4.Himoyaning zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqmasligi
Himoya zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqmasligi kerak. Qonunda tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan mudofaa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topi- ladi (JK 37-m. 2-q.).
Ushbu ta’rifdan bir necha muhim qoidalar kelib chiqadi: a) himoyaning intensivligi tajovuzning xavfliligiga taxminan mos bo‘lishi kerak; b) himoya hujumning xavflilik darajasi bilan qayta aniqlanadi; d) himoya tajovuzning xususiyati va xavfliligiga yaqqol mos kelmagan hollardagina zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish bo‘ladi.
Bu holatlarni ko‘rib chiqamiz. Birinchidan, mudofaalanuvchi o‘zining himoyalanish harakatining jadalligini tajovuzning xavfi bilan o‘lchab ko‘rishi va himoyaning shunday chorasini tanlashi kerakki, u taxminan tajovuz qiluvchi tomonidan bo‘ladigan xavf-xatarga mos kelishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorida tushuntirib ber- ilishicha, «Sudlar zaruriy mudofaa alomatlari bor yoki yo‘qligi masalasini hal etishda himoyalanish va hujum vositalarini hisobga olishdan tashqari, tajovuzchi tomonidan himoyalanuvchiga tug‘dirilgan xavfning xarakteri, himoyaning kuchi va tajovuzni qaytarish imkoniyatlari, shuningdek, hujum va himoyalanuvchining kuchi nisbatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ishdagi barcha holatlarni (hujum qiluvchi va himoyalanuvchilarning soni, ularning yoshi, jismoniy quvvati, quroli, joy, vaqt va boshqalar) hisobga olishlari zarur. Agar tajovuz bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, mudofaalanuvchi hujum qiluvchilarning har biriga nisbatan guruhdagi barcha tajovuzchilar harakatining xarak1 teri va xavflilik darajasiga qarab tegishli himoya choralarini ko‘rishga haqli »1. Mudofaalanuvchining to‘satdan qilingan tajovuzdan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida bo‘lganligi tufayli hujumni qaytarish vaqtida xavfning xususiyatini aniq belgilamagani va himoya vositasining mos hajmini to‘g‘ri tanlab olmaganligini ham e’tiborga olish zarur.
Shuning uchun mudofaalanuvchining harakati, agar bunday holda yetkazilgan zarar bartaraf etilgan zarardan katta bo‘lsa va bartaraf etilgan zarar hujumni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lsa, agar bunda himoyaning xususiyati va tajovuzning yaqqol nomuvofiqligiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib sodir etilgan deb qaralishi mumkin emas.
Ikkinchidan, mudofaalanuvchi himoya usullari va vositalarini tanlash vaqtida mutlaqo erkin harakat qila olmaydi, ularni hujumning xavflilik darajasi doirasida tanlab olishi kerak. U ega bo‘lgan nisbiy erkinlik doimo tajovuz qi- luvchining harakatidan kelib chiqadigan xavfning chegarasi bilan cheklangan. Demak, tajovuz qiluvchi mushti bilan yuzga zarb beradigan bo‘lsa, himoyalanuvchi himoya vositasini tanlashda bo‘lgani kabi, uning intensivlig- ini tanlashi ham cheklangan. Bu esa uning yanada qat’iy harakat qilishi, badanga yetkazgan o‘rtacha shikastidan ko‘proq shikast yetkazishini cheklash demakdir. Agar himoya choralari ko‘rsatilgan chegaradan chetga chiqadigan bo‘lsa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish qayd etiladi. Bunda ta- jovuzni qaytarish (daf etish) vaqtida biror-bir vositadan foydalanganlik yoki ulardan foydalanishda qonun doirasidan chetga chiqilganligi ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Bu va boshqa hollarda ham himoyada zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishga yo‘l qo‘yish tegishli yuridik oqibatga olib keladi. Shu sababli, himoyalanish harakatlarining hujumdagi kabi, biroq undan samaralir- oq bo‘lmagan qurol bilan amalga oshirilishiga oid biror-bir shart qo‘yilmasligi adolatlidir. Shu bois sud amaliyotida musht bilan tajovuz qilinganida - toshdan, qurolsiz hujumda - bolta yoki pichoqdan foydalanish, belkurak, arra bilan hujum qilinganida - ov miltig‘i bilan, pichoq bilan, hatto qurolsiz hujumda to‘pponcha bilan himoyalanish qonuniy deb topiladi.
Hujum va himoyalanish quroli bir-biriga muvofiq kelishi yoki kelmasligi- dan qat’i nazar, ishning qolgan boshqa holatlarini hisobga olmasdan himoyalanish harakatlarining qonuniyligi yoki noqonuniyligini aniqlash mumkin emas2.
Shunday qilib, hujumning qanday qurol yoki vosita bilan qaytarilgani emas, balki tajovuzning xavflilik doirasidan chetga chiqqan yoki chiqmagan- ligini bilish muhimdir. Himoya quroli va vositasi o‘z-o‘zidan tajovuzda hujumni qaytarish yoki tajovuz sodir etishning obyektiv imkoniyatlaridan darak beradi. Himoya yoxud hujumning xususiyati, uning shaxsga nisbatan xavflilik darajasi hujum qiluvchi va mudofaalanuvchini aniqlaydi. Xuddi shu yerda tajovuz bilan himoya o‘rtasidagi o‘zaro aloqa chegaralari bo‘ladi. Birining irodasi muayyan darajadagi tajovuzni, boshqasining irodasi unga muayyan zarba berish intensivligini keltirib chiqaradi.
Himoyaning intensivligi tajovuzning xavfliligidan kelib chiqadigan va uning chegarasi hisoblangan shunday chora bilan belgilanishi kerak. Bundan tashqari, himoyaning intensivligi hujumni qaytarish vaqtida qo‘llanilgan qurol va vositalarning obyektiv xossalari bilan emas, balki haqiqiy yetkazilgan ziyon bilan belgilanishi lozim.
Adabiyotda himoya qurollari va ulardan foydalanish usullari ahamiyatga egami, degan fikrlarga hujum quroli va himoya qurollarining keskin farqlani- shi, ya’ni ular mudofaalanuvchining qo‘liga tasodifan tushib qolganmi yoki ilgaridan tayyorlab qo‘yilganmi, ular uy-ro‘zg‘or - xo‘jalikka taalluqlimi yoki tirik odamga zarar yetkazish uchun mo‘ljallanganmi, himoya vaqtida qurol qanday qo‘llanilgan, ulardan hujum qiluvchini faqat qo‘rqitish uchun foyda- lansa bo‘lmasmidi yoki unga zarar yetkazish zarurmidi, kabi jihatlar o‘rganiladi1. Hujumdan himoyalanishning o‘lchamlarini belgilashga bunday yondashuv ko‘pincha boks tushiladigan ringni eslatadi. Bunda ikki raqib may- donga tushiriladi va ularning vazn kategoriyalari bir xil bo‘lishi shart emas, biroq jangda yutib chiqish ulardan faqat mushtlashuvni istaganiga emas, balki hatto uni hozir ura boshlaganini tushunib yetmagan shaxs foydasiga hal bo‘lishi muqarrar. Haqiqiy hayot ring emas va unda harakatlanuvchi shaxs ko‘pincha tor doiradagi sarob ko‘rsatkichlar ta’siri doirasiga tushib qoladi. Haqiqiy hayotda hujumni qaytaruvchi shaxs yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan har qanday vositalar bilan himoyalanish huquqiga ega bo‘lishi hamda faqat za- ruriy mudofaa chegarasidan oshkora chetga chiqmasligi kerak. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha asoslar tajovuzning xavflilik chegarasini aniqlash uchun hech narsa bermaydi.
Bu omillar faqatgina himoya qurolining qo‘lga tasodifan tushib qolgan- ligidan (shaxs hujumdan qo‘rqqani bois, ular ilgaridan tayyorlangan va o‘ylab ko‘rsa, to‘g‘ri qo‘rqqanligidan) darak berishi mumkin. Qurol maishiy yoki xo‘jalikka taalluqli emas, balki tirik kuchga zarar yetkazishga mo‘ljallangan (nima uchun hujumni qonuniy olingan qurol yordamida qaytarish mumkin emas?). Himoya quroli yo‘l qo‘yiladigan doirada har qanday usulda qo‘llanilishi mumkin (agar zaruriy mudofaa chegarasidan chiqilmasa, himoya qurolini qo‘llashning yo‘l qo‘yiladigan va yo‘l qo‘yilmaydigan usullari qonunning qayerida ko‘rsatilgan?). Faqat birgina omil hujumni qaytarish vaqtida zarar yetkazishning yo‘l qo‘yiladigan chegaralarini aniqlash imkonini beradi. Bu ham bo‘lsa, qurolni himoya vaqtida ishlatish mumkinmi yoki undan faqat qo‘rqitish maqsadida foydalanishning o‘zi kifoya qiladimi degan savolga javob topishdir.
Biroq bu himoya qurolining dahshatli ko‘rinishidan emas, balki tajovuzning agressivligi va xavflilik darajasidan kelib chiqib aniqlanadi. Demak, agar qurolsizning tajovuzini hatto qurol bilan po‘pisa qilib bo‘lsa ham to‘xtatishning iloji bo‘lmaganida, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqmagan holda bu qurol bilan zarar yetkazishni qonuniy deb topish kerak.
Shunday qilib, himoya tajovuzning xavflilik darajasini aniqlaydi va uning doirasidan kelib chiqishi kerak. Mudofaalanuvchi shaxs himoya vositalari va qurollarini ko‘rsatilgan doirada tanlashda erkin bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |