Sinf: 6-“___”___________________________
Darsning mavzusi: Zardushtiylik
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – o’quvchilarga zardushtiylik dinining asosiy mazmuni bilan tanishtirish;
Tarbiyaviy – O’rta Osiyo xalqlari madaniyati va an’analari zardushtiylikning ahamiyatini ko’rsatish;
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, charxpalak;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – munajjim, kohin, zardushtiylik, payg’ambar, ossuariy;
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu. Zardushtiylik
Miloddan avvalgi 1-mingyillikda O’rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi. “Zardushtiylik” so‘zi ham Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. Bu mil. avv. 1-mingyillikning birinchi yarmida yashab o'tgan tarixiy shaxs.
K eyinroq Yunonistonda payg'ambar Zardushtning ismi “Zoroastr” shaklida jarangladi (yunoncha “astron"-“yulduz” so'zidan), negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand, yulduzshunos, munajjim sifatida bilishar edi. Zardushtning ismidan kelib chiqqan holda uning ta’limoti ham zardushtiylik dini deb yuritila boshladi.
Z ardushtiylar uchun muqaddas bo'lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi “Avesto” bo'lib, “qat’iy belgilangan qonun-qoidalar” degan ma’noni anglatadi.
Zardushtiylikning zo'r ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda, Mitra va Anaxitadir. Ahuramazda zardushtiylarning ulug‘ va donishmand oliy xudosi hisoblanadi. Mitra-Quyosh va yorug'lik xudosi, dehqonlar va chorvadorlarning hosildorlik, farovonlik va mol-davlat bag'ishlovchi homiysidir. Mitra Ahuramazda va odamlar o'rtasida bosh vositachi bo'lgan. . Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning Ezgulik va Yovuzlik haqidagi dualistik qarashlari takomiliga katta ta’sir ko'rsatdi.
“Avesto“ning ilk qismi mil. avv. IX-VIII asrlarda paydo bo‘lgan. Zardusht va’zlari matnlarining hammasi miloddan avvalgi III asrda 21 ta kitobga jamlangan, bu kitoblar “Avesto" asosini tashkil etgan.
Olov, tuproq, suv va havoni zardushtiylar muqaddas hisoblashgan.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |