Ishlab chiqarish vositalaridan kutilayotgan samaradorlik. Inve-stor
tomonidan kutilayotgan daromadlilik stavkasi miqdoriga ta’sir qiluvchi birinchi
omil ishlab chiqarish vositalari samaradorligi (productivity of capital goods)
hisoblanadi. Ma’lumki, boshqa narsalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan
narsalar ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. Shaxtalar, yo‘llar, kanallar,
to‘g‘onlar, elektrostansiyalar, zavodlar, mashinalar va tovar-moddiy zaxi-ralarni
ishlab chiqarish vositalariga misol sifatida keltirishimiz mumkin. Kapitalning
ushbu fizik (moddiy) aspekt62i (jihati)dan tashqari, “kapital” tushunchasiga
unumdorlikni oshirishga yordam beruvchi patentlar, shartnomalar, formulalar,
firma nomlari, shuningdek ishlab chiqarish va ta’minot strukturasi kiradi. Bunday
ushlab bo‘lmas narsalar (nomoddiy kapitallar) ko‘pincha ilmiy-tadqiqot va tajribakonstruk-tor63lik ishlanmalari va reklamaga ketgan xarajatlar natijasi hisoblanadi.
Bir yilda kapitaldan foydalanish samaradorligini kiritilgan kapi-talning
daromadlilik stavkasi (rate of return on capital) deb nomlanuvchi foizli ko‘rsatkich
sifatida ta’riflash mumkin. Aynan shu daromad fir-malar tomonidan chiqarilgan
aksiya, obligatsiya va boshqa moliyaviy instru-ment (vosita)lar egalariga dividend
va foizlar to‘lab berish manbai hisoblanadi. Ushbu hamma instrument (vosita)lar
kapitaldan foydalanish orqali keladigan daromad qismiga talabni bildiradi.
Qo‘yilgan kapi-talning kutilayotgan daromadlilik stavkasi investitsiya vaqti va
joyiga, iqtisodiyotning holatiga, boshqa ishlab chiqarish omillarining, ya’ni tabiiy
resurslar va ishchi kuchining yetarlilik darajasiga, ushbu kapitaldan foydalanib
ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning talab darajasiga
bog‘liqdir. Qo‘yilgan (joylashtirilgan, kiritilgan) kapitalning kutilayotgan
daromadlilik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotdagi foiz stavkalarining
darajasi shunchalik baland bo‘ladi.
Moliyaviy vositachilar
Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi moliya
bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq
samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat. Eng
umumiy ko‘rinishda ularning tarkibini quyi-dagicha tasavvur etish mumkin
Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta
kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulot-lariga,
boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning
qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartno-malari kiradi. Moliyaviy
vositachiga eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U ko‘pchilik
mayda investorlarning moliyaviy resurslarini birlashtiradi va yig‘ilgan
mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga qo‘yadi (joylashtiradi). Bunday fondlar o‘z
operatsiyalari masshtabining kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va
savdosida sezilarli darajada tejamkorlikka erishadi va tabiiyki, mijozlarga
mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi
qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi.
Banklar va boshqa depozit-jamg‘arma muassasalari
Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtai nazaridan) va qadimiy
moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval
Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi
hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini
taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan
savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan. Birinchi
banklarni ayirboshlovchi (almash-tiruvchi)lar ochgan. Aytish joizki, “bank” so‘zi
"banca" (italyanchadan tarjima qilganda – suyanchiqli uzun kursi) so‘zidan kelib
chiqqan. Sababi, ayirboshlovchi (almashtiruvchi)lar pullarni suyanchiqli uzun
kursida o‘tirib almashtirganlar.
Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita:
omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi
muassasalar tijorat banklari (commercial banks) deb nomlanadi.
Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funk-tsiyalarni
bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni
o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni
taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta kompaniyalari
funksiyalarini ham bajaradilar. Masalan, Germa-niyada universal banklar deb
nomlanuvchi banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan
deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar.
Oxirgi vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida ular qaysi
moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari
qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya68
bo‘yicha universal bank hisoblansa-da, uning funk-tsiyalari, odatda qimmatli
qog‘ozlar bilan broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan banklar sirasiga
kiruvchi Merrill Lynch Bank funksiya-laridan ozginaga farq qiladi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |