Poliz ekinlari virusi.
Qovun tarvuz va bodringlar bir necha tur virus kasalligiga uchraydilar. Asosan poliz ekinlari mazoikasi deb nomlangan bargni och yashil, jigar rang virus kasalligi so’ngi vaqtlarda Toshkent, Farg’ona, Namangan, Xorazm viloyatlarida keng tarqalganligi aniqlangan. Bu kasallik belgilari qovoq, qovun, tarvuz, bodring kabi o’simlik bargalarida och yashil dog’lar paydo bo’lib keyin chiporlanish kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik uch xil bo’ladi. Barg chiporlanish virus kasalligi Toshkent viloyatida ko’p uchrab olinadigan hosilni 70-80% ga bodring hosilini 25-40% ba’zan 60% ga, tarvuz, qovoq hosilini 15-40% gacha kamayishiga sababchi bo’lmoqda. Bunga qarshi kurashda yuksak agrotexnika bilan yerlarga ishlov berish zarur.
Sabzini virus kasalligi
Sabzida virus kasalligidan eng xavflisi «Qo’qon guli sarg’ayishi»dir. Bu kasallik yuqqandan so’ng avval sabzi bargalari sarg’ayadi. So’ng sabzi poyasi o’sib chiqayotgan yosh shoxchalari sarg’ayadi. Bu kasallikdan 10-15% hosil yo’qotiladi. O’zbekiston sharoitida ko’pincha ertangi sabzi shu kasallik bilan kasallanadi.
Piyozdagi virus kasalligi
Piyozni virus kasalligi asosan achchiq piyozda kamroq uchraydi. Bunda barg, poyada oqish yo’l-yo’l chiziqlar paydo bo’ladi. Agar bu kasallik bilan urug’li piyozlar zararlansa piyoz urug’i puch bo’lib qoladi.
Xulosa qilib aytganda odam, hayvonlarda kasallik tarqatuvchi viruslar hammasi obligat tekinxo’rdirlar.
Viruslar turli xil epidemiyani tarqatadi. Ommaviy tus olganda o’limga ham olib keladi.
Virusli kasalliklardan qutulish va davolashni bir yo`li emlash hisoblanadi. O’simliklarda esa kasalliklarga turg’un novlar yaratish bilan birga quyosh nurida va ultrabinafsha nurlar bilan ishlov berish.
8-MAVZU: VIRUS VA ULARNING KLASSIFIKATTSIYaSI
Reja
Viruslarni boshqa mikroorganizmlar bilan qiyosiy solishtirish.
Gibbs va Xarrison sistematikasi.
Izometrik zarrali viruslar
Viruslarni klassifikatsiya qilish masalasi hozirgacha to’liq o’rganilmagan. Viruslarni klassifikatsiya qilish ular birinchi aniqlangan davridan boshlangan: dastlab qanday organizmning zararlanishiga ko’ra (odam, o’simliklar, hayvon, hasharot, faglar) keyinchalik qanday to’qimalarni zararlashiga ko’ra (dermatrop, pnevmotrop) viruslar borligi aniqlangan.
1966 yili Moskvada bo’lib o’tgan Halqaro mikrobiologlar qongressida viruslarning yangi klassifikatsiyasi qabul qilingan: tarkibida DNK va PHK bo’lgan viruslar va ularning anatomiyasi—simmetriyasining shakli kubsimon, spiralsimon va kapsomerlarning soni va diametri, tashqi qobig’ining borligiga asoslangan. Hozirgacha 300 ga yaqin virus aniqlanib, ular 5 ta sinf, 8 tur, 21 oilaga birlashtirilgan. Har bir oila avlodlardan tashkil topgan bo’lib, avlodlar turlarga bo’linadi va turlar lotin tilida binominal yoziladi. Barcha hayvonlarda kasallik qo’zg’atuvchi viruslar ikki sinfga bo’lingan:
1. Ivanovskiy sinfi tarkibiga PHK bo’lgan viruslar kiradi: pikophaviruslar — oqsil, poliomielit, Teshin kasalliklarini qo’zgatadi, miksoviruslar — quturish, gripp, qizamiq, qoramollar, itlar, parrandalarda o’lat kasalliklarini qo’zgatadi; arboviruslar - bir tuyoqli hayvonlarda Afrika o’lati, bug’ularda epizootik gemorragiya kasalliklarini; reoviruslar — yomon shish va leykoz kasalliklarini qo’zgatadi.
2. Jenner sinfi tarkibiga DNK bo’lgan viruslar kiradi: poksviruslar — odam, hayvon va parranda chechagini, fibroma va miksoma shishlarini qo’zg’atadi, adenoviruslar — odamda, hayvonlarda, parrandalarda nafas yo’llarining kon’yuktivit kasalligini qo’zg’aydi.
Klassifikatsiyalanmagan viruslarga yuqumli gepatit virusi va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |