Zaruriy mudofaa


Qonunga xilof tajovuz tushunchasi va turlari



Download 53,82 Kb.
bet2/6
Sana09.07.2022
Hajmi53,82 Kb.
#766671
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jinoyat huquqi kurs ishi

2.Qonunga xilof tajovuz tushunchasi va turlari

  1. Qonunga xilof tajovuz deganda, Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, ya’ni g‘ayriqonuniy qilmish tushuniladi.

Demak, hujumda jinoyat alomatlari aks etgan bo‘lsagina tajovuz qiluvch- iga zarar yetkazish mumkin. Bu talab Jinoyat kodeksi 37-moddasidagi zaruriy mudofaaga berilgan ta’rif va jinoyatning umumiy tushunchasidan (JK 14-m.) kelib chiqadi. Chunki qonunga xiloflik, ya’ni jinoyat qonuni bilan taqiqlanganlik uning asosiy belgisi hisoblanadi. Tajovuz nafaqat qonunga xilof, balki ijtimoiy xavfli ham bo‘lishi kerak, chunki qilmishning kam ahamiyatliligi uning ijtimoiy xavfliligi va jazoga loyiqligini istisno qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Ijtimoiy xavfli tajovu- zlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarning sudlar tomoni­dan qo‘llanilishi haqida»gi 1996-yil 20-dekabr qarorida ham ijtimoiy xa- vflilikka aynan shunday ta’rif berilgan. «Jinoyat kodeksining maxsus qismida nazarda tutilgan harakatlar uni sodir etgan shaxsni javobgarlikka tortilgan yoki ruhiy kasallik tufayli, jinoiy javobgarlikka yoshga to‘lmaganligi sababli va boshqa asoslarga ko‘ra, javobgarlikdan ozod qilinganligidan qat’iy nazar Jinoyat kodeksining 37-moddasi doirasida himoyalanishiga asos beruvchi ijtimoiy xavfli tajovuz deb hisoblanadi»1.
Shunga ko‘ra, ijtimoiy xavflilik deganda, har qanday jinoiy va shu kabi, jinoiy bo‘lmagan qilmishlar tushuniladigan nuqtai nazarning xato ekanligini e’tirof etish kerak. Shuni nazarda tutish kerakki, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 18-moddasida ma’muriy tartibbuzarlikka nisbatan ham zaruriy mudofaaga yo‘l qo‘yiladi. Ma’muriy tartibbuzarlikka qarshi za­ruriy mudofaa ham o‘zining huquqiy tabiatiga ko‘ra ma’muriy-huquqiy maqomga ega bo‘lib, mayda bezoriga jismoniy zarar yetkazish belgisi ostiga tushadi. Masalan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 57-moddasi ham mayda bezoriga jismoniy zarar yetkazish, sog‘liqni izdan chiqarmagan holda badanga yengil shikast yetkazish belgisi bilan ta’riflanadi.

  1. Tajovuzning mavjudligi - tajovuz qiluvchiga zarar yetkazib bo‘lsa ham faol qarshilik qilishga yo‘l qo‘yiladigan muayyan vaqt oralig‘i. Bu sharoit ta­jovuzning boshlanganligini va hali tamom bo‘lmaganligini bildiradi.

Yuridik fan va sud amaliyotida ayrim hollarda, agar haqiqiy xavf mavjud bo‘lib, tajovuzning boshlanishi juda qisqa vaqt oralig‘ida o‘tib ketmaganligi- dan darak bersa, tajovuzning mavjudligi tan olinadi.
Tajovuz qiluvchining harakatidan lahzaning bir ulushida ilgari harakat qi­lish qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarni himoya qilishning yagona usu- lidir.
Ayni paytda, agar tajovuzchiga tajovuz tamom bo‘lganidan keyin zarar yetkazilgan bo‘lsa, biroq mudofaalanuvchi uchun ishning holatlari bo‘yicha bu ravshan bo‘lmasa ham yetkazilgan zarar zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb topiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumin­ing Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi
qonunlarning sudlar tomonidan qo‘llanilishi haqida»gi 1996-yil 20-dekabr qarorida shunday tushuncha beriladi. «Zaruriy mudofaa holati faqatgina ijtimoiy xavfli tajovuz yuz bergan paytning o‘zidagina emas, balki tajovuz- ning boshlanish xavfi mavjud bo‘lgan hollarda ham vujudga keladi. Zaruriy mudofaa holati tajovuz tugagandan so‘ng ham bo‘lishi mumkin, agar himoyalanuvchi ish holatlariga ko‘ra tajovuz tugagan vaqtni aniq anglay ol­magan bo‘lsa»\
Agar tajovuz faqat tayyorlanayotgan yoki amalga oshirish rejasi tuzi- layotgan bo‘lsa, uning mavjudligi istisno qilinadi. Bunday hollarda ilgaridan zarar yetkazish umumiy asoslarda jinoiy javobgarlikka olib keladi. Imkoniyat- dagi (ehtimol tutilgan) deb ataladigan tajovuzlarda ham, agar himoya nazarda tutilgan va kelgusida sodir etilishi mumkin bo‘lgan hujumni hisobga olib amalga oshirilgan bo‘lsa ham zaruriy mudofaa deb hisoblanmaydi. Masalan, kartoshka ekilgan dalani o‘g‘rilardan himoya qilish uchun minalashtirish, bog‘dagi olmalarni o‘g‘irlanishdan saqlash maqsadida elektr tokini ulab qo‘yish va boshqalar, agar insonga shikast yetkazsa, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

  1. Ishning holatiga ko‘ra aniq, ya’ni tajovuz allaqachon tamom bo‘lgan, ta­jovuz qilganga nisbatan zo‘rlik ishlatishning zarurati bo‘lmagan holda (masa­lan, tajovuz qiluvchi o‘z qurbonini qoldirib, yashirinishga uringanida) tajovuz mavjud bo‘lmaydi. Bunday sharoitda zarar yetkazish sodir etilgan tajovuz uchun o‘ch olish deb baholanadi va umumiy asoslarda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Biroq ayrim o‘xshash hollarda mudofaalanuvchining harakati kuchli ruhiy hayajonlanish holatida sodir etilgan jinoyat belgilariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Shu bois bunday qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun tajovuz (hujum) qilgan va mudofaalanuvchi harakatlarining xususiyatini sinchiklab tahlil qilish kerak. Tajovuzga daxldorlikning uchinchi muhim sharti uning haqiqiyligi, ya’ni mavjud tajovuz mudofaalanuvchining tasavvurida emas, haqiqatan ham voqelikda ro‘y berganligi hisoblanadi. Sud amaliyotida xayoliy mudofaa deb ataladigan ko‘pgina hollar ma’lum bo‘lib, bunda shaxs voqelikda ro‘y ber­magan tajovuzdan go‘yo mudofaalanadi.

Hujuming (tajovuzning) haqiqatan bo‘lganligini to‘g‘ri aniqlash uchun mudofaalanuvchining bo‘lib o‘tgan voqeani subyektiv idrok etish holatini tahlil etish hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Oliy sud Plenumining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qarorida quyidagi tushuncha berilgan: «Sudlar zaruriy mudofaa holatini aniq ijtimoiy xavfli ta­jovuz yuz bermasa-da, shaxsning yanglishib, shunday tajovuz qilishi mumkin, degan taxminiy holatlaridan farqlashlari kerak. Agar hodisa holatlariga ko‘ra, mudofaa choralarini qo‘llagan shaxs o‘zining yanglishganini bilmagan va bilish ham mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, uning harakatlari zaruriy mudofaa ho­latida sodir etilgan deb hisoblanishi kerak.
Tahdid solayotgan xavfni yo‘qotish harakatlariga taalluqli bo‘lgan oxirgi zaruratning qonuniylik shartlari quyidagilar:

  1. shaxs, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan har qanday manfaatlari, ya’ni hayot, sog‘liq, mulk, jamoat tartibi, ijtimoiy xavfsizlik, huquqiy tartib, ekologiya, davlatning iqtisodiy resurslari kabilar himoya qi­linadi.

Bu shartlar shaxs harakatini tahdid solayotgan xavfni bartaraf qilishga ijtimoiy foydali yo‘naltirilganligini aks ettiradi va uning jinoiyligi va jazoga loyiqligini istisno etadi. Shunga ko‘ra, bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan pushaymon bo‘lish harakati, masalan, odamning o‘limi bilan bog‘liq bo‘lsa, oxirgi zarurat holatida sodir etilgan harakat kabi baholanishi mumkin emas, chunki bunda aybdorning o‘zi jabrlanuvchini hayot uchun xavfli holatga qo‘ygan bo‘ladi;

  1. tahdid solayotgan xavfni bartaraf etish jarayonida zarar har doim uchinchi shaxs manfaatlariga yetkaziladi. Bunda shaxs xavfni bartaraf eta tu­rib, vujudga kelgan xavfni yo‘qotish uchun himoya vositasini tanlaydi, biroq boshqa shaxsning manfaatlariga zarar yetkazadi. Shaxsiy manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat sifatida baholanmaydi, chunki shaxs o‘z bilganicha ish tutish huquqiga ega. Biroq xavfni bartaraf etish harakatlari natijasida kelib chiqqan zararni talab qilishga haqli;

  2. keltirilgan zarar bartaraf etilgan xavfdan, ya’ni oldi olingan zarardan ancha kam bo‘lishi kerak. Unga ko‘ra, keltirilgan va oldi olingan zarar hajmi baholanganida, har bir kishi uchun shubhasiz

Agar shaxs tajovuzning aslida yo‘q va xayoliyligini bila turib, ish holat-

lariga ko‘ra ham uni albatta bilishi mumkin bo‘lgani holda zarar yetkazsa, un­ing harakatlari Jinoyat kodeksining ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan tavsiflanishi lozim» .
Sud amaliyotida shaxsning xayoliy mudofaalanishi zaruriy mudofaa che­garasidan chetga chiqib, asossiz ravishda zarar yetkazgan holatlar ham yo‘q emas. Bunday harakat ham yuqoridagi talablarga muvofiq kvalifikatsiya qi­linadi, ya’ni bunda shaxsning soxta mudofaa holatida bo‘lganligini anglab yetgan yoki yetmaganligini aniqlash zarur. Agar anglab yetmagan bo‘lsa, u soxta mudofaa holatida harakat qilib, uning chegarasidan chetga chiqqan bo‘ladi va zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqqanligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak. Shaxs tajovuzdan darak beruvchi hech qanday obyektiv ma’lumotlar yo‘qligini anglagan va tajovuz qilgan shaxsga zarar yet­kazgan taqdirda, bunday shaxsning harakati qasddan qilingan jinoyat singari umumiy asoslarda kvalifikatsiya qilinadi.
Himoyaga taalluqli zaruriy mudofaaning qonuniylik shartlari quyidagilar.

Download 53,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish