Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 7,41 Mb.
bet80/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

Buxoro viloyati Gʻ ijduvon tumani 17-umumiy oʻrta ta’lim maktabining Boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Ma’lumki, “Ta’lim to`g`risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amaliyotga joriy qilishning keyingi bosqichlarida barcha o`quv fanlari bilan bir qatorda adabiy ta’lim tizimida ham ta’lim metodlarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida ishlab chiqish, tabaqalashtirilgan ta’lim mazmuni va metodlarini yaratish, ularni ma’rifiy-ma’naviy tarbiyaga mos ravishda takomillashtirish ishlari davom ettirildi. Xususan, o`zbek tili o`quv mazmunida adabiy materialni o`rganishga bo`lgan e’tibor kuchaydi. Til ta’limi sohasida asosiy natija o`zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan keng foydalangan holda fikrni og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri va ravon ifodalash ko`nikmalarining shakllanganlik hamda rivojlanganlik darajasi bilan baholanadi. O`zbek tili mashg`ulotlarida nutqning asosiy materiali- so`z ustida ishlash, o`quvchilarning lug`at boyligini oshirish, so`zdan to`g`ri va o`rinli foydalanish malakalarini shakllantirish nutq madaniyatini rivojlantirish sohasida muhim ahamiyat kasb etadi. Afsuski, keying paytlarda til va nutq ta’limida quyidagi muammolarga duch kelyapmiz.


O`zbek tili mashg`ulotlarida o`quvchilarning darsda ayrim so`zlarni o`z ona tilida emas, balki boshqa tilda talaffuz qilishi;


O`zbek tilidagi ayrim fonemalar, x, h, harlarini talaffuzda ajrata olmasligi;


Tutuq belgisining ma’no farqlashga e’tiborsizlik, aniqrog`i, bilmasliklari;
Yozma savodxonlikda shevadan foydalanish;

Gapda so`zlar tartibini to`g`ri ishlatmaslik va natijada uslubiy xatoning kelib chiqishi; Tilda va nutqda noo`rin so`zlarni ishlatish;


v , f va p harflarining talaffuzda almashtirilib ishlatilishi;

8.Ta’lim boshqa guruhlarda olib boriladigan tillarda guruhlarda o`zbek tilini o`qitish borasida o`zbek tili mutaxassislari duch kelayotgan muammolar, ya’ni o`zbek tili mashg`ulotlarida o`quvchilarning darsda ayrim so`zlarni o`zbek tilida emas, balki o`z ona tilida talaffuz qilishi;


O’quvchilar nutqidagi tipik kamchiliklar


Matnda mavzuga uyg’un holda asosiy fikrni yoritib bera olmaslik;
So’z tanlashdagi xatoliklar, ma’nodosh so’zlardan foydalana olmaslik;

Bitta gap yoki yondosh gaplarda bir so’zni o’rinsiz takrorlash;


Gap tuzishda so’zlar tartibiga e’tibor bermaslik ,gap bo’laklari o’rnini chalkashtirish; Ko’proq bir qolipdagi oddiy va sodda sintaktik qurilmalarni qo’llash;


Yozma nutqda murakkablashgan sodda gaplar qo’shma gaplarning deyarli ishlatilmasiligi;


Turli tasvir vositalari ishlatilgan jumlalar ,hissiy-ta’siriy bo’yoq bildiruvchi ifodalarning qo’llanmasligi.


O’quvchilar nutqida kamchiliklarning sabablari o’quvchilar va o’qituvchilar lug’at boyligining kambag’alligi;


kitob mutolaasi, kitobxonlikka e’tiborning yuqori emasligi;


dars jarayonida nutqiy kompetensiyalarga oid tajribalarning yetarli emasligi;

ona tili darslarida berilgan mashq va topshiriqlarning ko’proq lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilganligi;


Xo`sh, bunday vaziyatda nima qilish kerak, degan savol tug`iladi. Fikrimizcha, ayni chog`da, lo`nda qilib aytganda, umumiy o`rta ta’limda “Grammatika- grammatika uchun emas, balki “Grammatika –fikrning aniq va lo`nda ifodasi uchun” shioriga amal qilish maqsadga muvofiq. Buning uchun: O`quvchilarning aniq va ravon so`zlashlariga qaratilgan , o`z pedagogik faoliyatim davomida dars tashkil qilishda ayrim usullardan foydalanish xususidagi fikr-mulohazalarimni kasbdoshlarim e’tiboriga havola etmoqchiman.


1.O`zbek xalq maqollari “ Til, falsafa va badiiy ijodning o`ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakli, ammo teran mazmunga ega bo`lgan janrdir. Ularni qo`llash natijasida dars jarayoni nihoyatda qiziqarli o`tadi, pirovardida o`quvchilarning talaffuz nuqsonlari bartaraf etiladi. Masalan: “Yaxshi niyat qil, yomoniga tayyor tur” maqoil tarkibiga kelishiga qarab birgina yomon so`zi o`z ma’nosi –yomonlikdan tashqari, xudbinlik, tekinxo`rlik, egrilik, insofsizlik, dushmanlik, qo`rqoqlik, nodonlik, ilmsizlik, odobsizlik, baxillik, manmanlik, noshudlik, yolg`onchilik, sabrsizlik,


118
bevafolik, ochko`zlik, nomussizlik, isrofgarchilik va hokazo salbiy xususiyatlarni ham ifodalaydi. Bu holat maqollarda so`zning ma’no imkoniyatlari naqadar kengligini ko`rsatadi.





    1. Tez aytishlar “Tez aytishlar kichik va maktab yoshidagi bolalar nutqidagi ayrim tovushlarni buzib talaffuz etish hollarini tuzatishga , to`g`ri so`zlaydigan bolalarda esa adabiy talaffuz normalarini mustahkamlashga , nihoyat , bolalarga jumlalardagi mantiqiy urg`uni topib olishga yordam beradi”. Xuddi shu kabi , tez aytishlardan foydalanish ham ikkinchi tilni o`rganuvchilarni qiziqtiruvchi , ular nutqidagi ba’zi nuqsonlarni bartaraf qiluvchi usuldir. Dars jarayonida quyidagi tez aytishlardan foydalanish mumkin:

  1. Jamila jiydani joyiga joyladi.

  2. Jo`ja cho`chib go`ja cho`qir.




  1. On sakkizda bir sakkiz, sakson sakkiz juft sakkiz.

  2. Qishda kishmish pishmasmish, kishmish pishsa qishmasmish.

    1. x va h harflari ishtirok etgan so`zlarni ustida ishlash natijasida ulardagi farqni o`rgatish.




    1. Lugatlar ustida ishlash. Bunda dars davomida , ayniqsa, mashqlarni bajarishda o`quvchilar tushunishi qiyin bo`lgan so`zlarni izohli lug`atdan topishni o`rgatish kerak bo`ladi.




    1. Frazeologik birliklar bilan ishlash, shevadagi so`zlarning adabiy nutqdagi variantlari bilan ishlash

  • til ta’limini rivojlanishga muhim omil bo`lib xizmat qiladi.

Demak til ta’limida maqol, tez aytish, talaffuzdan ajratish qiyin bo`lgan so`zlar , lug`at boyligini oshirish, iboralar bilan shug`ullanish va ulardan foydalanish- darsning qiziqarli va mazmundor bo`lishini ta’minlovchi amaliy –didaktik omillardan biridir.Yana shuni aytib o`tish kerakki, o`quvchilarni badiiy asarlar o`qishga va bu orqali ularni teran fikrlashga , hozirjavoblikka, boshqalar oldida o`z fikrini ayta olishga, har voqea yuzasidan to`g`ri , xolisona baho berishga o`rgatish mumkin . Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qo`llanilgan usullar o`quvchilarning intellektual faollik, qiziqishlari hamda moyilliklaridan kelib chiqqan holda bilimlarning ortishi va ko`nikmalarining malakaga aylana borishini ta’minlaydi. Ta’lim sifat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiyani hozirgi zamon talablari darajasida olib borishda mavjud barcha imkoniyatlar va vositalardan samarali foydalanganimizdagina ma’naviyati yuksak yoshlarni tarbiyalashga erishamiz.


Adabiyotlar.


Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.-Toshkent:
O’zbekiston,2000,23-bet.

Abdullaeva Q. Nutq o’stirish.Toshkent: O’qituvchi,1980.


Mamajonov A. Tekst lingvistikasi.-T.TDPI.1999
Oripov Q.,Obidova M. Ifodali o’qish.Toshkent: O’qituvchi,1982

Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish