Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


O‘QUVCHI-YOSHLARDA “OMMAVIY MADANIYAT”GA QARSHI KURASHISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH



Download 7,41 Mb.
bet113/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

O‘QUVCHI-YOSHLARDA “OMMAVIY MADANIYAT”GA QARSHI KURASHISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Yuldasheva Fazilat Shamilovna




Tashkent shaxar Sergeli tuman 237-maktab O`Qituvchisi

Jamiyat a’zolari fan-texnika yutuqlari ko‘paygan sari yengil-elpi narsalarga ko‘proq bog‘lanib qolmoqdalar. Buning natijasida yoshlar voqea-hodisalarga yuzaki munosabatda bo‘lmoqdalar. Bugungi kunga kelib, jamiyat a’zolariga taqdim etilayotgan kundalik axborotlar ko‘lami tobora kengayib bormoqda.


Axborotlar oqimining jadallashuvi kishilarni og‘ir mehnatdan bezdirmoqda. Inson miyasi miqyosi jihatdan nihoyatda keng va ko‘p bo‘lgan axborotlarni tahlil qilish va umumlashtirishda hamma vaqt ham ulgurmaydi. Inson axborotlarni tahlil qilishi, unga ob’ektiv munosabat bildirishi uchun kitobxon bo‘lishi, mutolaa madaniyatini egallashi, o‘zining siyosiy-ijtimoiy dunyoqarashini rivojlantirishi lozim. Shundagina u turli aqidalarga qarshi kurasha oladi, axborotlarni saralagan holda o‘zlashtiradi, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga hurmat bilan qarash tajribasini egallaydi. O‘quvchilar “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmasini egallashlari uchun, dastlab, bilimlarni puxta o‘zlashtirishlari, muayyan ijtimoiy tajribaga ega bo‘lishlari, ajdodlarimiz merosini qunt bilan o‘rganishlari kerak. “Ommaviy madaniyat” yoshlarda didsizlik, mas’uliyatsizlik, sovuqqonlik, boqimandalik, fikrlash sohasida beqarorlikni vujudga keltirmoqda. “Ko‘ngilochar industriya” mahsulotlari, sayoz, hajviy, tizimlashmagan, intim voqeliklar, suratlar, turli qotilliklar, mashhur shaxslarning ishqiy mojarolarini aks ettiruvchi “sariq matbuot”ning mahsulotlari yoshlar orasida “ommaviy madaniyat”ning keng yoyilishiga ko‘maklashmoqda. Pedagoglar, ota-onalar bunday holatni salbiy oqibatlarni chuqur anglab, har tomonlama tahlil qilgan holda “ommaviy madaniyat”ning o‘quvchi-yoshlar ongini zabt etish imkoniyatlarini yo‘qotishga bartaraf etishga harakat qilishlari zarur. Bunda ajdodlarimiz merosidan asosiy tarbiyaviy vosita sifatida foydalanishlari o‘sib kelayotgan har bir yoshning o‘zligini anglashga ko‘maklashadigan qadriyatlarni ular ongi va qalbiga singdirishlari ayni muddao hisoblanadi.


“Ommaviy madaniyat” o‘zining mohiyatiga ko‘ra, milliy madaniyatlar taraqqiyotiga ziyon yetkazib, madaniy rang-baranglikni ta’minlash imkonini bermaydi. Uning asl maqsadi – milliy madaniyatga putur yetkazib, bu sohada bir xillikka erishishdan iborat. “Ommaviy madaniyat” jamiyat a’zolari, ayniqsa, yoshlarni axloqsizlikka undashga xizmat qiladi. O‘zbek xalqining milliy-ma’naviy madaniyati va diniy qadriyatlari o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra uzoq asrlar davomida shakllangan qimmatli qadriyatlar majmui hisoblanadi.


Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlar jamiyat a’zolari orasida hamjihatlik, mehr-oqibat, o‘zaro do‘stlik, tolerantlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Milliy madaniyatni o‘zlashtirmagan yoshlar ruhiyatiga turli yot kuchlarning safsatabozlikdan iborat g‘oyalari tez singadi. Ajdodlarimiz asrlar davomida o‘zbek xalqi milliy madaniyatida sharm-hayo, andisha, ibo, o‘zaro hamjihatlik, birdamlik kabi axloqiy fazilatlarni ustuvor bo‘lishiga erishganlar. “Ommaviy madaniyat” esa aynan millatimizga yot bo‘lgan xatti-harakatlarni targ‘ib qilishga qaratilgan. U hayo, andisha, oqibat, mehr-muhabbat, hamjihatlik kabi go‘zal axloqiy qadriyatlarimizga qarshi bo‘lgan axloqsizlik va yovuzlikni o‘zida aks ettirgan g‘ayriinsoniy harakat sifatida baholanadi.


“Ommaviy madaniyat” ta’sirida bugungi kunda ayrim yoshlar, hatto, o‘smir yoshdagi o‘quvchilar ham milliy madaniyatimiz, urf-odatlarimizga zid tarzda yarim yalong‘och kiyinishlari, quchoqlashib, o‘pishgan holda salomlashishlari tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Ularning aksariyati “Muqaddas Valentin”


173
kuni kabi tarbiyaviy jarayonlarga ziyon yetkazadigan tadbirlarda ishtirok etmoqdalar. Bu “ommaviy madaniyat”ning yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligidan dalolat beradi.


Pedagoglar ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar uchun yot bo‘lgan bunday illatlarga qarshi kurashishda ajdodlarimiz merosidan samarali foydalanishlari kerak. “Ommaviy madaniyat” ta’sirida yoshlar orasida keng tarqalayotgan salbiy illatlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: axloqiy hayosizlik


– jamoat joylari, hiyobonlar, maktab, kollej va litseylar hududida o‘pishish; inson hirsini uyg‘otadigan shahvoniy film va suratlar tomosha qilish; ijtimoiy saytlarda zo‘ravonlik va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi filmlar va kompyuter o‘yinlariga odatlanib qolish; yoshlarda xudbinlik kayfiyatining rivojlanishi; manfaatparastlik, o‘z manfaati yo‘lida hech kim bilan hisoblashmaslik, hattoki, ota-onalarining fikrlari bilan ham kelishmaslik kayfiyatining shakllanishi; o‘z nafsi yo‘lida hech narsadan qaytmaslik; hayosizlik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, shahvatparastlikka mukkasidan ketish kabilar.


Ko‘rinib turibdiki, “ommaviy madaniyat” o‘quvchi-yoshlarning madaniy ongini to‘g‘ri shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularni xudbin, manfaatparast bo‘lib shakllanishlariga asos bo‘ladi. Ularning shiori “Biz erkinmiz, o‘z bilganimizcha yashaymiz, bu bizning hayotimiz”, “Biz mustaqilmiz, ko‘nglimiz tusagan ishni qilamiz, hattoki ota-onamiz ham biz uchun qaror qabul qila olmaydi” kabilardan iborat. “Ommaviy madaniyat” o‘quvchi-yoshlarni diniy e’tiqod, milliy qadriyatlar va madaniy dunyoqarashdan chalg‘itadi.


Natijada ularda jamiyat hayoti uchun mas’ullik hissi shakllanadi.Ular farzandlik burchlarini unutib, ota-onalariga begona bo‘lib qoladilar. “Ommaviy madaniyat” o‘spirinlik davrida inson hayotini buzib yuborish omiliga aylanmoqda. Yoshlarning shakllanishi va ma’naviy kamoloti barcha davrlarda ham dolzarb masala hisoblangan.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish