Depozit-jamg‘arma yoki ssuda-jamg‘arma muassasalari (depository savings
institutions, thrift institutions) terminlari jamg‘arma banklari, ssuda-jamg‘arma
assotsiatsiyalari (S&Ls) va kredit uyushmalarini umumiy nomlash uchun
qo‘llaniladi. Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida, shu jumladan, AQShda
ular tijorat banklari bilan omonat operatsiyalari sohasida ham, qarz berish sohasida
ham raqobatdoshlik qiladi. AQShda shu turdagi tashkilotlar uy sotib olish uchun
ipoteka zayomlari va iste’mol zayomlari bo‘yicha ixtisoslashgan. Boshqa
davlatlarda ham funksiyalari AQShdagi ssuda-jamg‘arma tashkilotlari va kredit
uyushmalari funksiyalariga o‘xshaydigan ixtisoslashtirilgan turli xil jamg‘arma
institutlari mavjud.
Sug‘urta kompaniyalari
Sug‘urta kompaniyalari – bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy
funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish
orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdir. Bunday shartnoma
sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda keltirilgan konkret holatlar
yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi. Predmeti baxtsiz hodisadan,
o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar kutilmagan hodisalardan
keladigan zararni sug‘urtalash va mulkiy sug‘urtalash sohasiga kiradi. Sog‘liq
bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda tutuvchi polislar kasallik
bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga, mijoz vafot etgan taqdirda pul
to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar hayotni sug‘urtalashga kiradi.
Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va firma-larning aktivi
hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida ular sug‘urta kompaniya-larining qarzdorlik
majburiyatlari sifatida amalda bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatilgani uchun mijoz
tomonidan to‘lanadigan pullar sug‘urta mukofoti deyiladi. Mijozlar sug‘urta
mukofotini xizmat ko‘rsatilishdan avval to‘laganlari sababli, sug‘urta
kompaniyalari ushbu pul mablag‘larini ma’lum vaqt mobaynida ishlatadilar. Bu
muddat bir yildan kam bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, bir necha o‘n yillarga
cho‘zilishi ham mumkin. Sug‘urta kompaniyalari mijozlardan olgan sug‘urta
mukofotlarini turli xil moliyaviy aktivlarga: aksiyalar, obligatsiyalar va ko‘chmas
mulkka qo‘yadilar.
Pensiya fondlari
Pensiyani rejalashtirish dastur (pensiya reja)larida ishtirok etish fuqaroning
shaxsiy jamg‘armasi va mamlakatda ijtimoiy ta’minot dasturida ko‘zda tutilgan
pensiya imtiyozlari bilan bir qatorda pensiyaga chiqqan odamga pensiyaga
chiqishdan oldingi daromadlarni o‘rnini bosadigan yangi daromad manbai bo‘lib
xizmat qiladi. Pensiyani rejalashtirish dasturlari ish beruvchi, kasaba uyushmasi
yoki xodimning o‘zi tomonidan moliyalashtiriladi.
Pensiya dasturlari ikki turga bo‘linadi: belgilangan badallarga asoslangan
pensiya dasturi, yoki jamg‘arma (jamg‘ariladigan, jamg‘arish) pensiya dasturi
(defined-contribution pension plan) va belgilangan imtiyozlarga asoslangan
pensiya dasturlari, yoki rag‘batlantirish pensiya dasturi (defined-benefit pension
plan). Jamg‘arma (jamg‘ariladigan, jamg‘arish) pensiya dasturi bo‘yicha xodim
hisob raqamiga ega bo‘lib, shu hisob raqamiga xodimning ish beruvchisi va,
odatda, xodimning o‘zi muntazam ravishda badal to‘lab boradilar. Pensiyaga
chiqqandan keyin xodim o‘z pensiya jamg‘armasida to‘plagan mablag‘iga teng
summaga ega bo‘ladi.
Rag‘batlantirish pensiya dasturi xodimning pensiya imtiyozlari muayyan
formula asosida hamda ishlagan yillari sonini, shuningdek, ko‘p hollarda uning ish
haqi yoki maoshini inobatga olgan holda belgilanadi. Eng odatiy formulaga ko‘ra
xodim ishlagan har bir yil uchun u pensiyaga chiqqan davridagi o‘rtacha ish
haqidan 1% hisoblanishi ko‘zda tutilgan.
Belgilangan imtiyozlar asosida pensiya dasturini moliyalashtiradigan tashkilot
(pensiya dasturi xomiysi), yoki tashkilot yollagan sug‘urta kompa-niyasi o‘zini
sug‘urta qilgan kishiga bo‘lajak to‘lovlarni kafolatlaydi va shu tariqa investitsion
riskni butunlay istisno qiladi. Ba’zi mamlakatlarda, masalan Germaniya, Yaponiya
va AQShda homiylarning qarilik nafaqasi to‘lanishi borasidagi kafolatlari ma’lum
darajada davlat va yarim davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi
O‘zaro fondler
Bir guruh investorlar tomonidan sotib olinadigan va professional investitsiya
kompaniyasi yoki boshqa biror moliya muassasasi tomonidan boshqariladigan
aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa aktivlarning (birgalikda ular “investitsiya
portfeli” deb ataladigan aktivni tashkil etadilar) tashkiliy shakllantirilgan to‘plami
o‘zaro fond (mutual fund) deb ataladi. Bunda har bir mijoz fonddagi har qanday
daromad taqsimotida o‘zidagi qimmatli qog‘ozlar miqdoriga proporsional ravishda
ma’lum ulushga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritadi va o‘z ulushini istagan vaqtida
bozor bahosida sotishi mumkin.
Bunday fondni boshqaradigan kompaniyahar bir investor ixtiyorida qancha
miqdorda qimmatli qog‘oz borligini va u fond qoidalariga muvofiq olingan
daromadning qancha qismini qayta investitsiya qilishini nazorat qiladi. O‘zaro
fondlar kapital bo‘linishini, hisob olib borilishini va daromad qayta investitsiya
qilinishini, shuningdek mablag‘lar va risklar diversifikatsiya qilinishi uchun
samarali mablag‘larni ta’minlaydi.
O‘zaro fondlarning ikkita asosiy turi mavjud: ochiq va yopiq. Ochiq turdagi
o‘zaro fondlar o‘zlari emissiya qilgan aksiyalarni bir aksiya hisobidan sof aktivlar
bahosi (NAV – net asset value) bo‘yicha sotish va sotib olish majburiyatini o‘z
zimmalariga oladilar. NAV ko‘rsatkichini hisoblash chiqish uchun fond
portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga
chiqargan barcha aksiyalar soniga bo‘linadi. Oxirgi ko‘rsatkich ochiq turdagi
fondlarda uning ishtirokchilari fondning yangi aksiyalarini sotib olishlari va
eskilarini sotishlari sayin har kuni o‘zgarib turadi.
Yopiq turdagi fondlar bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi bo‘yicha o‘z
aksiyalarini sotmaydilar va emissiya qilmaydilar. Bunday fondlarning aksiyalari
boshqa oddiy aksiyalar singari brokerlar orqali sotiladi va ularning bahosi bir
aksiya hisobidan sof aktivlar bahosidan farq qiladi.
Investitsion banklar
Investitsion banklar (investment banks) – bu shunday firmalarki, ular-ning
asosiy vazifasi xususiy kompaniyalar, hukumat va boshqa tashkilot-larga o‘z
faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishda yordam
berishdan iborat. Shu maqsadda investitsion banklar o‘z mijoz-larining qimmatli
qog‘ozlari chiqarilishini tashkil etadilar. Bundan tashqari, ular ba’zida hatto
firmalar qo‘shilishiga yoki bitta firma boshqasi tomonidan “yutib yuborilishi”ga
ta’sir ko‘rsatadilar (imkoniyat yaratadilar).
Investitsion banklar ko‘pincha anderrayting, yoki o‘zlari bozorda
joylashtiradigan qimmatli qog‘ozlarga obuna bilan shug‘ullanadilar. Anderrayting
mohiyatan emitent uchun o‘ziga xos sug‘urta hisoblanadi, chunki investitsion bank
emitentning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini kafolatli joylashtirish majburiyatini
o‘z zimmasiga oladi. Agar qimmatli qog‘ozlar tashqi investor tomonidan sotib
olinmasa, u holda investitsion bank shu qimmatli qog‘ozlarni emitentdan oldindan
belgilangan narxda, ya’ni kafo-latlangan narxda sotib oladi.
Ko‘p mamlakatlarda universal banklar Amerika investitsion banklari
vazifalarini bajaradilar, ammo AQShda 1933 yilda qabul qilingan Glass-Stigal
(Glass Steagall Act) qonuniga muvofiq tijorat banklariga ander-raytingga taalluqli
bo‘lgan ko‘pgina faoliyat turlari bilan shug‘ullanish man etilgan. Biroq, so‘nggi
yillarda AQShning bu banklariga bu kabi xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat etildi.
Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar va aktivlarni boshqaruvchi firmalar
Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar (venturecapital firms)
investitsiya banklariga o‘xshash, lekin bitta farqi ularning mijozlari yirik
korporatsiyalar emas, balki o‘z faoliyatini endi boshlagan firma-lardir. Bunday
yosh kompaniyalarning boshqaruvchilari tajribasiz bo‘lib, ular nafaqat moliyaviy
yordamga, balki biznesni olib borish borasida maslahatga ham muhtoj bo‘ladilar.
Mazkur bo‘limda o‘rganiladigan firmalar aynan shunday xizmatlar ko‘rsatadilar.
“Venchur kapitalistlari” (ya’ni “venchurli” kapital qo‘yilmalari bilan
shug‘ullanadigan kompaniya yoki bank) yangi biznesga pul tikadi (qo‘yadi) va
boshqaruv xodimlariga firmani “ommaga chiqishga tayyor” bo‘ladigan holatga
ko‘tarishga, boshqacha qilib aytganda, o‘z aksiyalarini keng doiradagi
investorlarga sotishni boshlashga yordam beradi. Bu darajaga ko‘tarilgach,
“venchur kapitalisti”, odatda, kapitaldagi o‘z ulushini sotadi va yangi venchur
kompaniyasi bilan shug‘ullanishni boshlaydi.
Bu kabi firmalar, ko‘pincha, investitsiyalarni ishonchli (ishonch bo‘yicha)
boshqaruvchi kompaniya deb ataladi. Ular maslahat beradilar va ko‘p hollarda
o‘zaro va pensiya fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs,
firma va davlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida boshqaradilar. Ular mustaqil firma
bo‘lishi yoki boshqa kompaniya tarkibiga uning bo‘limi sifatida kirishlari,
masalan, trast kompaniyasi bankning, sug‘urta kompa-niyasining yoki brokerlik
firmasining bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin.
Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar
Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘pgina firmalar, qo‘shimcha fao-liyat
sifatida xilma-xil moliyaviy axborotlarni yig‘ish va tarqatish bilan
shug‘ullanishadi. Biroq, faoliyatning aynan ushbu sohasiga ixtisoslashgan
kompaniyalar mavjud. Reyting69 agentliklari axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi eski
kompaniyalardan hisoblanadi. Masalan, Moody's va Standard & Poor's reyting
agentliklari qimmatbaho qog‘oz emitentlarining kredit reytingini, Best's firmasi esa
– sug‘urta sohasidagi kredit reytingini aniqlashga ixtisoslashgan. So‘nggi yillarda
turli xizmatlar taklif etuvchi kompaniyalar doirasida moliyaviy ko‘rsatkichlar
tahlilini o‘tkazish bo‘yicha (masalan, Bloomberg va Reuters) yoki turli xil o‘zaro
fondlarning faoliyati natijalari to‘g‘risida statistik ma’lumotlar taqdim etish
bo‘yicha (masalan, Upper, Momingstar va SEI) firma va bo‘limlar tobora ko‘p
paydo bo‘lmoqda. O‘zbekistonda, jumladan, ko‘proq tijorat banklarining
faoliyatini xarak-terlaydigan ma’lumotlarni taqdim etuvchi bunday firmalardan biri
“Axborreyting”dir.
Moliyaviy infratuzilma tarkibi
Har qanday ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat muayyan qoida va
qo‘llanmalar to‘plamiga rioya qilish zaruriyati bilan cheklanadi. Qonun status70i
(maqomi)ga ega bo‘lgan va iqtisodiy faoliyatning har qanday sohasida yuz bergani
kabi moliyaviy tizim harakatlanishidagi ma’lum aspektlarni cheklash uchun xizmat
qiluvchi qoidalar mavjud. Ular orasida eng muhimlari har qanday turdagi
tovlamachilikdan yuridik hamda jismo-niy shaxslarni himoya qiluvchi va
shartnoma majburiyatlariga rioya qili-nishini ta’minlovchi qonunlardir. Bu
qonunlar nafaqat davlatdan davlatga farq qiladi, balki vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishga
ham moyildir. Ular jamiyat yuridik tizimining bir qismi hisoblanadi va odatda,
garchi bu qonun-larning o‘zgarishi ko‘pincha insonlarning ushbu tizim
funksiyalariga qo‘yilgan talabining o‘zgarishi natijasida ro‘y bersa-da, moliyaviy
tizim-ning chegarasidan chiquvchilardek izohlanadi.
Moliyaviy infratuzilma o‘z ichiga buxgalterlik hisobi va sud ishlarini hal etish
jarayonlarini; moliyaviy instrument (vosita)lar savdosiga ko‘mak-lashuvchi hisobkliring tashkilotlarini; moliyaviy tizim qatnashchilari-ning o‘zaro munosabatlarini
nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi idoralarni oladi