Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 7,41 Mb.
bet48/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

АДАБИЁТЛАР



  1. ДавлетшинМ. Г. Умумий психология. Т., ТДПУ, 2002.

  2. ИвановИ., ЗуфароваМ. Умумий психология. Ўз.ФМЖ., 2008.




  1. Немов Р.С. Психология. М.: Владос, 2003. 1-2-т.

  2. ҒозиевЕ.Г`.Онтогенез психологияси.-Т.: Ношир. 2010.

O‘QUVCHIDA IZLANUVCHANLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH - IJODIY TAFAKKURGA QADAM


Ismatullayeva Inobat Nutfilloyevna
Buxoro shahar 9- maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Bilish faoliyati ko‘p qirrali, murakkab jarayon bo‘lib, uning ta’limni amalga oshirishdagi samaradorligi o‘quvchi qobiliyati, izlanuvchanligi, tafakkuri, kuzatuvchanligi va ijodiy yondashuviga bog‘liq. Shuning uchun ham bilish jarayonida ijod muhim o‘rinni egallaydi. Ijod – insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangilik yaratishi bilan bog‘liq murakkab psixologik jarayondir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, ijodda bilim, tajriba, iste’dod namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik o‘quvchilar egallayotgan bilimlarning mustahkamligi va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Bu holat bo‘lajak mutaxassislarning fan asoslarini o‘zlashtirishida, bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda, kasbiy ijodkorlikka asoslangan yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Turli davrlarda ijod va izlanuvchilik faoliyati tushunchalariga berilgan ta’riflarda bu hodisa haqidagi o‘zgarib borayotgan tasavvurlar o‘z aksini topgan. Masalan, falsafiy lug‘atda ijod biror narsani yaratish bilan bog‘liq ekanligi, ijod qilish qobiliyati oliy darajada ilohga xosligi, inson esa faqat ayrim ijodiy harakatlarni bajarishi mumkinligi qayd etilgan. Keyinroq ijod mutlaqo yangi mahsulotni yaratish sifatida tushunila boshlandi va u inson faoliyatining turli jabhalarida namoyon bo‘lishi qayd etildi.


«Ijod» tushunchasi fikrlash tushunchasi bilan uzviy bog‘liq. Aksariyat mualliflar fikrlashning ikki asosiy turini farqlaydi: reproduktiv fikrlash va ijodiy fikrlash. Izlanuvchilik shaxs mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo‘lishining eng asosiy va faol shakli hisoblanadi. Unga berilgan tariflar bir-biridan jiddiy farq qilsa-da, uning ba’zi umumiy jihatlarini ko‘rsatish mumkin, bular: birinchidan, ijodkorlik natijasi sifatida olinadigan mahsulotning sifat jihatidan yangilikka ega bo‘lishi; ikkinchidan, ushbu jihatlarning ijodkorlik dastlabki asoslarida mavjud bo‘lmaganligi; uchinchidan, har qanday ijodkorlik faoliyati intellektual izlanishni taqozo etishi bilan belgilanadi.


Ijodkorlik pedagogikasi dialektik asoslarining tarbiya va o‘z o‘zini tarbiyalash vositasida uyg‘un ijodiy shaxsni shakllantirish asosidagi pedagogik nazariyasi A.Leontev, F.Talizina, P.Galperinlar tomonidan ishlab chiqildi. Ular tadqiqotlarida asosiy e’tibor o‘quv faoliyatning maqsadga yo‘naltiruvchi asoslarini aniqlash, teskari aloqa kabi omillarga qaratildi.


V.V. Davidov izlanuvchanlikning bu turlari o‘rtasida jiddiy farq mavjudligini qayd etadi. Uning fikricha, «tafakkur, formal mantiq doirasidan chetga chiqmaydigan empirik bilishning dastlabki bosqichidir; u predmetning muhim xususiyatlarini, uning ichki aloqalarini qayd etmaydi, hodisalar va mohiyatni farqlashni ta’minlamaydi. Nazariy fikrlash esa, o‘zining alohida mazmuniga ega bo‘lib, u


74
empirik fikrlash mazmuniga o‘xshamaydi. Bu amalda o‘zaro bog‘langan, yaxlit tizimni tashkil etadigan hodisalar sohasi, bu umumiy va ayrimning ob’ektiv aloqasidir».


Ijodiy izlanish natijasida hosil bo‘ladigan bilim mazmuni yangi texnik yechim, badiiy asar, matematik formula, nazariya, qonuniyat kabi shakllarda jamiyatga taqdim etiladi. Ulardan jamiyat bahramand bo‘lishiga erishilgandagina, ijod haqiqiy to‘laqonli namoyon bo‘ladi.


Talabalar ijodkorlik faoliyatini quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin: ijod turi (texnik, texnologik, tashkilotchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik, didaktik, aralash); ijod darajasi (mono ijod, multi ijod, mega ijod); ijod qamrovi (ixtisoslik, mutaxassislik, bilim sohasi, tarmoqlararo, milliy, mintaqaviy, xalqaro, mintaqalararo); ijodning davomiyligi (qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli); ijodning murakkablik darajasi (oddiy, murakkab, juda murakkab); ijodning shakli (innovatsion, ilmiy-tadqiqotchilik, ta’limiy, investitsion, aralash).


Yangi sifat – ijodkorlik mahsuli – faqatgina ikki yoki undan ortiq nisbatan avtonom tizimlar bitta yangi tizimga birikkanida yuzaga keladi.


Aynan ularning yangi tizim doirasida o‘zaro ta’sirlashuvi yangi sifatning yuzaga kelishini belgilab beradi. Boshqa sohalar bilan tutash bilim sohalari, amaliy hayotda esa odatda o‘tish davrlarida ijodiy potensiali yuqori hisoblanadi.


Turli-tuman, o‘zaro qarama-qarshi jihatlarni biriktirish izlanuvchilikning eng muhim manbalaridan biri sanaladi. Buning muhim jihati yangi hosil qilingan jihatning dastlabki mahsulotda mavjud bo‘lmaganligidir. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish izlanuvchilikning yana bir manbaidir. Inson tomonidan turli buyumlardagi umumiylikni ko‘ra olishi abstrakt tafakkur bilan bog‘liq. Agar ikki voqea qaysidir jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lsa, u sabab-oqibat bog‘liqligida o‘z aksini topadi.


Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish izlanuvchilikning san’at va falsafa bilan bog‘liq turlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Eng umumiy jihatlariga ko‘ra ijodkorlik faoliyati turlarini uch guruhga bo‘lish mumkin: a) prinsipial jihatdan yangi yechimlarni ilgari surish; b) ushbu yangilikning amaliy qo‘llanish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida uni detallashtirish, konkretlashtirish, ishlab chiqish; v) yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etish, u yoki bu moddiy shaklda keltirish bilan bog‘liq faoliyat.


Yaratilgan ijod mahsulini ma’nosi va murakkabligiga ko‘ra uch guruhga ajratish mumkin: ratsionalizatorlik taklifi – eng oddiy ijodiy ishlanma bo‘lib, mavjud va avvaldan qo‘llanilgan tizim, jarayon va vaziyatlarning ayrim tarkibiy qismlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan yangi fikr; ixtiro – yuqori darajada texnik ishlanma hisoblanib, mavjud bo‘lganlaridan jiddiy farq qiluvchi texnik yechim; kashfiyot


– moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan ob’ektiv mavjud qonuniyat, xossa va hodisalar aniqlanishi. Zehnlilik, topqirlik, sinchkovlik, qiziquvchanlik, izlanuvchanlik sifatlari, mustaqil va tanqidiy fikrlashning tarkib toptirilishi shaxs ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishning asosiy omillari hisoblanadi. Ta’lim jarayonlarining ushbu asosda tashkil etilishi o‘qituvchi va o‘quvchi muloqotini individual va differensial yondashuvga asoslangan innovatsion texnologiyalarni joriy etishni taqozo etadi. Pedagogikada innovatsion yondashuvni joriy etishda ijodkorlik faoliyatining ma’naviy, didaktik, texnologik,


tashkilotchilik kabi turlaridan keng foydalanish mumkin.

Ijodiy faoliyatni pedagog va o‘quvchilarning bu jarayonga psixologik jihatdan yetarlicha tayyor emasliklari murakkablashtiradi. Aniq metod, shakl, vositalarga intilish ularni boshqalarni tan olmasliklariga olib keladi. Bu psixologik holat sifatida turli shakllarda bo‘lishi mumkin, jumladan: azaldan umuman fikr va mulohazalarni qabul qilmaslik; umumiy qabul qilingan nuqtai nazardan qat’iy himoyalanish; yangi mazmun va vositalarga nisbatan eski metodlarni qo‘llash; yangi metodlarda eski shakllarning saqlanib qolinishi; umuman yangi masalani an’anaviy yechish usullari kabilar.


Mashg‘ulotlarni tashkil qilishda o‘quvchilar xulq-atvoriga sezilarli ta’sir o‘tkazuvchi maqsadlarni aniqlash va hisobga olish zarur. Bu borada pedagog ko‘proq yakuniy natijaga qadar bosqichma-bosqich amalga oshadigan oraliq maqsadlarni izlash va ulardan foydalanishi kerak bo‘ladi. Talabalar xulq-atvorini muayyan yo‘nalishga solishga qaratilgan maqsad orqali istalgan loyihani barqaror, aniq qilib bajarish mumkin. Ijodkorlik jarayonida maqsaddan tashqari inson xususiyatlarining psixologik (bilim olish jarayonining rivojlanish darajasi), ijtimoiy-psixologik (ishonch hosil qilish, munosabat, baho berish, did, urf-odatlar), pedagogik (ta’lim berish va ta’lim olish, tarbiyalash va tarbiyalanganlik) jihatlarini ham hisobga olish kerak.


75
PROFESSIONAL TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA NAZARIYA VA AMALIYOT INTEGRASIYASINI TA’MINLASHNING AHAMIYATI Sodiqova Sabohat Ibragimovna

Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish