Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING NATIJASI – “NIHOL”NING HOSILIGA BOG‘LIQ



Download 7,41 Mb.
bet45/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING NATIJASI – “NIHOL”NING HOSILIGA BOG‘LIQ


Jumanova Nafisa Bobodustovna
Toshkent shahar Chilonzor tumani 179-maktab matematika fani o'qituvchisi

Respublikamizda ta’lim sohasida yoshlarga zamonaviy bilimlarni berish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga qaratilgan tub o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, intellektual, estetik va jismoniy barkamol avlodni shakllantirishni hamda yoshlarga ta’lim berishni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, shu jumladan, chet tillari, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi muhim va talab yuqori bo‘lgan boshqa fanlarni chuqurlashtirib o‘rganish 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, Yangi O‘zbekiston qurishning asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan.


Bugungi kunda OAVda, ijtimoiy tarmoqlar ta’lim tizimning muammo va kamchiliklari keng jamoatchilik tamonidan muhokama qilinayotgani bejizga emas. Sababi — ta’lim tizimida yo‘l qo‘yilgan kichik bir xato keyinchalik jamiyatdagi boshqa bir illatlarni keltirib chiqarishi mumkin.


Bugungi kunda jamiyatimizda mavjud jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, terrorizm kabi illatlarga qarshi kurashish hamda oldini olish uchun birinchi navbatda ta’lim tizimini mukammal darajaga chiqarish lozim.


Dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri Yaponiya nima uchun jinoyatchilik, xuquqbuzarlik, giyohvandlik, terrorizm kabi illatlarni uchratish qiyin? Sababi — Yaponiyadagi maktab o‘quvchilari 4-sinfgacha imtihon topshirishmaydi, faqat kichik mustaqil ishlar yozishadi. Ilk uch yilda asosiysi — akademik bilim emas. Boshlang‘ich sinflarda asosiy e’tibor tarbiyaga qaratiladi: bolalar insonlar va jonivorlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, bag‘rikenglik, birovning dardiga sherik bo‘lish, haqiqatparvarlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgatiladi.


Yoki Ikkinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchragan, mamlakat iqtisodiyoti tanazzulga uchragan Germaniya qisqa vaqt ichida rivojlangan davlatga aylandi. Nemis pedagoglari iste’dodsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q, deb hisoblashadi. Shunga ko‘ra, ular o‘quvchining ochilmagan qirralarini kashf etib, ularni yangilik va ixtirolar ruhida tarbiyalashga intiladi. Pedagoglar birinchi navbatda o‘quvchining, hatto xato bo‘lsa-da, mustaqil fikri bo‘lishiga erishishni maqsad qiladi. Ta’lim jarayoni esa ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka tayanadi.


Biz kuchli davlat barpo etishimiz uchun, har bir sohani yuksak darajaga olib chiqishimiz uchun ta’limning har qanday ko‘rinishiga jiddiy e’tibor berishimiz, ta’lim olayotgan yosh avlodning va ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning fikrlarini inobatga olgan holda o‘zgarishlar qilishimiz lozim. Buning uchun quyidagi jihatlarga ‘tibor qaratish muhim:





  1. Agar niholni boshidanoq noto‘g‘ri parvarishlasangiz yoki nihol ekishda xatolikka yo‘l qo‘ysangiz, oqibati niholimiz hozi bermaydi. Shuning uchun ham o‘quvchini boshlang‘ich sinq partasiga ilk qadam qo‘ygan kunidan boshlab, o‘qituvchi unga namuna bo‘lib ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirishi zarur.




  1. Ta’limning maqsadini aniq belgilab olib, dars jarayonini shu maqsadni amalga oshirishga qaratish

lozim.

70


  1. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga munosabatda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida amalga oshirilishi kerak.




  1. Al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino va Beruniy kabi buyuk allomalarimizga qay tarzda ta’lim berganliklari, ularning pedagogik g‘oyalarini o‘rganib amaliyotga qo‘llanilishi muhim.

Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchiman, ma’rifatparvar olim Abdulla Avloniy bundan yuz yillar avval aytgan «Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir», degan iborasi ayni kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Darhaqiqat, dunyoning rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi uchun yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish