Mashg’ulot maqsadi: Mikrobiologiya laboratoriyasida ishlash qoidalarini va ularga amal qilishni o’rgatish. Mikroskop tuzilishini va mikroskopda ishlash qoidalarini o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Mikrobiologik laboratoriya xonasi kolbalar, pipetkalar, spirt lampalari, bakteryal ilmoq, qurutkich shkaflari, elektro plitka, avtoklav, suv xammomlari, lyumentsent lampalari, spirt va boshqa kimyoviy eritmalar.
Ishning borishi: Oliygohlarda ko’pincha amaliy mashg’ulotlar o’tkazish davrida tirik potogen mikroorganizmlar bilan ishlashga ruhsat berilmaydi. Bunday mikroorganizmlar bilan talabalar tayyor fiksatsiyalangan, ya’ni tibbiy laboratoriyalarda tayyorlangan preparatlar orqali tanishadilar. SHunday bo’lishiga qaramay mikrobiologik preparat tayyorlaganda hamma ehtiyot choralarni ko’rish kerak chunki saprofit bakteriyalar bilan albatta potogen bakteriyalar ham uchraydi.
SHunga ko’ra oliygohda mikrobiologiyadan laboratoriya mashg’uloti o’tkazganda, bakteriologik laboratoriya qoidalari asosida tashkillash kerak.
Mikrobiologiya amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun alohida xona ajratib bunda faqat mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulot o’tkazish kerak.
Tozalash – (sterilizatsion) xona u yerda faqat avtoklav o’rnatiladi va ishlaydi.
Yuvish xonasi
Preparatlar xonasi, bu xona faqat mikrobiologik preparatlar saqlashga moslashgan bo’ladi.
Mikrobiologik preparatlarni va toza kulьtura olish uchun xonalarni bir chetiga oynalangan burchak (boks) qilinadi. B xonani sterillash uchun BUF–15, BUF–30 markali Lyumentset lampalarni yerdan 2 m balandlikka o’rnatiladi.
Mikrobiologik laboratoriyani derazalari shimol tomoniga o’rnatilgan bo’lib, laboratoriyadagi tabiiy yorug’lik 110 Lyuksni tashkillash kerak.
Xona oq belila emulьtsiya bo’yog’i bilan bo’yalgan bo’lib, poli linolium bilan qoplangan bo’ladi.
Laboratoriya stollariga elektr energiya va gaz o’tkazilgan bo’lishi kerak chunki har bir talabaga mikroskop yoritgich va fiksatsiya qilish uchun gaz yonilg’isi bo’lish kerak.
Ishchi stol ustida birorta ham ortiqcha narsa bo’lmasligi kerak. Mikroskoplar polietilen plyonkalar bilan o’ralgan bo’lishi kerak, ish joyida asosan: yoritkich, bo’yoqlar yig’indisi, bakteriologik ilmoq, shpatel, chiziqchali va chiziqchasiz pipetkalar, buyum oynasi, qoplag’ich oyna, vannochka, dizenfektsiyalovchi suyuqlik, paxta, doka, voska, qalam, immersion moy, qum soat, spirtovka, sirka va gugurt laboratoriyada doimo bo’lishi shart.
Yuqoridagi buyumlarni tozalash yetarli bo’lishni laborant nazorat qilib boradi.
Mikrobiologik laboratoriyada non yoki boshqa ovqat, tamaki bo’lmasligi kerak, u yoqdan bu yoqqa yurish man etiladi.
Laboratoriyada ishlatilgan buyumlarni bir idishga to’plab (1% li xloramin, 3% li fenol eritmasida yuviladi). Metall asbob uskunalar ishlatilgandan so’ng alangada quydirib sterillanadi.
Xalatga yoki kiyim boshga tegib qolgan preparat dizenfektsiyalovchi moddalar bilan yuviladi.
Laborant yoki talaba mikrobiologik ishni qo’lini sovunlab yuvib spirt bilan artib tozalaydi va ish boshlaydi.
Mikrobiologik laboratoriya mashg’ulotlaridan oldin va keyin 30 minut lyumentset lampani yoqib qo’yiladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Laboratoriya xonalari qanday bo’lishi kerak?
2. Laboratoriyada elektr asbob – uskunalar bilan ishlaganda nimalarga e’tibor berish kerak?
3. Mikrobiologik preparat tayyorlanganda mikrobiologik asboblar qanday xolatda bo’lishi kerak?
4. Laboratoriya ishi tugagandan so’ng jihozlarni qanday xolga keltirib qo’yiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |