Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Lyuminestsent mikroskopiya



Download 19,33 Mb.
bet65/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Lyuminestsent mikroskopiya. Yorug’lik mikroskopiyasining yuqori sezgir usullaridan biri bo’lib, virusologiyada keng qo’llaniladi. O’zida yirik viruslar, hujayra ichi kiritmalari, virus antigenlari to’plami tutuvchi materiallardan tayyorlangan preparatlar flyuroxrom bo’yoq eritmalari bilan bo’yaladi. Flyuroxrom bo’yoq eritmalaridan flyuorestsein, auramin, primulin va olovrang akridin ishlatiladi. Lyuminestsent mikroskopiyada olov rang akridin bo’yoqqa bo’yalgan RNK - genomli viruslar to’plami va ular hosil qilgan kiritmalar hujayraning och-yashil tsitoplazmasi fonida nurlanuvchi qizil donachalar shaklida ko’rinadi; DNK - genomli viruslar esa yashil-zumrad rangdagi nurlanishni beradi.
Immunoflyuorestsentsiya usuli. Oldingi usulga yaqinroq bo’lib, antigenlarning (viruslar, hujayra ichi kiritmalari, virus antigenlari to’plami) flyuroxrom bo’yoqlar bilan nishonlangan maxsus virusga qarshi antitelolar bilan birikishiga asoslangan. Hosil bo’lgan komplekslar lyuminestsent mikroskopda nur hosil qiladi.
6-MAVZU: VIRUSLARNING STRUKTURASI
Reja:

  1. Spid virusi

  2. Gripp viusi

  3. Har xil guruxga mansub viruslar

Hayvonlar hujayrasidagi viruslarda PHK yoki DNK uchraydi. Masalan, poliomielit virusi PHK va oqildan iborat, gripp virusi PHK ,oqsil, lipid va uglevodlardan iborat.


Gripp virusida fermentlar topilgan. Bu virus eritrotsitlarga adsorbsiyalanib agglyutinatsiya reaksiyasi yo’qolishiga sabab bo’ladi. Bunda eritrotsitlarga viruslardagi neyraminidaza fermenti ta’sir etadi. Bakteriofaglarning dum qismida o’z xo’jayini bo’lgan bakteriyaning, ya’ni echerichia coli ning hujayra po’stini eritadigan lizotsim fermenti topilgan.
Virus virionlari noqulay faktorlarga ancha chidamlidir. Masalan, kartoshka o’simligining Y-virusi ph - 4,5 da inaktivatsiyaga uchrasa, tamaki o’simligining virusi hatto ph-2 dan past bo’lsa ham chiday oladi, virionlarning temperaturaga chidamliligi ph ga bog’liq. Masalan, tamaki mozaikasi virusining qozoq shtammi ph-7 bo’lganda 82°S da parchalansa, tomat shtammi 96-980S issiqlikdagina aktivligini yo’qotadi, eng chidamli bo’lgan no’xatning S-1 virusi 108°Sda qisman inaktivatsiyaga uchraydi.
Ko’pchilik viruslar past temperaturaga h+am chidamli bo’ladi. Masalan, gripp virusi - 70° S da 6 oy, psitakoz virusi bir yilgacha chidasa, xona temperaturasida bir necha kun ichida nobud bo’ladi.
Agar juda tez (vakuumda) quritilsa, ko’pchilik viruslar uzoq muddat chidamli bo’ladi. Masalan, ensefalit virusini vakuumda quritib besh yil saqlash mumkin, lekin ultrabinafsha nurlar viruslarga salbiy ta’sir etadi, chunki nuklein kislotalar bu nurlarni ko’p yutadi.
Viruslar shunchalik kichikki, ular oddiy bakteriyalarni tutib qoluvchi chinnidan yasalgan filtrdan ham oson o’ta oladi. Ularning kattaligi nanometr bilan o’lchanadi.
1935 yilda amerikalik olim Stenli birinchi bo’lib tamakida chiporlanish kasalligini vujudga keltiruvchi virusning sof preparatini olish va viruslarni kimyoviy va fizikaviy usullar bilan tekshirish mumkin ekanligani aniqladi. Fizikaviy va kimyoviy usullarni qo’llanish esa, o’z navbatida, viruslarning hajmi, shakli hamda virus zarrasining molekulyar qurilishi haqida ko’pgana ma’lumotlar berdi.
Viruslarning kattaligani o’lchash uchun h+ar xil usullardan foydalaniladi. Ulardan biri viruslarni teshiklarining kattaligi, avvaldan ma’lum kallodiy pardalari orqali o’tkazish yo’li bilan aniqlash bo’lsa, ikkinchisi - yuqori tezlik bilan (bir minutda 30 - 60 ming marta) aylanuvchi sentrifugalarda, virus zarralarini cho’ktirish yo’li bilan aniqlashdir. Bir necha ming marta katta qilib ko’rsatish qobiliyatiga ega, elektron mikroskopning kashf etilishi, virus zarrasining kattaligi, formasi va nozik qismlarin ko’rish va virus zarrasining tashqil topishi h+aqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Viruslarning kimyoviy tuzilishini o’rganish, ularning asosan nuklein kislota, oqsil va kul elementlaridan tashqil topganligini ko’rsatdi. Bu uch qism hamma viruslarga ham xos bo’lib, lipidlar va uglevodlar esa faqat murakkab viruslar tarkibida uchraydi.
Oqsil, nuklein kislota va kul elementlaridan tashqil topgan viruslar oddiy va minimal viruslar deb ataladi. Ularga o’simlik viruslari hamda ba’zi bir hayvon va hasharot viruslari kiradi. Ammo kiyoviy jihatdan oddiy viruslarga yaqin bo’lgan bakteriofaglarning tuzilishi juda murakkabdir.
Tarkibida yuqorida aytilgan uch qismdan tashqari lipid va uglevodlar uchraydigan viruslar murakkab viruslar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi ko’pgina viruslar odam va hayvonlarda kasallik tug’diradi.
Agar viruslar murakkabliligiga qarab, bir qatorga joylashtirilsa, ular jonsiz organik materiya bilan jonli bir hujayrali organizmlar orasidagi bo’sh joyni egallaydi. Bu qatorda, oddiy va murakkab viruslar bilan birga, xlamidozoolar ham turadi. Xlamidazoolarda, xuddi hujayrali organizmlardagi kabi, nuklein kislotaning ikkala tipi uchraydi, bu guruhning eng oxirida rikketsiy turadi. Rikketsiylar viruslar bilan bakteriyalar orasida turuvchi organizmlardir. Ular sintetik apparatlarining yo’qligi va hujayrada parazitlik k,ilishi bilan viruslarga yaqin bo’lsada, morfologiyasi, ko’payishi, kimyoviy tuzilishining murakkabligi bilan bakteriyalarga yaqin turadi.
Viruslar o’lchami juda kichik, ya’ni 20 nm dan 300 (350) nm gacha bo’ladi.
Ular sferik (sharsimon), ko’p qirrali, tayoqchasimon, o’qsimon, ipsimon, to’g’nog’ichsimon shakllarga ega bo’lishi mumkin. Tuzilishi bo’yicha oddiy (qobiqsiz) va murakkab (qobiqli) viruslar farqlanadi. Ikkalasining ham markazida nuklein kislota (DNK yoki PHK) molekulasi joylashadi va uni oqsil qobiq – kapsid o’rab turadi. Bunday tuzilma – nukleokapsid deb nomlanadi.


Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish