Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Uchinchi tashabbus – aholi va ва yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta‘minlash masalalarini nazarda tutadi.
Davlat rahbarining bu ezgu g‘oyasi O‘zbekiston xalqi, ayniqsa, yoshlari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, qisqa vaqt ichida mamlakat bo‘ylab keng quloch yozdi.
Kelgusida real hayotga keng joriy etiladigan ushbu besh tashabbusga ko‘ra, hududlardagi madaniyat markazlari, musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holati keskin yaxshilandi, yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha yana 1,5 mingta to‘garak tashkil etiladi. Hatto eng chekka qishloqlardagi madaniyat markazlarida ham badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va «Yoshlar klublari» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
62
Shuningdek, mamlakat miqyosidagi 12 mingdan ziyod sport inshootiga yoshlarni maksimal darajada qamrab olish choralari ko‘rilib, barcha umumta’lim maktablari sport anjomlari bilan to‘liq jihozlanadi. Shu bilan birga, olis va chekka hududlarda yengil konstruksiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun’iy qoplamali maydonlar quriladi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari soni yanada ko‘paytiriladi.
Yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalari bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar asosida barcha hududlarda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etiladi. Bu maskanlarda elektron tijorat va dasturlash bepul o‘rgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida bisnes bo‘yicha innovatsion ko‘nikmalar shakllantiriladi, «startap» loyihalarga yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, 2021-yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, bosqichama-bosqich amalga osiriladi. Yangi tashkil etiladigan kompyuter o‘yinlari markazlari yosh avlodning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan test, viktorina, rivojlanish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar bilan ta’minlanadi.
Yoshlarda kitobxonlik ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida, yangi tashabbus doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam bo‘magan miqdorda kitoblar yetkazib berildi. Shuning barobarida, har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob do‘koni tashkil etiladi, ko‘chma kitob pavilyonlari joylashtirilib, «Bibliobus»lar orqali qishloq va ovullar aholisiga kutubxona xizmatlari ko‘rsatib boriladi.
Umuman, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg‘or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O‘zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qancha kuchaytirilsa, unung samarasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Shu bois O‘zbekiston jamiyatning faol qatlami sifatida e’tirof etiluvchi yoshlar qatlamiga «muammo» deb emas, balki yurt ravnaqini ta’minlovchi katta kuch, davlatning strategik resursi sifatida qaramoqda. Natijada bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib boryapti.
Ta’lim inson rivojlanishining muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanib, jamiyatning muhim muammolarini hal etishda ham u asosiy o‘rin egallaydi. Ta’lim inson rivojlanishining muhim tarkibiy qismi sifatida qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va gumanitar muammolarni bartaraf etishga mislsiz ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’limga nisbatan inson hayotining ajralmas bir bo‘lagi va unga o‘zining jamiyat hayotida muhim o‘rin tutishini anglab yetishida muhim vosita sifatida qarash asrlar davomida o‘zgarib bordi. Biroq ta’limning bu borada tutgan o‘rni ko‘pincha ma’naviy-intellektual nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan.
So‘nggi yillarda ta’limning jadal sur’atlarda rivojlanishi uni inson va jamiyatni rivojlantirishning muhim omillaridan biriga aylantirdi. Ta’limning insonning ma’naviy va aqliy ehtiyojlarini qondirish, qobiliyatini shakllantirishga ta’sirini aniqlashda uning muhim jihatlarini bir-biri bilan bog‘liq holda davlat, jamiyat va shaxs nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish mezoni qabul qilingan.
Shaxsiy darajada — bu shaxsning o‘z qobiliyat va iste’dodlarini to‘liq namoyon etish. Ayni paytda, bu insonga mehnat faoliyatida o‘zini namoyon etish imkonini beradigan umumiy va kasbiy bilimni egallashdir. O‘qimishli kishining ma’naviy olami nisbatan boy, hayoti faqat moddiy farovonlik bilan cheklanib qolmaydi. Ta’lim insonga o‘zining ma’naviy ehtiyojlarini amalga oshirish, hayotini to‘laqonli va mukammal qilish imkonini beradi.
Davlat darajasida — davlat mamlakat aholisining aqliy salohiyatini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lishi darkor. «Iqtisodiy fanlar»ni keng joriy etishda zarur bilimga ega bo‘lish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va uning milliy boyligini to‘plashning muhim tarkibiy qismiga aylanadi. Aholining ma’naviy boyligi mamlakatda huquqiy madaniyatni, shuningdek, xalqning ozod, demokratik, huquqiy davlatda yashash va mehnat qilish, o‘z huquq va erkinliklarini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaati yo‘lida foydalanish qobiliyatini uzviy hamda oson shakllantiradi.
Jamiyat darajasida – ta’lim jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan alohida global ma’naviy qadriyatlar, o‘ziga xos ijtimoiy mentalitet va inson dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilishi lozim. Chunki faqat o‘qimishli va ma’nan boy odamlargina muammolarni urushlar yordamida hal qilishni mutlaqo rad etishga qodir jamiyatni shakllantirishi mumkin.
Tarixan qisqa davr ichida ta’lim sohasini tubdan yangilash va isloh qilish borasida salmoqli natijalarga erishildi. Yurtimizda yoshlarning umumta’lim va kasb tayyorgarligini ta’minlashning zamonaviy modeli amalga oshirilib, pirovardida har tomonlama barkamol va mustaqil fikrlovchi, mehnat bozorida talab katta bo‘lgan kasblarni egallagan, qat’iy fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlar tarbiyalanmoqda. Bugun yoshlarimiz mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish, uni yangilash va ravnaq toptirishning hal qiluvchi harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda.
63
Ta’lim tizimini boshqarishni xalqaro tajribani hisobga olib, ta’lim tizimini markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holda boshqarishni muvozanatli muvofiqlashtirish orqali yanada takomillashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |