BOSHLANG’ICH TA’LIMDA YANGICHA YONDASHUV
Ortiqova Sitora Sharopovna
Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi 14-1 BTU-19 guruh talabasi
Boshlang’ich ta’lim ta’limning keyingi bosqichlariga tamal toshini qo’yar ekan, bugungi jadal rivojlanish zamonida zamon bilan hamnafas bo’lyapmizmi ? Qanchadan qancha muammolar girdobida qolmayapmizmi? Bolaning savodini chiqarish unga yozishni o’rgatish birmuncha boshqa fanlar yordamida tasavvurini kengaytirishimiz mumkin, ammo uni salohiyatini, madamiyatini, mustaqil fikrlash, har qanaqa holatga xolis fikrlashini talab darajasida emasligini bilamiz. Boshlang’ich ta’limga haI yechimini kutayotgan muommolar talaygina. Rivojlangan davlatlar qatorida ulardanda yuksak bilim va tafakkurga erishishimiz uchun ta’lim tizimini qayta va yana qayta isloh qilishimiz, kerak bo’lsa yangi darslar, mantiqiy fikrlashni o’stiruvchi hamma maktablarda shaxmat saboqlari kabi bosiqlik, vazminlik, o’ziga ishonch kabi fazilatlarni rivojlantiruvchi fanlarni kiritishni maqsadga muvofiq deb o’ylayman. Ta’limning har qanday turida xoh u maktabgacha, xoh boshlang’ich yoki undan keyingi ta’limda badiiy kitoblarning o’rin topishida ota-ona va o’qituvchining o’rni juda muhim. Boshlang’ich sinfdan boshlab ota-onalar homiyligida sinf kutubxonasini tashkil qilish, uni yildan-yilga boyitish. Har bir o’quvchiga shaxs sifatida qarash, u bilan har kun muloqotda bo’lish, uning fikri ham muhim ekanligini his qildirish, kelajakda u ham yaxshi g’oyalar egasi bo’lishiga zamin yaratadi. Sinfda do’stona bir-biriga hurmat muhitini yaratish, yosh avlodni metin irodali, yuksak ma’naviyatli, madaniyatli, qadriyatlar asosidagi odob-axloqni, vatanparvar, sobit qadam bo’lishligida boshlang’ich ta’lim juda katta ahamiyatga egaligini yana bir bor ta’kidlab, endi o’quvchiga dars o’tibgina qolmay, u bilan muntazam shug’ullanish lozim.Oddiygina o’quvchiga kun davomida nimalar bilan band bo’lganini yozib kelishini qo’shimcha uyga vazifa sifatiga berish orqali boshlang’ich sinf o’quvchisida mustaqil fiklashga ya’ni o’quvchida shaxsiy fikrlashni rivojlantirishga, erkin fikrlashiga o’rgatish va qo’shimcha tarzda yozuvining chiroyli bo’lishiga erishish mumkin. Boshlang’ich sinf sifat va samaradorligini oshirish uchun endi eski tizimdan voz kechish va har darsda izlanish va innovatsiya kiritish lozim.
Masalan, darsda katta tennis koptokchalarini olib kirish orqali bo’ladigan ijobiy o’zgarishlar: - koptokchani rangi kayfiyatni ko’taradi;
-qiziqishni orttiradi;
-barcha o’quvchilarni diqqati jamlanadi;
Bu koptokchalarga eng faol, bilimli, chiroyli yozuv egalarini ismini yozib qo’yamiz koptokchalar ko’rinadigan joyda, parta yoki shkaf ustida, turadi. Boshida 4-5 ta koptokcha yetadi, keyinchalik natijaga qarab koptokchalar soni ortadi. Ishlash, izlanish, yangilik kiritish faqat yaxshi natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |