Zardushtiylik dini va uning muqaddas kitobi “Avesto” haqida.
Reja:
1. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi.
2. Zardushtiylik dinining shakllanishi.
3 «Avesto» kitobining mazmuni haqida.
4. «Avesto» da ma‘naviyat va ma‘rifat masalalarining yoritilishi.
5 Xulosa.
6 Foydalanilgan adabiyotlar.
«Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. Zardusht eramizdan avvalgi 660 yilda Xorazmda dunyoga kelgan. Otasi savodli bo‘lib, karomatgo‘y bo‘lgan ekan. Zardusht 20 yoshidan boshlab yakka xudolikni targ‘ib qilgan. 28 yoshida shuhrat qozonadi, lekin uning targ‘ibotlari mahalliy hukmdorlarga yoqmaydi. Uni osishga hukm etadilar. Zardusht o‘zi bilan 300 ga yaqin safdoshlarini olib hozirgi Afg‘oniston tomonga yo‘l oladi va o‘z g‘oyalarini targ‘ib etadi. U 77 yil umr ko‘rgan.
Zardushtiylikning paydo bo‘lishi eramizdan oldingi X asrga to‘g‘ri keladi. Uning muqaddas kitobi «Avesto» ham birdan yo’zaga kelgan emas. U bir necha asrlar mobaynida yaratilgan. Zardusht «Avesto»ning qadimiy nusxalarini o‘rganib, to‘plab bir kitob holiga keltirgan. U 30 ta kohin bilan uch yil davomida «Avesto»ning bilimlarini yig‘ib, bir tizimga solgan va 12 ming ho‘kiz terisiga zarhal harflar bilan yozdirgan.
Avesto quyidagi besh qismdan iborat:
1. Vendidod - 22 bobdan iborat bo‘lib, unda Axura Mazda Yerdagi barcha mavjudotning yaratuvchisi ekanligi bayon etiladi.
2. Visparad - 24 bobdan iborat bo‘lib, ibodat qo‘shiqlaridan tashkil topgan. Zulmat kuchlariga qarshi kuchlar kuylanadi.
3. Yasna - 72 bobdan iborat bo‘lib, qurbonlik vaqtida, marosimida aytiladigan qo‘shiqlardan tashkil topgan.
4. Yasht - 22 qo‘shiqdan iborat bo‘lib, zardushtiylik ma’budalari madhi kuylangan.
5. Xo‘rda Avesto - Kichik Avesto - quyosh, oy va boshqa xudo hamda ma’budalar sharafiga aytilgan kichik ibodat matnlaridan iborat.
Zardushtiylik va uning muqaddas kitobi «Avesto» haqida qisqa ma’lumot berdik. Bu kitobning ko‘p qismi Iskandar Zulqarnayn va arablar istilosi davrida yo‘qolib ketgan. Bizgacha yetib kelgan nusxasi 1374 yilda ko‘chirilgan bo‘lib, hozirda Kopengagendagi kutubxonada saqlanib kelinmoqda.
Zardushtning o‘zi tarixiy shaxs ekanligi ham munozarali, bahsli masala. Biz ayrim mualliflar fikriga qo‘shilib, unga tarixiy shaxs sifatida yondoshdik.
Zardusht sariq tuya mingan, degan ma’noni anglatadi. «Avesto» ta’limotiga ko‘ra, olamda ikkita kuch, yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik kabi qarama-qarshi kuchlar mavjud bo‘lib, ular abadiy murosasiz kurashib keladilar. Yaxshilik va yorug‘lik kuchlariga Axura Mazda boshchilik qiladi. Bu kurashda yorug‘likning zulmat, yaxshilikning yomonlik ustidan g‘alabasiga ishonch bildiriladi.
Endi zardushtiylikda va uning muqaddas kitobi «Avesto»da ma’naviyat va ma’rifat masalalari va ularning bizning bugungi kun uchun ahamiyati haqida fikr yuritamiz.
«Avesto»da mehnat nihoyatda ulug‘lanadi. Mehnatni yaxshilik, moddiy noz-ne’matlar manbai deb biladi. Inson saxovatli bo‘lishi uchun avvalo mehnat qilishi, o‘z qo‘li bilan noz-ne’matlar yaratishi zarurligi uqtiriladi. «Avesto»da: «Don ekkan kishi taqvodorlik urug‘ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e’tiqodini olg‘a suradi, imonni oziqlantirib turadi..», deyiladi. Bunga amal qilish o‘n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yo’zlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ekish, mehnat qilish – yerdagi yovo’zlikni yo‘qotishdir, deb qaraladi. «G‘alla yerdan unib chiqqanda, -deyiladi «Avesto»da, devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, g‘alla yanchib un qilinayotganda ular mahv bo‘ladi...» deb mehnat ulug‘lanadi.
«Avesto»da inson axloq-odobi, ma’naviyati quyidagi uchlikda: Gumata - yaxshi fikr, Gugta-yaxshi so‘z, Gvarshta-yaxshi ishda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon- shavkat bahsh etaman», -deb ta’kidlaydi Axura Mazda.
Yaxshi fikr deganda yaqin kishilarga mehribonlik, muhtojlik va xavf-xatar ostida qolganda yordam berishga shaylik, kishilar baxt va saodati uchun faol kurashishga doim tayyor turish, hamma bilan ahil va totuv yashash va boshqalar tushuniladi.
Yaxshi so‘zlar deganda esa o‘z va’dasiga rioya qilish, so‘zining ustidan chiqish, savdo-sotiq ishlarida halol bo‘lishga, qarzini o‘z vaqtida to‘lash, o‘g‘rilik va talonchilik qilmaslik, bo’zuqlikdan o‘zini tiyish va hakozolar tushunilgan.
Yaxshi ishlar deganda insonning o‘z xatti-harakatida yaxshi fikr va yaxshi so‘zlarda ilgari surilgan barcha ijobiy yo‘l-yo‘riqlarga og‘ishmay amal qilish nazarda tutiladi.
Zardushtiylik axloq-odobi hayvonlarga nisbatan ham beshafqat bo‘lishni qat’iyan man etadi. Hayvonlarni kaltaklash va qiynash - gunoh deb hisoblanadi. Kishilarni foydali hayvonlar haqida g‘amxo‘rlik qilishga, ularga o‘z vaqtida ovqat berib turishga, yirtqich hayvonlardan qo‘riqlashga da’vat etadi. «Avesto»da tozalik, poklikka alohida e’tibor qaratilgan. Hovo’zdan yuvilmagan, iflos ko‘zada suv olgan kishi besh darra bilan jazolangan. Inson yashaydigan xonada yuvinish, poklanish qat’iyan qoralangan.
«Avesto»da naslning pokligi, tozaligiga ham alohida e’tibor berilgan, qattiq nazorat qilingan, qarindosh-urug‘, aka-ukaning quda-anda bo‘lishi qoralangan.
Hozirgi medisina fani aka-uka, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi qudachilik munosabatlari kelajak avlodning sog‘lom, to‘la-to‘kis bo‘lib tug‘ilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini to‘liq aniqlagan. Buni esa bizning ajdodlarimiz allaqachon aniqlaganlari hozirgi zamon kishisini lol qoldiradi. Qolaversa, yaqin kishilarning nikoh masalalarida ma’naviy jihatlar ham borki, bunga inson qalbi yo‘l bermasligi kerak.
Ko‘rinadiki, O‘rta Osiyoda keng tarqalgan qadimiy Zardushtiylikda oila va nikoh masalalari, inson muammosiga muhim ahamiyat berilgan.
Insonning jismoniy va ma’naviy pokligi zardushtiylik axloqi-ning eng qadimiy talablaridandir. Oila va nikoh yaratguvchining talabiga mos kelganligi bois uni bo’zish taqiqlangan. Agarda oilada er yoki xotin axloqsizlik, ya’ni bo’zuqchilik gunohi sodir etsa, unday kishilar tayoq bilan jazolangan. Shu orqali oila mustahkamligi uchun kurashganlar.
Zardushtiylik ta’limotidan ko‘rinib turibdiki, Sharqda qadimdan oila muqaddas hisoblangan. Uni mustahkamlab, darz ketishiga yo‘l qo‘ymaganlar. Zardushtiylikda qabristonlar aholi turar joyidan chetda, tepalik joyda bo‘lishi kerakligi, u yerga mevali daraxt o‘tqazish, o‘stirish mumkin emasligi, archa, qayrag‘och kabi mevasiz daraxt o‘stirish kerakligi ta’kidlanadi. «Avesto»da aholining ko‘payishiga ham ahamiyat berilgan. Qasddan erga chiqmaydigan qiz qopga solinib, 50 darra urilgan. Qasddan uylanmagan yigitga ham 50 darra urilgan va beliga temir kamar bog‘lab yurish buyurilgan.
«Avesto»da qadimgi tabiblarning qasamyodi va tabobat ramzi Ilon va jom berilgan. Demak, tabib qasamyodi va ramzi Gippokratdan emas, balki bizdan boshlangan. Bu ham bizning ma’naviyatimiz qadimiyligini ko‘rsatuvchi dalillardan biridir. Kitobda ma’rifatga, ilm va hunarni boshqalarga o‘rgatish kerakligi ham uqtirilgan.
Xulosa shuki, «Avesto» kitobida ajdodlarimizning necha ming yillik ma’naviy merosi izlari o‘z aksini topgan. Unda johillik, zo‘ravonlik, tuhmat kabi yomon xislatlar qoralanadi. Sof ko‘ngilli bo‘lish, xiyonat qilmaslik, savdoda bir-birini aldamaslik, haqorat qilmaslik kabi ma’naviy xislatlar targ‘ib etilgan. Bizgacha yetib kelgan manbalarga karaganda Markaziy Osiyo Xalqlarining islomgacha bo’lgan eng kadimgi axlokiy- ma‘naviy tasavvurlarida Xalqning jamoa ijodkorligining maxsuli sifatida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy taraqqiyot boskichini belgilab beruvchi tayanch manbalardan biri sifatida Xalq ogzaki ijodi e‘tirof etiladi. Ular afsona, rivoyat, ertak, doston, makol, matal, kushik, latifa, lof, askiya, Xalq dramalari, Xalq musikalari bulib, ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qadriyat darajasiga kutarilgan urf-odatlardan iboratdir. Ular Xalqning pedagogik va ma‘naviy tarbiyasining muhim kismi xisoblanib, avloddan-avlodga yetkazib kelinadi. Xalq ogzaki ijodi kishilarning ma‘naviy madaniyatini shakllantirishda, ma‘naviy talab ehtiyojlari asosida ma‘lum bir davrlarda madaniy manba sifatida vujudga kelgan. O’zining evolyutsion taraqqiyotida mazmunini boyitib, ta‘lim, tarbiya va axlokiy xususiyatlarning shakllanishida aloxida ahamiyat kasb etgan. Ular Xalqning o’zok tajribasida sinalib, yuksak axlokiy–ma‘naviy tarbiya mezonlarini umumlashtirib, Xalq urtasida targibot, o’ziga xos mafkuraviy urin tutib kelgan.
Xalq ogzaki ijodidagi akliy teranlik, mantikiy fikrlash orkali ma‘naviy madaniyatning barcha kirralarini hayotga tadbik etish va shu orkali yoshlarni akliy va axlokiy barkamollik ruxida tarbiyalashga dikkat karatilgan. Xalq ogzaki ijodidagi ta‘lim- tarbiya usullari: buyruk, ugit, nasixat, namuna, urnak, murojaat, iltijo, kinoya, piching, kesatik, yumoristik tankid, mubolaga, burttirish kabilardir. Umuman, Xalq ogzaki ijodi ma‘naviy va ma‘rifiy qadriyatlarni targib etishdagi ta‘sir kuchi Xalqning o’zligini, milliyligini xarakterlashini aytib utish lozim. Ogzaki ijodning turli janrlarida Xalqning goyaviy, siyosiy-axlokiy, badiiy-estetik, ekologik, iqtisodiy, diniy, akliy va jismoniy madaniyati-ma‘naviy talab-ehtiyojlari, orzu-umidlari, ta‘lim-tarbiya usullari o’z ifodasini topadi. Ular axlok-odobga, e’tiqodga, imonga, vatanparvarlikka, ozodlikka, usib kelayotgan avlodni bugungi Mustaqillikni mustaxkamlash davriga mos va munosib bo’lishga, ma‘naviy va jismoniy sog’lomlikka, vijdonlilik, poklik, insonparvarlikka, adolatga, jasoratga, dushmanga nisbatan shafkatsizlikka, shuningdek, mexnatsevarlik, rostguylik, go’zallik, mexmondustlik kabi ma‘naviy barkamollikni tarbiyalashga karatilgan usullaridir deyish mumkin.
Xalq ogzaki ijodining qadimiy shakllaridan biri afsonalar bulib, ular real hayot haqidagi haqikatdan xabar beruvchi hayot uydirmalaridan iboratdir. Masalan, «Lukmoni Haqim», «Shirin kiz», «Iskandarning shoxi bor» kabi afsonalarda Xalqimiz xarakteriga mos bo’lgan mardlik, adolatlilik, Xalqparvarlik, erksevarlik, vafodorlik kabi ma‘naviy sifatlarni tarbiyalashga karatilgan.
Xalq rivoyatlarida mavjud hayot haqikati asosida, ayrim ma‘lumotlarga tayanib, Xalqning ezgu orzu – umidlari, armonlari va kuvonchlari, gam-kaygulari o’z aksini topgan. Masalan Ibn Sino, Amir Temur, Saroymulkxonim, Zaxriddin Bobur, Alisher .Navoiy va paygambarlar haqida juda kup rivoyatlar mavjud.
Insonning ma‘naviy kamol topishida Xalqimizdagi ugit va nasixatlar, makollar ham turmushda sinovdan utgan Xalq donishmandligining muhim shakllari sifatida kadrli. Masalan «Kurpangga karab oyok o’zat», «Odam bilan odam tirik», «Xar kim ekkanini uradi», «Oyni etak bilan yopib bulmaydi», «Kush uyasida kurganini kiladi», «Yetti ulchab bir kes» kabi fikrlar hayot amaliyotida akl-zakovot bilan uylab ish qilishga undovchi tarbiyaviy ahamiyatga molik.
Xalq ogzaki ijodidagi marosim va mexnat kushiklari (mayda-mayda, xush-xush, churey-churey) da Xalqning ishonchlari, orzu-umidlari, axlokiy karashlari ilgari surilgan. Umuminsoniy, ma‘naviy-ruxiy qadriyatlar kurgazmali faoliyat vositasida targib etiladi. Marosimlar turli xil kurinishda mavjud. Masalan: oilaviy-maishiy marosimlar (beshik tuyi, chilla 40 kun, tuy, motamlar) bulib, ularda aytiladigan yor-yor, ulan, lapar, kelinsalom, oyna kursatish, kuyov kursatar va xokazolar. Shuningdek, mavsumiy marosimlar «Navro’z» «Mexrjon», «Sumalak» kabi kuklamga xos marosimlar va xokazolar ham milliy ma‘naviy tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuminsoniy qadriyatlar kurinishi bo’lgan ertaklar ham Xalq ogzaki ijodi kurinishi bulib, unda xayoliy va hayotiy vokealar asosida ijtimoiy munosabatlar o’z yechimini topadi. Ertaklarning goyaviy yunalishini adolat, jasurlik, kaxramonlik, mexnatsevarlik, vafodorlik, farovon turmush, Xalqparvarlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, ota-ona, ustozlarni uluglash kabi ma‘naviy qadriyatlarni tarbiyalashga karatilgan. Ertaklar, maishiy-ijtimoiy, siyosiy-ma‘naviy hayotdagi kabi turli mazmunda bo’ladi. Ertaklarda ijobiy va salbiy kaxramonlar obrazlari orkali vokelik aks ettiriladi. Masalan, «Uch ogayni botirlar», «Oygul bilan Baxtiyor», «Zumrad va Kimmat», «Toxir va Zuxra», «Farxod va Shirin», «Yozi va Zebo», «Semurg», «Yoriltosh», «Kenja botir», «Oltin beshik», «Paxlovon Rustam» kabilarni keltirish mumkin. Bu ertaklarda chin insoniy xislat va fazilatlar, haqida sabok berib, yoshlar uchun hayotiy ibrat bulib xizmat kiladi.
O’zbek Xalq ogzaki ijodidagi ma‘naviy qadriyatlardan folklor, she‘riyat, musika janrlarini mujassamlashtirgan dostonlari ham kishilarni yuksak go’zalikka va baxt-saodatga erishish yo’li - maqsad sari kat‘iy intilish, sabr-chidam, mardlik, kaxramonlik, odamiylik, vafodorlik, yurtparvarlik kabi fazilatlarni tarbiyalashga karatilgan bulib, dostonlarni bahshilar kuylaganda kishilarimiz kalbini berib tinglaydilar. Ayniksa «Alpomish», «Avazxon», «Gurugli» «Yodgor», «Rustamxon», «Farxod va Shirin», «Layli va Majnun», «Yusuf bilan Axmad» kabi unlab dostonlarni bahshilar aytganda Xalqka nisbatan tengsiz mexr-muxabbatni avloddan-avlodga utkazib keladi.
Dostonlar ichida eng kuchli tarbiyaviy ta‘sirga ega bo’lganlaridan biri «Alpomish» dir. Unda kaxramonlik, muxabbat, Vatanga sadokat, dustlik, milliy sha‘n, oriyat, nomus kabi qadriyatlarimiz va oliyjanob xislatlar uluglanadi. Unda Alpomishning oti Boychibor timsolida ham yilkining insonga sadokatli dustligi va inson bilan jonivorning urtasidagi mexr bo’lishi kerakligini yoritadi va otning kiyin vaziyatlarda ham insonga kanot bula olishini kursatib beriladi. «Alpomish»da inson tabiatiga xos bo’lgan jamiki kechinmalarning nozik tomonlari mukaddas tuygular, birovlarga, boshka millatlarga mute, karam bulmaslik, adolatga tashnalik, insonga kuch kudrat bagishlovchi Vatan, uning kadr kimmati, ona yurtga muxabbat kabi o’zbekka xos milliy kaxramonlikka chorlovchi goyalari bugungi Mustaqil o’zbek farzandi uchun bebaxo ma‘naviy tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Lekin sobiq sovet davrida «Alpomish» dostonini ham xar tamonlama o’rganish ta‘kiklangan va u juda kiska xolda nashr etilgan. Dostonlar yoshlarimizni yuksak ma‘naviy kamolot sari tarbiyalashini xisobga olib, Respublika Vazirlar Mahkamasining karori bilan «Alpomish» dostonining 1000 yilligini nishonlandi (1998 yil oktabr oyida). Dostonlarning muhim tarbiyaviy ahamiyatini xisobga olib, Respublikamiz televideniesida Kodir bahshi, ugli Abdimurot bahshi, Shoberdi bahshilar ijodidan namunalar berib borilmokda, turkum kursatuvlar berilmokda.
Milliy- ma‘naviy guro’rni shakllantirishda katta ta‘sir kursatuvchi Xalq latifalarda Nasriddin Afandi kiyofasi orkali nodonlik, joxillik, ochko’zlik, ayyorlik, ishyokmaslik kabi ma‘naviyatga zid illatlar kinoya, piching, kesatik, kulgi, xajviy tankid shaklida bayon etiladi.
Ma‘naviyatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan Xalq ogzaki ijodi kurinishlaridan yana biri topishmoklar, makol, askiya, alla kushiklari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan, onalar aytadigan sexrli alla kushiklarida ma‘naviyatni shakllantiradigan sirli kuch mavjud. Chunki ona bolaga nisbatan kelajak orzu istaklarini kuylaydi. Hayotda alla eshitib voyaga yetgan boladagi alla orkali ruxiga singgan ona mexri bolani xar qanday yomon ishlardan saklar ekan. Umuman, alla aytish bola uchun kelajakka umid, istak va onaning toza tuygulari usayotgan avlodlarni ezgulikka undaydigan ma‘naviy manbalardan biridir.
Shunday qilib, qadimiy Xalq ogzaki ijodining barcha janrlari bugungi Mustaqillik sharoiti davrida ham komil shaxslarni tarbiyalashda va milliy ma‘naviyat karor topishida muhim ahamiyat kasb etadigan bebaho ma‘naviy boylik sifatida kadimgi davrlar bilan xozirgi zamonni birlashtirib turuvchi olin Xalqadir, deb qaramoq kerak.
Markaziy Osiyoda quldorlik jamiyati eramizning II-III asrlariga kelib inqirozga yo’z tutdi va o‘z o‘rnini feodal munosabatlariga bo‘shatib bera boshladi. Bu holat zardushtiylik ichida yangi oqim Moniylik ta’limotining yo’zaga kelishi va kuchayishiga olib keladi. Ushbu oqimning asoschisi Moniy (216-276 y) bo‘lib, u tarixiy shaxsdir. Uning ta’limoti hukmron tabaqalar manfaatiga zid bo‘lgani uchun 276 yilda vahshiylarcha o‘ldirildi. Moniy boy adabiy meros yaratgan bo‘lsa ham, lekin uning ba’zi asarlaridan parchalargina bizgacha yetib kelgan, xolos. Uning ma’naviy-axloqiy qarashlari «Sir ul asror» (Siru asror kitobi), «Kitob-ul-xudo-vost-tadbir» (Rahbarlik va boshqaruv kitobi), «Shaburkan» va boshqalarda bayon etilgan.
Moniy ta’limoti zardushtiylikning yaxshilik va yomonlik ta’limotiga asoslangan bo‘lib, keng xalq ommasining manfaatiga mos kelar edi. Moniylik ta’limotida dunyo - ziyo (yorug‘lik) va zulmat (qorng‘ulik) ning abadiy kurash maydonidan iborat, mana shu kurash maydonida insonning asosiy vazifasi yovo’zlikni yo‘q qilish uchun yaxshilik, ezgulikka ko‘maklashishdan iborat degan ma’naviy-axloqiy ta’limot ilgari suriladi.
Moniy ta’limotiga ko‘ra, inson sof musaffolikka, o‘z gunoh-laridan holilikka faqat tarkidunyo qilib hayot kechirishi orqaligina erishishi mumkin, deb qaraladi. Moniylik axloqi dindorlardan imkoni boricha kam ovqat yeyishni, ro‘za tutishni (demak ro‘za tutish odati islomdan avvval ham bo‘lgan), o‘z turmushi, hayoti uchun kerakligidan ortiqcha mol-mulkka, boylikka yo‘l qo‘ymaslikni, mo‘tadil, o‘rtacha, dabdabasiz hayot kechirishni targ‘ib etadi. Moniy o‘z muridlari, izdoshlarini dunyoviy ishlarda «surbet» bo‘lmaslikka va dunyoda ko‘p narsalarga intilmaslikka da’vat qiladi. «Zero o‘limdan keyin hech kimsada ro‘zg‘or asboblari bilan hovli ham, uy ham qolmaydi». Boshqacha aytganda, inson hayoti davomida orttirgan boyliklarini o‘zi bilan olib keta olmaydi, ularning hammasi undan keyin qolib ketadi. Moniy aytadi: «Men o‘z umrimda ko‘p hokimlarni ko‘rdim, ular dunyoda axloqsizlik qilib, manmanlikka berilib yurdilar, ammo oxirida g‘am-alamlarga, tubanlikka duchor bo‘ldilar». Demak, Moniyning bu so‘zlaridan biz ham ibrat olishimiz foydadan holi emas.
Eramizning V asr oxiri VI asr boshlarida Eronda «mazdakizm» deb atalgan boshqa diniy-falsafiy ta’limot yo’zaga kelib, u Markaziy Osiyoda ham keng yoyildi. Mazdakizm feodal munosabatlarning rivoji va u bilan bog‘liq holda xalq ahvolining og‘irlashuvi va ikki o‘rtada ziddiyatlar va kurashning kuchayishi oqibatida yo’zaga kelgan.
Mazdakizmning Moniylik ta’limoti bilan ko‘p o‘xshash tomonlari bor. U Moniylik ta’limotini to‘ldirib, uning zohidlik - noumidlik g‘oyalarini dunyoga umid bilan qarash g‘oyalariga almashtiradi.
Mazdak Eronning Nishopur shahrida tug‘ilgan. Dehqonlar qo‘zg‘oloniga yo‘lboshchilik qilganligi uchun 529 yilda Anushurvon tomonidan qatl etilgan. Mazdak feodal mol-mulkini umumiylashtirishni, feodallar hukmronligini yo‘qotishni talab etadi.
Moniylikdagi kabi mazdakizmda ham dunyoni tushunish negizida bir-biriga qarama-qarshi ikki kuch: yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat kurashi yotadi deb qaraladi. Bu kurashda yaxshilik yomonlik ustidan, yorug‘lik zulmat ustidan g‘alaba qiladi, deb ishonch bildiriladi. Mazdakning aytishicha, yomonlik va zulmat kuchlari hukmronlik qilar ekan, kishilar ularga nisbatan befarq bo‘lishlari kerak emas, balki yaxshilik kuchlariga yordam berishlari kerak.
Mazdakning fikriga ko‘ra, ijtimoiy tengsizlik kishilar o‘rtasida ziqnalik, o‘g‘rilik, yomonlik, makkorlik, shafqatsizlik, urushlar, turli-tuman falokat va baxtsizliklar kabi illatlarni keltirib chiqaradi. Shu boisdan bunday yovo’zliklarni keltirib chiqaruvchi asosning o‘zini tugatish kerak, deb hisoblaydi. Olloh hammaga mol mulkni teng bo‘lgan, ammo boylar xudbinlik yo‘llariga o‘tib (o‘zim bo‘lay), barcha boylikni o‘ziniki qilib olish yo‘liga o‘tgan. Kambag‘allar ham mol-mulkka egalik qilish huquqiga ega, shuning uchun boy-badavlat kishilar mol-mulkining bir qismini ular o‘rtasida taqsimlab berish odilona ish bo‘ladi degan g‘oya ilgari suriladi. Albatta Mazdakning bunday qarashlari hukmron tabaqa manfaatlariga zid edi. Mana shuning uchun ham Mazdak va uning tarafdorlari ta’qib ostiga olindi va ular shafqatsizlarcha jazolandilar.
Mazdakizm ma’naviy-axloqiy ta’limotida ham xuddi Zardushtiylik ta’limotidagi kabi hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik qilish, urish man etiladi.
Xulosa shuki, Moniylik va mazdakizm Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy yuksalishida, ayniqsa ularning adolatsizlik, zulm, zo‘rlik, shafqatsizlikka qarshi kurashiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |