Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


O‘QUVCHILARNI IJODIY FAOLIYATGA SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLAR ORQALI YO‘NALTIRISH METODLARI



Download 7,41 Mb.
bet74/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

O‘QUVCHILARNI IJODIY FAOLIYATGA SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLAR ORQALI YO‘NALTIRISH METODLARI

Obloqulova Gulshoda Fazliddinovna




Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani 61-maktab boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi

Obloqulova Sayyora Fazliddinova




Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani 21 -maktab oʻzbek tili fani oʻqituvchisi

Bugungi kunda davlat va jamiyatimiz sinfdan tashqari ta’limga yangi, eng qulay shakl, metod, vosita hamda metodikani jalb etishni talab etmoqda. O‘z mamlakati madaniyati tarixini o‘rganish bo‘yicha sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning tashkil etilishi va samarali amalga oshirilishi yosh avlodga suv va havodek zarur. Bu, birinchi navbatda, madaniyatga faol qiziqish bildirayotgan, faoliyat jarayonida idrok qilish, intellektual va ijodiy rivojlanishga qodir bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilariga taalluqlidir.


108
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘quvchi yoshlarni zamon talablariga muvofiq yangicha ishlash va fikrlashga, izlanish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikka chaqirmoqda. Shu sababli ta’lim tizimi va mazmunini takomillashtirish, uni real hayotga yaqinlashtirish, shuningdek, yoshlarda intellektual-ijodiy rivojlanish, ijtimoiy- kommunikativ qobiliyatni o‘stirish lozimdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining so‘nggi yillarda qabul qilingan qator qarorlari va farmonlarida ham ushbu g‘oya yetakchi o‘rinni egallaydi. [1]


O‘quvchilar intellektual-ijodiy – kreativ faoliyati katta ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega bo‘lib, u barkamol avlodning bazaviy sifatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish va takomillashtirishning omilidir. Zero, intellektual-ijodiy rivojlanish “shaxsning ma’naviy sohasi bilan bog‘liq. Bu faol faoliyat jarayonidagi axloqiy, intellektual va estetik talablar va manfaatlarning shakllantirilishi va qanoatlantirilishidir” [2]. Demak, mazkur jarayonda inson ma’naviyatining muhim qirralari shakllantiriladi, rivojlantiriladi va takomillashtiriladi13. Zero, uzluksiz va izchil intellektual-ijodiy faoliyat shaxsda intellektni, ya’ni fikrlash qobiliyati va kreativlik (o‘ziga xos qadriyatlarni yaratish, nostandart, ijodiy qarorlarni qabul qilish qobiliyati)ni rivojlantiradi.


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi markazida shaxsning intellektual-ijodiy potensiali (shiddatli qiziquvchanlik, idrok qilishga oid faollik, idrok qilishning kuchliligi, dadil, o‘ziga xos tafakkur, tahliliy, ijodiy, umumlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatga ko‘chirish qobiliyati kabilar), intellektual-ijodiy, ayniqsa, ma’rifiy-funksional qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi turadi, o‘z navbatida, idrok qilishga oid faoliyatga qiziqish, fikrlarni mantiqiy, aniq, yorqin va tushunarli tarzda ifodalash zarur lug‘aviy tushunchalar zahirasiga ega bo‘lish, undan foydalana bilish, ijtimoiy-kommunikativ qobiliyatlarni safarbar qilish, o‘z-o‘zini tanqid qilish va uzluksiz takomillashtirish kabi o‘ta muhim layoqatlarni rag‘batlantiradi. Shu sababli Milliy dasturda “...inson qobiliyatlarini ochib berish va uning xilma-xil ta’limiy ehtiyojlarini qanoatlantirish” vazifasi ilgari surilgan [3].


O‘tgan vaqt mobaynida ta’lim amaliyotida ushbu vaziflarni hal etishda birmuncha yutuqlarga ham erishildi. Xususan, maktablarda tarixiy-madaniy merosni o‘rganish bo‘yicha sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga yo‘naltirish muammosi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.


Buyuk mutafakkirlar: al-Xorazmiy, imom Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Ogahiy va boshqa buyuk ajdodlarimiz, shuningdek, Mahmudo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi ma’rifatparvarlar pedagogik merosi madaniy-ma’rifiy tarbiyaning asosini tashkil qiladi, bu zamonaviy yetuk shaxsni shakllantirishning ishonchli yo‘nalishidir. O‘quvchilarning ma’naviy intellektual-ijodiy rivojlanishida xalq pedagogikasidan foydalanish faollashdi.


Bugungi kunda ta’limning barcha bosqichlarida shu jumladan, umumiy o‘rta ta’lim bosqichida o‘quvchi shaxsida kreativlikni shakllantirishga, o‘quvchi shaxsining ijtimoiylashuviga, intellektual-ijodiy va ma’naviy rivojlanishiga asos yaratuvchi gumanitar fanlarni o‘rganish jarayoniga e’tibor qaratish zamon talabidir. O‘quv jarayonida milliy-madaniy merosning idrok qilinibgina qolmay, intellektual-ijodiy nuqtai nazardan o‘rganilishi zarur. Chunki intellektual-ijodiy kreativ idrok qilish va uni ijodiy faoliyat jarayoniga joriy etishni, zarur kommunikativ munosabatlarni amalga tatbiq qilishni sinfdan tashqari sharoitlarda to‘liq amalga oshirish mumkin. Unga ko‘ra, o‘quvchilari bilan amalga oshiriladigan intellektual-ijodiy ishlar tizimi va sifatiga quyidagi talablar qo‘yiladi:


– mashg‘ulotlar mavzusi va mazmunning munosabatdorlik;


– variativlik va komplekslilik;


– ijodiy faoliyatga qodir bo‘lgan shaxsning intellektual-ijodiy rivojlanishini afzal ko‘radigan, umummilliy va milliy ahamiyatga ega oliy qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonida shakllantiriladigan tizim hosil qiluvchi fazilat,


– “uning hayotiy faoliyati asosini barhayot insoniy qadriyatlar tashkil qilib, shaxs rivojlanishi va o‘z-o‘zini boshqarishining eng oliy darajasi sanaladi”


– tarixiy-madaniy materialni o‘rganish davomidagi, murakkablashganlik,


– o‘quvchida kreativlik qobiliyatni rivojlantira olish;
– ularni o‘z-o‘zini kreativ rivojlantirishga yo‘naltirish.

Kreativ qobiliyatni o‘stirishga qaratilgan bunday faoliyat(idrok qilish, axborot materiallarini ijodiy tayyorlash, ularning turli o‘quv auditoriyalarida ijtimoiylashtirish) o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lib, ularning ehtiyojlariga mos keladigan, ahamiyatli, zarur o‘quv faoliyati hisoblandi. Bunday faoliyat, ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilarini o‘ziga jalb qiladi. Bu yosh davri idrok qilish, ijodiy faollik, shakllangan intellekt, ijodiy potensial, ijtimoiy-kommunikativ faoliyatga intilish, intellek tual-ijodiy rivojlanish, takomillashishga intilishning kuchliligi bilan ajralib turadi. O‘smirda nafaqat ijodiy- intellektual, balki


109
muloqot qilish, ijtimoiy faoliyatga intilish, ommaviy axborot vositalari, milliy va jahon madaniyatiga qiziqish, o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashish kabi ijtimoiy-komunikativ qobiliyatlar ham shakllanadi. Unda oldindan sezish, rejalashtirish, mas’uliyat, qat’iyat, o‘z-o‘zini boshqarish, nazorat qilish kabi emotsional, intellektual va irodaviy xususiyatlar faollashadi. Zarur shart-sharoitlar ta’minlanganida, unda “o‘z-o‘zini baholash, individualligi va betakrorligi”ni [4] tushunib yetish, bir so‘z bilan aytganda, kreativlikning tarkib topishi, estetik did, ma’naviy-axloqiy dunyoqarash, ijtimoiy faollikka ehtiyoj, sinfdan tashqari tadbirlarda faol ishtirok etish, e’tirof etilish va ma’qul- lanishga ehtiyojning kuchayishi kuzatiladi. Bu yoshdagi o‘smirlar xalqimizning tarixi va madaniyatiga katta qiziqish bilan qaraydilar. Bu qiziqishlarini yuzaga chiqarish uchun o‘z yurti tarixiy-madaniy yodgorliklarini kreativ o‘rganish lozim. Bu jarayonda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda “Sayohat darsi”, “Ziyorat darsi”, “Moziyga bir nazar” kabi dars mashg‘ulotlaridan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiq. Natijada bola shaxsining mavzuni o‘zlashtira olishida, dars sifat samarador- ligini oshishida, guruhda va sinflarda o‘quvchilarning intellektual-ijodiy talablar darajasida ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini rivojlanishi uchun muhim tayanch o‘rinlardan biridir.


Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Mirziyoyev Sh. Bugun ma’rifatga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.

Elektron resurs. https://www.gazeta.uz/uz/2016/10/19/ustuvor/.



  1. Formirovaniye intellektualnogo, duxovno-nravstvennogo i fizicheskogo potensiala obuchayuщixsya obщeobrazovatelnoy shkolы Respubliki Uzbekistan na sovremennom etape: Uchebno-metod. posobiye dlya uchiteley i vospitateley/ Ped. fanlari doktori, prof. R.X. Jo‘rayevning umumiy tahriri ostida. – T., 2005. – 190 b.




  1. Karimov I.A. Yukcak ma’naviyat – yengilmac kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176

b


  1. Psixologiya i pedagogika. – M., 1998. – 311 b.


Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish