Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


O‘QUVCHILAR MA’NAVIYATIGA DOSTONLARNING IJOBIY TA’SIRLARI



Download 7,41 Mb.
bet109/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

O‘QUVCHILAR MA’NAVIYATIGA DOSTONLARNING IJOBIY TA’SIRLARI

Umid Jumanazarov


DJPI

Bu yorug‘ olamda har bir narsa ikkinchisi bilan qiyos qilinayotganda, boshqa qarama-qarshi voqea-hodisa, holat, narsa, xarakter bilan taqqoslanganda ongimizga mustahkam o‘rnashadi. Masalan, ezgulikni yovuzliksiz, diyonatni xiyonatsiz, adolatni zulmsiz, yog‘duni zulmatsiz tasavvur qilish qiyin. Shu ma’noda, “Zaydinoy” dostonida yaxshilik ham yomonlik bilan ziddiyatda to‘la namoyon bo‘ladi, o‘quvchilarga ma’naviy-ma’rifiy ozuq beradigan xalqona o‘git-nasihat mavjud:


Yomonning kasodi tegar har joyda,


Yaxshining yordami tegar tang joyda,
Yomonning makoni doim tor bo‘lar,

Yaxshining makoni bordir har joyda.


Ko‘ramizki, ushbu misralar bilan tanishgan har bir o‘quvchi homiylar-chiltonlarning epik qahramonga, murg‘akkina yosh go‘dak - Go‘ro‘g‘libekka dastlab umumiy tarzda yomon va yaxshi odam haqida soddagina ma’lumot berilganligiga guvoh bo‘ladi, o‘zi tegishli xulosa chiqaradi. Xalqning nazarida, yomon odam hamma joyda yon-atrofdagilarga ziyon yetkazadi, zarar keltiradi. Yaxshi odam esa o‘zining ahvoli og‘ir bo‘lsa ham, qiynalgan, tang ahvolga tushib qolgan kishiga doimo ko‘maklashadi, uni qiyin vaziyatdan qutqazadi. Shu sababdan yomonlik qilib nafratga yo‘liqqanning makoni tor. Chunki uning qilmishlaridan xabardor kishilar hamma vaqt xursandchilik bilan qarshilamaydi: undan yanada uzoqlashishga, hatto o‘z xonadoniga yaqinlashtirmaslikka intiladi, lekin yaxshilar hamisha izzat-hurmatga sazovor, yorug‘ yuz bilan kutib olinadi. Odamning fe’li-atvoridagi qaysi xususiyatlar va harakatlar yaxshi-yu, qay birlari yomon? Inson nima qilsa hayotda obro‘-e’tibor topib yashaydi-yu, qachon yomon degan isnodga qoladi yoki xalq nafratiga duchor bo‘ladi? «Zaydinoy» dostoni sahifalarida bunday savollarga har bir o‘quvchi odilona javob topadi: xalqona xulosalar sermazmun bandlarda izchil bayon etilganligini ko‘radi, ularning mag‘zini chaqishga harakat qiladi:


Yaxshidan, yomondan birday nom qolar.


Har kim qilganiga haqini olar.

Yomonga la’natdir, yaxshiga rahmat.


Yaxshini bu olam ardoqlab kelar.

Hayotda ezgu amallar juda ko‘p va xilma-xil: ularning ichida eng asosiysi insonni qadrlash, beva-bechora, yetim-esir, qashshoqlarga yaxshilik qilish, muhtojga yordam berish, katta-kichikning ko‘nglini qoldirmaslikdan iborat. Ajdodlarimizning farzandlarga qilgan vasiyatida, o‘git-nasihatlarida muqaddas dinimiz ta’limotida ham, hadislardagi muborak o‘gitlarda ham eng avvalo dilga yaxshilikni jo qilib, odatga aylantirib olgan holda musulmonchilik farzlarini bajarish uqtiriladi. Bular tag zamini bilan milliy pedagogikamizda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlarning eng sarasi hisoblanadi. Buni har bir zamondosh, har bir farzand bilishi shart va amalda rioya qilmog‘i farz va burch deb hisoblamog‘i zarur. “Zaydinoy”da ham ana shu ma’naviy fazilatlar alohida qayd etilganki, ular o‘quvchilarni yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni rivojlantirishga bevosita xizmat qila oladi:


Bir yetim boshini silasa ummat,


Tul ayolga qilsa beminnat xizmat.


Miskinning holidan ololsa xabar.
Ro‘za ibodatdan har biri qimmat.

Baxshi-pedagog o‘rinli ta’kidlaganidek, odam bir insonga yaxshilik qilmay, ibodatga o‘tirsa, uning bu ishi piliksiz chiroqdek foydasiz. Chunki unga elning duo olqishi ham, yaratganning shafqati ham, Rasulning karami ham bo‘lmaydi.


«Zaydinoy» dostonidagi sermazmun didaktik nasihatlarning har biri garchi umumbashariy bo‘lsa-da, ijodkor xalqning milliy qadriyatlari, e’tiqodi, qarashlaridan kelib chiqib aytilgan. Ularning ba’zilari xalqona xulosalarga to‘la mos keladi. Masalan, “yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, yomon gap bilan


163
pichoq qinidan chiqar”, degan maqol bejiz to‘qilmagan va xalq orasida aytilmagan. Insonga til berilgan, qudratli so‘z berilgan ekan, u so‘zning kuchini, dillarga ochqich bo‘lgan salomning qimmatini anglamog‘i shart. Yaxshi va yomon tushunchasi avvalo shu so‘zni insonning bilishidan ko‘zga tashlanadi. “Zaydinoy”da bu haqda shunday ibratli va xalqona xulosa mavjudki, bu chilton-homiylarning yosh Go‘ro‘g‘liga aytgan navbatida o‘giti sanaladi:


Xudoyim beribdi insonga kalom,


Bemavrid ish qilib tortmagin alam.
Yaxshi ham, yomon ham shundan bilinar,
Kim bo‘lsa oldidan o‘tma besalom.

Xalq orasida va kundalik turmushda muqaddas tushunchaga aylangan, o‘zaro insoniy munosabatlarning, muomilaning, tanishishning asosi bo‘lgan salomlashish qoidalari yaratilgan. “Zaydinoy” dostonidagi bir o‘rinda odamning kimligi, aql-idroki, fikr tushunchasi, xarakter xususiyati salomda ayon bo‘lishi alohida ta’kidlangan:


Salomning ham salmoqlisi bo‘ladi,


Kinoyali, ilmoqlisi bo‘ladi.
Salomni bilganga kelmaydi ofat,
U Allohning bir belgisi bo‘ladi.

Har bir inson bu yorug‘ dunyoda imkoniyati darajasiga ko‘ra yashar ekan, ko‘rgan bilganlarini, dardu quvonchlarini, bu cheksiz-chegarasiz olamdan olgan taassurotlarini kimgadir aytishni, dilidagini to‘kib sochishni, sirlashishni istaydi. Bu dunyodagi siru sinoatlarni, ajoyib g‘aroyibatlarni, ulardan tug‘ilgan o‘y-fikrlarni o‘zga bilan baham ko‘rish, mushkul ishlarni uddalash uchun yordamga ehtiyoj sezish hissi unga do‘st, yelkadosh o‘rtoq topishni taqozo qiladi. Ko‘ngil-ko‘ngilga mos keladigan sirdosh topish esa g‘oyat mushkul. Do‘stingman deyish, do‘stlik haqida baland parvoz gaplarni istagancha aytish mumkin. Ammo do‘stga sodiqlik, do‘stlik udumlariga rioya qilish undan-da og‘ir, har bir insondan katta ma’suliyatni talab qiladi. Xalqimiz do‘stlikni shuning uchun ham e’zozlaydiki, u Allohning sifatlaridan biri ham. Demak, do‘stni aldash, yaratgan egamni aldash, do‘stga xiyonat qilish Ollohga xiyonat qilish bilan bab-barovor. Yigitning mardligi, mard yigitning kuch-qudrati do‘stlarining ko‘pligida, sirdosh va yelkadosh shu do‘stlarga sidqidildan xizmat qilishida, ulardan bor narsani ayamaslikda, deb biladi ijodkor xalq. Shuning uchun ham “Zaydinoy”da yosh go‘dak Go‘ro‘g‘liga shunday nasihat-o‘git berilgan:


Nor tuyalar nori bo‘lsa toyama,


Oq narsani qora qilib bo‘yama,
Mard yigitga mingta do‘st ham kam bo‘lar,
Do‘stdan aslo bor narsangni ayama.

Bilamizki, nor tuya haqiqatdan kuchga to‘lgan, chinakam nor bo‘lsa, qanchalik ustiga og‘ir yuk ortilgan bilan yo‘lda toymaydi, egasini og‘ir ahvolda qoldirmaydi. Safar chog‘ida, nor tuyalar toymagani kabi haqiqiy va chinakam iymoni butun inson hech qachon va qanday vaziyatda bo‘lishidan qat’iy nazar ezgulikni qabohat, sadoqatni xiyonat tarzida baholamaydi, ularni bir-biri hech qachon tenglashtirmaydi. Sobit turgan mard yigitning hayotdagi do‘stlari ko‘p bo‘lgani holda, shu yelkadosh va sirdosh do‘stlardan bor narsasini hech bir ayamasligi, o‘rtalikda birgalikda baham ko‘rishi, o‘z saxovatidan chekinmasligi zarur. Nor tuya yukni ko‘tarib, toymay, munkimay, qoqilmay yo‘l tortgani, o‘z egasiga sidqidildan xizmat qilgani kabi do‘stining yaxshi-yomon fazilatlarini bilgan haqiqiy mard yigit do‘stning boridan quvonib, yo‘g‘ida ko‘maklashib yashasa iqboli baland bo‘ladi, el orasida obro‘si yanada kuchayadi: natijada hamma unga havas qiladi, elu xalq olqishini oladi, ayni paytda, bularni o‘z farzandlar



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish