Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 7,41 Mb.
bet40/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

Uslubiy ishning asosiy maqsadi- bu o‘qituvchilar malakasini uzluksiz oshirish, aniq bir fan doirasida uning bilimdonligini oshirishdan kelib chiqib, uning asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin, ya’ni ularga
quyidagilarni kiritish mumkin:
o‘qituvchilarni kasbiy va madaniy darajalarini oshirish;
uning xizmat va jamoat ishlari faolligini rag‘batlantirish;

o‘qita yotgan o‘quv fani sohasidagi bilimlarini yangilash va takomillashtirish;


ilg‘or-pedagog va ijodiy ishlovchi o‘qituvchilar g‘oyasi asosida pedagogik va uslubiy mahoratini takomillashtirish;


o‘quvchilar bilan o‘zaro harakat usul va yo‘llarini insonparvarlik, oshkoralik va erkinlak prinsiplarida takomillashtirish;


o‘quvchilarni mashg‘ulotda va darsdan tashqari vaqtlarida ijodiy, mustaqil ishlari bo‘yicha faoliyatlarini takomillashtirish;


umumiy holda ta’lim jara yonini tahlil qilish va shu bilan birga o‘quv-tarbiya jara yonidagi o‘z faoliyatini o‘zi tahlil qila olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;


ilg‘or pedagogik tajribani aniqlash, umumlashtirish va tatbiq etish;

o‘qituvchilarni sodda va tushunarli bo‘lgan uslub asosida tadqiqotchilik faoliyatiga qatnashtirish.


Uslubiy ishlar shakli quyidagicha bo‘ladi:
pedagogik o‘qishlar va anjumanlar;
ochiq o‘vuv mashg‘ulotlari va tarbiyaviy tadbirlar;
uslubiy birlashmalarning seminarlari;
ijodiy ishlar ko‘rigi;
uslubiy ko‘rgazma, kabinetlarni tashkillashtirish;
uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish;
seminar-amali yotlar;

ilmiy, texnik, pedagogik, iqtisodiy va boshqa adabi yotlar sharhi; maxsus mashg‘ulotlar va boshqa shakllar.


Uslubiy ishlar odatda yakka tartibda va jamoaviy shakllarda tashkil etilib, quyidagilarni ko‘zda tutadi:


ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish


maqsadida targ‘ib qilish;

o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatish;


axborot resurs markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanish;

-o‘qituvchilarga o‘z imkoniyatlarini namo yon etishlariga shart-sharoit yaratish;


namunaviy dars tashkil etib o‘tkazuvchi o‘qituvchilarga ko‘mak berish;


pedagogik jamoani yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishtirib borish; fan yutuqlarini amaliy tajriba- sinovidan o‘tkazish;


-o‘quvchilarni olimpiadalar, ko‘rik-tanlovlar va turli tadbirlarga tay yorlashga ko‘maklashish kabilardan


iborat.
Uslubiy ishlarga quyidagi talablar qo‘yiladi.


G‘oyaviy yo‘nalganlik - uslubiy ishlar zamon talablariga hamnafas chuqur g‘oyaviylikka ega bo‘lishi kerak. Mustaqil O‘zbekiston respublikasining kelajagi buyuk davlat ekanligini o‘quvchilar ongiga singdirish, tarbiya asosida milliy mustaqillik g‘oyalari bilan sug‘orilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Buning uchun, yoshlar bilan ishla yotgan o‘qituvchilar va tarbiyachilar bilan olib boriladigan metodik ishlarning mazmuni ham davr va istiqbol talablari darajasida bo‘lishi muhimdir.


Ilmiylik - uslubiy ishlarni ilmiy g‘oyalar, nazariyalarga tayangan holda olib borishni ko‘zda tutadi. Shuning uchun o‘qituvchilar o‘quvchilarning psixologiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasini o‘qitadigan o‘quv predmeti mazmunini, ta’lim-tarbiya nazariyasi qonuniyatlari, prinsiplari, tashkil etish shakllari, o‘qitish metod va vositalarini har tomonlama mukammal bilishi zarur. Ular kasbiy pedagogik mahoratlarini oshirishlari uchun muntazam ravishda o‘z ustida mustakil ishlab ijod qilishi darkor.


Maqsadga muvofiqlik va tizimlilik-dolzarb pedagogic muammolarning maqbul yechimlarini topishni rejalashtirishda shart-sharoit, imkoniyat, talablar muvofiqligini ta’minlash va amalga oshirish tizimini yaratishda o‘z ifodasini topadi.


Ijodiylik va mustaqillik-o‘quv yurti rahbariyati har bir fan o‘qituvchilarining o‘z qobiliyati va iste’dodlarini namo yon etishlari uchun shart-sharoit yaratib ko‘mak berishlarini ko‘zda tutadi. Chunki uslubiy ishlar ijodkorlik, faollik, ilg‘orlikka asoslangandagina ko‘zlangan natijalarni beradi.

65
Ta’sirchanlik va oshkoralik - uslubiy ishlarning ta’sirchanligi eng avvalo, o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish sifati bilan aniqlanadi. Agar o‘quvchilarda shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalari sifatida ijobiy siljishlar bo‘lmasa, uslubiy ishlarning samarasi past hisoblanadi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yish mumkin emas. Shuning uchun, uslubiy ishlarning ta’sirchanligi ko‘p jihatdan rejalashtirilishiga, rejalarining aniqligiga, amalga oshirilgan ishlarning hajmiga va boshqa omillarga bog‘liq. Shuningdek, o‘quv yurtlarida uslubiy ishlarni tashkil etish va boshqarishda oshkoralikka e’tiborni qaratish zarur bo‘lib, bunda har bir o‘qituvchi mehnatining natijalarini o‘z vaqtida xolisona ko‘rsatish, rag‘batlantirish, tanqid qilishni me’ yorida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Odatda uslubiy ishlar ma’lum aniq rejaga binoan bajariladi. Bu holat ayrim ishlarni bir necha marta takrorlanishini bartaraf etib, o‘qituvchilar o‘rtasida ishlarni maqbul taqsimlanishini ham ta’minlaydi.


O‘quv yurtlarida uslubiy ishlarning umumiy rejasida ilmiy-pedagogik kengash, uslubiy kengash, seminar-amali yotlar ochiq darslar, pedagogik o‘qishlar, ilg‘or pedagogik tajriba maktablari kabilar o‘z ifodasini topadi.


Shu bilan birga, o‘qituvchilar uslubi yotchi va mutaxassis sifatida bir necha talablarga rioya qilishi talab etiladi.


O‘qituvchilar uslubchi va mutaxassis sifatida quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
psixologik-pedagogik bilimlar yuzasidan malaka, mahorat va ijodkorlik faoliyatlarini boyitish,
kengaytirishi;
ijtimoiy bilimlarni boyitish, kengaytirish, yangilashi;
kasbi bo‘yicha tajriba oshirish zaminida tay yorgarlik;

ishning oxirgi natijalariga qarab, o‘z faoliyatini nazorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lish, hamkasblari bilan doimo kelishishga intilishi;


yangiliklarga intilishda ijodiy imkoniyatlarni ma’lum bir tizimga keltirib, ular yuzasidan ko‘nikma hosil qilish hamda ularni tezlik bilan hal etish, axborotlarni mustaqil qabul qilish va baholash, xulosa chiqarish, natijalarni baholash, farazlarni ifodalash, ularni mujassamlashtirib, noan’anviy qaror qilishidir.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish