MAVZUGA OID TAYaNCh KONSPEKT
1-Ma'ruzaJismoniy tarbiya tizimida gimnastika
Jismoniy tarbiya sistemasida gimnastika.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya xalqimizni yuksak ko`tarinki ruhda tarbiyalash tarkibiy qismi xisoblanib, kishilarni mehnatga, Vatan himoyasiga tayyorlashning jismoniy jixatdan barkamol qilib yetishtirishning ta'sirchan vositasi xisoblanadi. Mazkur vositaning eng ommaviylaridan biri-Gimnastika.
«Gimnastika» yunoncha «gimnos» so`zidan kelib chiqqan bo`lib «yalang`och» degan ma'noni anglatadi. Shuningdek, Yunoncha «Gimnastika»-tener, mashq qildiraman so`zini anglatib kishi salomatligini va harakat qobiliyatini, kuchi, chaqqonligi, harakat tezkorligi, chidamliligi va xususiyatlarini takomillashtirish uchun ishlatadigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar, metodik usullarning sistemasi degan ma'nosi ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |