarilish jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Kislotali muhitda MnO4- ion Mn 2+ iongacha, neytral muhitda MnO2 gacha, ishqoriy muhitda MnO 2- (yashil rang) iongacha qaytariladi. KMnO ning kislotali muhitda qaytarilishi: [9].
+7 +3 +2 +5
KMnO4 + NaNO2 + H2SO4 MnSO4 + NaNO3 + K2SO4 +H2O
Mn+7 +5e- Mn+2 5 2
10
N+3 - 2e- N+5 2 5
2KMnO4 +5NaNO2 + 3H2SO4 2MnSO4 + 5NaNO3 + K2SO4 +3H2O
KMnO4 ning neytral muhitda qaytarilishi :
+7 +3 +4 +5
KMnO4 + NaNO2 + H20 MnO2 + NaNO 3 + KOH
Mn+7 +3e- Mn+4 3 2
6
N+3 - 2e- N+5 2 3
2KMnO4 + 3NaNO2 + H20 2MnO2 + 3NaNO3 + 2KOH
Kaliy permanganatning ishqoriy muhitda qaytarilishi :
+7 +3 +6 +5
KMnO4 + NaNO 2 + KOH K2MnO4 + NaNO 3 + H2O
Mn+7 + e- Mn+6 1 2
2
N+3 - 2e- N+5 2 1
2KMnO4 + NaNO2 + 2KOH 2K2MnO4 + NaNO3 + H2O .
Do'stlaringiz bilan baham: |