12-variant
73. Reaksiya natijasida 12,04 1020 ta kislorod molekulasi hosil boʻlishi uchun kaliy dixromatni parchalashga sarflangan issiqlik miqdorini (kkal) aniqlang. (Kaliy dixromat, kaliy xromat va xrom (III) oksidlarning hosil bo'lish issiqliklari mos ravishda 2063 kJ/mol, 1398 kJ/mol va 1141 kJ/mol ga teng, 1 kkal = 4,184 kJ.)
A) 45,17 B) 252 C) 60,23 D) 189
74. Gippur kislotasini H2SO4 ishtirokida gidrolizlab qanday aminokislota olinadi?
A) D-alanin B) valin C) glitsin D) L-alanin
75. Teng massali kaliy va suv tasirlashuvidan 33,6 litr (n.sh.) vodorod ajralib chiqdi. Olingan eritmaning ( = 1,25 g/ml) molyar konsentratsiyasini (mol/1) aniqlang.
A) 11,2 B) 33,3 C) 15,8 D) 16,23
76. O'rta tuzdan uning nordon tuzi olinadi. 16,8 g natriy gidrosulfidni olish uchun qanday hajmdagi (1, n.sh.) gaz kerak boʻladi?
A) 3,36 B) 6,72 C) 13,44 D) 10,08
77. Tabiiy borning atom massasi 10,81 ga teng boʻlib,10B va x B izotoplarining aralashmasidir. Aralashmada 10 B izotopining massa ulushi 0,19 ga teng bo'lsa,"x" ni aniqlang.
A) 14 B) 13 C) 12 D) 11
78. Berilgan qatordagi moddalar tarkibidagi proton, elektron, neytron sonlari yigʻindisi qanday oʻzgaradi?
a) ortadi; b) kamayadi; c) oʻzgarmaydi;
NO2 O3 N2O5 NO SiH4
A) 1 b, 2 a, 3 a, 4 c B) 1 a, 2 a, 3 b, 4 a
C) 1 a, 2 b, 3 b, 4 a D) 1 a, 2 a, 3 b, 4 c
79. 0,25M li HCN eritmasining pH ini toping. (KHCN = 4 10-10)
A) 10 B) 5 C) 4 D) 6
80. 240 g 7,5 molyarli ( =1,5 g/ml) NaOH eritmasiga nechа molyarli NaOH eritmasidan 300 ml ( =1,2 g/ml) qoʻshilganda 14% li eritma hosil boʻladi?
A) 3 B) 2,5 C) 2,8 D) 3,5
81. NaOH eritimasiga ( =1,02 g/ml) eritma hajmidan 1,55 marta ko'p hajmdagi suv qoʻshilganda ishqor normalligi 1,55 g-ekv/l ga kamayganligi aniqlangan bo'lsa, hosil bo'lgan ishqor eritmasining konsentratsiyasini (%) aniqlang.
A) 11 B) 3,97 C) 12 D) 2,77
82. MnO2 + NaClO3 + NaOH = Na2MnO4 + H2O + ... reaksiya tenglamasini tugallang va tenglamaning chap tomonidagi koeffitsiyentlar yigʻindisini hisoblang.
A) 14 B) 12 C) 10 D) 9
83. Nisbiy molekulyar massasi 55 ga teng boʻlgan ftor (I) oksidining bitta molekulasi tarkibidagi proton, neytron va elektronlar yig'indisini toping.
A) 81 B) 82 C) 80 D) 78
84. XeF6 suv bilan 1:2 mol nisbatda ta'sirlashishi natijasida ksenonning sp3d gibridlangan birikmasi va HF hosil boʻladi. Hosil boʻlgan Xe li birikmaning bitta molekulasidagi jami va bog'lar sonini toping.
A) 6 B) 12 C) 8 D) 10
85. Azot va kislorodning 20 litr aralashmasida azotning hajmiy uhushi 60%. Undan X litr gaz chiqarilib oʻrniga shunday hajmdagi kislorod qoʻshildi. Oxirgi aralashma hajmiy tarkibida 45% azot qolgan boʻlsa, X ni aniqlang.
A) 5 B) 4 C) 2 D) 6
86. Etilen, etan, atsetilen molekulasidagi uglerod atomlarining yadrolari orasidagi masofalarni (nm) mos ravishda aniqlang.
A) 0,134; 0,154; 0,120 B) 0,154; 0,134; 0,120
C) 0,120; 0,134; 0,154 D) 0,134; 0,120; 0,154
87. Quyida berilganlardan qaysilari oksidlanish jarayonini aks ettiradi?
1) Cu° → Cu+2; 2) N+5→ N+1; 3) N+1→ N-3; 4) N+1 → N+4
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 3, 4
88. Uch atomli fenolning 2 mol miqdorida nechta vodorod atomi mavjud?
A) 108,36 1023 B) 54,18 1023 C) 72, 24 1023 D) 36,12 1023
89. Harorat 10° C dan 100°C gachа koʻtarilganda reaksiya tezligi 8 marta oshgan boʻlsa, ushbu reaksiya harorati har 30°C ga oshganda reaksiya tezligi nechа marta ortadi?
A) 3 B) 2 C) 5 D) 4
Do'stlaringiz bilan baham: |