Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


UZLUKSIZ TARBIYA – MA’NAVIY-MILLIY YUKSALISH KAFOLATI



Download 7,41 Mb.
bet110/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

UZLUKSIZ TARBIYA – MA’NAVIY-MILLIY YUKSALISH KAFOLATI Begmanova Gulsara Shanjarovna
NavDPI Umumiy Pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi

Ko‘plab olimlar o‘z tadqiqotlarida ma’naviy tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha qator izlanishlar olib borishdi, har xil qiziqarli tahliliy ma’lutolar asoslandi, lekin bularning ichida odamni tashvishga soladigan bir qaraganda e’tiborsizdek tuyiladigan, lekin oqibati tanazzulga, jaholatga olib boradigan bir omil, ya’ni oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illati millatning ma’naviy tannazulining asosi desak hecham mubolag‘a bo‘lmaydi.


Xo‘sh nega bugun ota-onalar farzand tarbiyasiga e’tiborsiz? Farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishiga qanday omillar to‘sqinlik qilyapti? Ota-onalar farzand tarbiyalash metodlarini biladimi? Mazkur savollar


164
bizni masala yuzasidan hamma uchun bir tildagi optimal yechim topish vazifasini qo‘ymoqda. Bugun butun dunyoda inson kapitali uchun kurash, eng katta sarmoya farzandni yaxshi bilimli bo‘lishiga, tarbiyasiga tikilayotgan bir vaqtda bizda farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illat va tahdidi kuchayib bormoqda.


Oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Qarorida ichki tahdid sifatida qayd qilinib, mazkur tahdidga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish vazifasi qo‘yildi.


Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yil 23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta’lim va tarbiyaning ahamiyati haqida so‘z bordi. Mazkur yig‘ilishda Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasi, odob-axloqi haqida to‘xtalib, “Maktab - bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Bu masalani davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak. Maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi”, - deya alohida ta’kidladi.


Darhaqiqat, uzoq yillar davomida tarbiya bolalar ta’limdan bo‘sh vaqtida amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, uzuq-yuluq jarayon bo‘lib kelganligi hamda jamiyatning pedagogik madaniyati pasayib, maktabgacha ta’lim, maktab pedagoglari, ota-onalarning tarbiyaga oid pedagogik-psixologik bilimlari zamon talablariga javob bermay qoldi. Tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar asoratlari kundalik hayotda, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, jamoatchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.


Shunday bir vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019 yil 3 maydagi PQ 4307-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarorining chiqishi bu millat kelajagi, millat ma’naviy taraqqiyoti uchun bir o‘ziga hos tarixiy voqelik bo‘ldi. Mazkur konsepsiya 8 ta bob va ma’naviy tarbiyaning uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan 61 ta maqsadli va manzilli tabirlar rejasidan iborat bo‘lib, uning amalga oshirilishi 4 bosqichdan iborat bo‘ladi.


Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining asosi milliy tarbiyamiz, Unsur Ul Maoliy Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Abu Nasr Farobiy, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat kabi ulug‘ mutafakkirlarimizning ma’naviy-ilmiy merosiga asoslangan. Ayni vaqtda dunyoning rivojlangan davlatlari tajribasida sinovdan o‘tgan zamonaviy tarbiya texnologiyalaridan foydalanish Konsepsiyaning zamon bilan hamnafasligiga xizmat qiladi.


... hamma narsa tarbiyaga bog‘liq. Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur”, degan edi milliy pedagogikamizning buyuk darg‘asi Abdulla Avloniy. Konsepsiya ana shu hikmatga hamohang bo‘lib, unda farzandlarimizda milliy yuksalishimiz uchun eng zarur fazilatlar: Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. Voyaga yetgan o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayotga ana shu fazilatlari bilan kirib boradilar. Bu fazilatlari ularning o‘zlarini ham, xalqimizni ham baxtli, farovon qiladi.


Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi o‘zida dunyo pedagogik tajribasi va yutuqlarini mujassam etganligi alohida ta’kidlandi. Jumladan, Yevropa Ittifoqining tarbiyaviy tavsiyalari, AQSh tajribasidan shaxs erkinligi, tadbirkorlik, muvaffaqiyatga erishishga intilish, Janubiy Koreyada yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallarni singdirish, Yaponiyaning “xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim”, Xitoyning yaxshilik, to‘g‘rilik, poklik, donolik va ishonchlilik kabi fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan pedagogik tajribalari o‘rganilgan.


Konsepsiyada O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar va uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirish ishiga katta ahamiyat berilgan. Buning uchun oila, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik hamkorlikni yangi darajaga ko‘tariladi.





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish