Sariq kasalli (gepatitni) qo’zg’ovchi virus xususiyatlari.
Sariq kasalni virusi - Botkinia hominus ikki xil ko’rinishda uchraydi. Sivirotkali gepotit yaxshi sterillanmagan shprtsdan o’tishi, ularni har biri ham hujayra yadrosida ichki qo’shilma hosil qiladi. Uni kattaligi 30-40 nm ga to’g’ri keladi. Ular faqat odamlar uchun patogendir. Bu virus 50% glitsirinda, quturishga chidamsiz. Sovuqda yillab yashaydi. Antigenlik xususiyati kam o’rganilgan. Laboratoriya hayvonlari uchun patogen xususiyat nomayon qilmaydi.
Epidemologiyasi: kasallik manbai faqat kasal odam hisoblanadi hamda virus tashuvchi odam. Asosan eng xavflisi kasallik yuqqandan so’ng 1-2 haftada nomayon bo’ladi. Bunda xavfli yuqumli manba qon, axlat va siydik hisoblanadi.
Kasallik sog’ odamga bevosita aloqada bo’lganda iflos suv, oziq-ovqat va pashshalar yordamida beriladi.
Klinikasi: Epidemik gepatit uchun uni davriyligi ya’ni eng ko’p tarqalishi kuzgi, qishgi oylarda bo’lib inkubatsion davri juda qisqa bo’ladi (3-4 hafta).
Siviratkali gepatit uchun harakterli belgi ukol qilinganda (ineksiyada) uni harakterli belgisi sariq rang hosil qilishi, jigarni kattalashuvi, qon tarkibini o’zgarishi, kasallik 25-30 kunda nomayon bo’ladi. Og’ir formasi jigar serroziga olib kelishidir. Bu kasallik turg’un immunitet hosil qiladi. Qayta kasallanish juda kamdan-kam uchraydi.
O’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi viruslar
O’simlik kasalliklari bir necha ming yillar ilgari ya’ni tirik organizm paydo bo’lish davridan boshlab, vujudga kelgan deb taxmin qilinadi. Hozirgi vaqtda 300 dan ortiq o’simlik viruslari kashf qilingan bo’lib, bulardan ko’pi bilan madaniy o’simliklar kasallanadi. Ulardan olinadigan hosil yildan-yilga kamayib bormoqda.
1966-1968 yillarda O’zbekistonning ba’zi tumanlarida Toshkent viloyatida pomidorning qo’shaloq sterik virus kasalligi hosilning 80-90% kamaytirib yuborgan. Pomidorda keng tarqalgan tomaki mozaikasi O’zbekiston sharoitida hosilni 15,5-20% kamaytirib borgan.
TMV kasalligi ba’zi bir yerlarda to’planib qolgan yoki birdaniga ko’payib ketuvchi kasallikdir. Bu kasallik pomidordan tashqari bir qancha madaniy va yovvoyi o’tlarni kasallantiradi. Jumladan, tamaki, qalampir, kartoshka, qovun, tarvuz, bodring va barcha sabzavot va rezavor o’simliklari kasallangan o’simliklarning hosili virus kasalligi ta’siridan kamayib ketadi.
SHuning uchun ham virus kasalliklarini o’rganish va unga qarshi kurash choralarini topish katta ahamiyatga egadir. Kasallik tarqatuvchi viruslarni infeksiya-sining zaxirasi asosan o’simlik quruq bargalaridan va tuproqda ko’p va uzoq vaqt saqlanadi.
Bu viruslar ko’p yil saqlansa ham o’zini patgenlik xususiyatini yo’qotmaydi. Ana shunday xususiyati pomidorda tarqalgan TMV uni pikrovka qilish davrida zararlangan o’simlikdan yuqadi. SHu usulda yuqqan virus oxirida har xildagi pomidorni 100% gacha zararlashi mumkin.
Virus kasalligi pomidorda turli ko’rinishda uchraydi. Pomidor o’simligini bargi och yashil dog’lar bilan chiporlanishi mumkin. Bargning sarg’ayishi o’zgarishi, barg poyasi jigar rang tusda, chiziqlar hamda mevada dog’lar paydo bo’ladi.
1965 yildan boshlab O’zbekistonni ayniqsa Toshkent viloyatida TMV keng tarqala boshladi. Bu kasallik asosan pomidor bargida yashil dog’lar hosil qiladi. Kasallangan o’simlik o’sish va rivojlanishdan qoladi.
Eng yomon kasalliklardan biri «sterik» yoki «virusli qora son» kasalligi 1966 yilda Toshkent viloyatining deyarli hamma erida tarqalgan. O’simlikda modda almashinuvi buziladi. Poya, meva va barg bandi o’zgaradi. Bargda qora jigar rang chiziqlar paydo bo’ladi. Bu kasallik rivojlanib ketsa, o’simlik tezda rivojlanayotgan qismi tezda bo’rtib yangitdan shoxchalar chiqara boshlaydi. Umuman pomidorning virus kasalliklari o’simlik poyasi va bargalardagi sharbatni so’rib har xil hasharotlar vositasida sog’ o’simliklarni kasallantiradi. Virusni oldini olishda quyidagi chora-tadbirlarni qo’llash lozim. Pomidor ekiladigan maydonlarni atrofidagi va ariq bo’yidagi yovvoyi va pomidor qoldiqlaridan tozalash kerak. Xo’jaliklarda har yili pomidor ekilgan yerlarda pomidor ekishga ruxsat bermaslik kerak. Pomidor ko’chatini issiqxonada va parniklarda g’ovlab ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Pomidor ko’chati dalaga ekilgandan so’ng yuksak agrotexnika birga 0,75 – 0,2% foyizli ragor eritmasi 0,03% ko’k metilen poroshogi qo’shib purkagichda sepish kerak. Ko’chat o’zini tutib olganda 10-15 kun o’tganda 0,03% li metilin ko’ki 0,05% anabazin sulfat eritmasi purkagichlar yordamida sepiladi.
O’simlik o’sish davrida chirildoq va shunga o’xshash hasharotxo’r o’simlikdan o’simlikka o’tib kasallantirmaslik uchun 0,15-0,2% li eritma sini qayta qo’llash kerak. Kasallik virusi bor yerdan urug’ olinmasligi kerak. CHunki virus urug’da ham saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |