Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


KOMPETENSIYALI YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA’LIMNING O‘ZIGA XOS



Download 7,41 Mb.
bet105/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

KOMPETENSIYALI YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA’LIMNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Usmonova D. N., Xotamova S. T.


Navoiy shahridagi 6- maktabning Boshlang’ich sinfo’qituvchilari.

Iqtisodiyotdagi globallashuv jarayonlari, axborot jamiyatining shakllanishi, respublikamiz ta’lim tizimlarining integratsiyasi tizim oldiga jahon ta’lim tizimi oldida o‘z mavqeiga ega bo‘lishdek muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Bu o‘z navbatida kompetensiyali yondashuvga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.


Rossiya ta’limini modernizitsiya qilish konsepsiyasida ta’kidlanganidek, rivojlanib borayotgan jamiyatga javobgarlikni his etadigan, muammolarni mustaqil yecha oladigan, ularning oqibatini tahlil qila oladigan, hamkorlikka qodir, mobilligi bilan farqlanuvchi, konstruktiv, mamlakat taqdiri uchun o‘z kuchini ayamaydigan zamonaviy ma’lumotga ega, axloqiy, tashabbuskor insonlar kerak [1].


Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim sifatining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalishda muvaffaqiyatni belgilovchi asosiy omillardan biri


155
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini egallaganligi hamda ularning o‘quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirish jarayonini ilmiy tadqiq qilish hisoblanadi. Chunki, ijodkor, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash vazifalari avvalo boshlang‘ich ta’lim tizimida amalga oshiriladi. Bu o‘z o‘rnida ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi respublikamizning kelajakdagi intellektual imkoniyatlarini va rivojlanishini belgilab beruvchi o‘quvchilarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi [2].

Bugun respublikamiz boshlang‘ich ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, ijtimoiy faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon andozalari darajasiga chiqarish masalalarida tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta’lim sohasidagi sifat o‘zgarishlari va yuqori samaradorlik ularning jahon ta’lim talablari bilan mosligi va o‘quvchilarning o‘zlashtirgan kompetensiyalari qay darajada amaliyotga tadbiq qilinayotganligiga bog‘lik.


Yuqorida bildirilgan fikrlar asosida o‘quvchilarda o‘quv-bilish jarayoni kompetensiyalarini shakllantirish strategiyasini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshadi, deb hisoblash mumkin: o‘quvchilar e’tiborini masalani hal qilishda qo‘llanilgan metodning keng qamrovligiga qaratish; o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishni dars maqsadi sifatida emas, balki darsda qo‘yilgan vazifani yanada samarali hal qilishga qaratilgan yangi yo‘l, imkoniyat sifatida qaralishi; o‘quvchilar o‘zlari mustaqil xulosa chiqarib topadigan yangi g‘oyalar ijodkorlik darslarining asosiy mahsuli sifatida qaralishi; axborotlarni yig‘ish, tahlil va talqin qilishni kompetensiyalarni shakllantirishning muhim jihati sifatida qaralishi.


Xalqaro pedagogik amaliyotda o‘quvchilarda bilish kompetensiyalarini shakllantirish jarayonlarini takomillashtirish strategiyalarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish mexanizmlarini loyihalashtirish ham nazariy ham amaliy jihatdan ilmiy asoslash muhim hisoblanadi. Bu davlat, jamiyat va shaxs ehtiyojlarining rivojlanish darajasi bilan o‘quvchilarda o‘quv-bilish jarayoni kompetensiyalarini shakllantirish jarayonlari sub’ektlari (o‘quvchi va o‘qituvchilar)ning shaxsiy xislatlari va kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish darajasi va ilmiy-metodik ta’minot o‘rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish bilan bog‘likdir [3].


Kompetensiyali yondashuvga asoslangan ta’limning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u kishini hayotga, jumladan mehnatga (kasbga) tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan tizimlashgan, muddatli, rasmiy, tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarni berish orqali uni muayyan mahorat, qobiliyat yoki layoqat darajasiga yetkazish vositasidir.


Shuning uchun ham barqaror rivojlanish uchun ta’lim aynan tizimlashgan ta’lim bosqichlarida kishini muayyan bir kompetentlik darajasiga yetkazish vositasi deyish mumkin. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda kollej, bakalavr, magistr, fan doktori diplomi yoki uning kasbiy klassifikatordagi shifriga qarab emas, balki kompetentlik darajasiga qarab ishga oladi [4].


Kompetentsiyaviy yondashuv deganda nimani tushunamiz? «Competence» so‘zi «to compete» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «musobaqalashmoq», «raqobatlashmoq», «bellashmoq» degan ma’noni bildiradi. So‘zma-so‘z tarjima qilinsa «musobaqalashishga layoqatlilik» ma’nosida keladi.


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillar bo‘yicha Davlat dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi [5] qarori asosida mamlakatimizda yangi tipdagi davlat ta’lim standartlariga «kompetensiya» so‘zi kiritila boshlandi. Kompetensiya keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u inglizcha «sompetence», ya’ni


«mahorat», «qobiliyat» muayyan bir sohada bilimli, tajribali degan ma’nolarni ham anglatadi [6]. Bugungi kunda xorijda «kompetensiya» va «kompetentlik» tushunchalari bo‘yicha turli izohlashlar


mavjud. Jumladan, G.K.Selevko [7] fikricha, «kompetensiya» – sub’ektning maqsadni qo‘yish va unga erishish uchun ichki va tashqi resurslarni samarali tashkil etishga tayyorgarligidir.


Globallashuv jarayoni nafaqat jamiyatga, balki yoshlarga ham katta ta’sir ko‘rsatmokda. Bugun zamonaviy bilimlar va ma’lumotlarni o‘zlashtirmagan o‘quvchi raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishi mushkul. Shu o‘rinda «kompetentlik» va «kompetensiya» tushunchalarini o‘ziga xos tarzda talqin qiladi va kompetensiyani qismlarga ajratadi.


Ta’limda kompetensiyali yondashuv quyidagi prinsiplarga asoslanadi: jamiyatga ijtimoiy moslashuv, shaxsiy rivojlanish va yashash uchun ta’lim olish; ta’limda qanday natijalarga erishish va uni takomillashtirish, o‘zini baholash kabi ishlarni rejalashtirish imkoniyatlarini o‘quvchiga berish; ta’lim muassasalarini boshqarishga, uning faoliyatini baholashga ota-onalarni, o‘quvchilarni va tegishli jamoat tashkilotlarini jalb etish; o‘quvchilarning qiziqishlariga ko‘ra mustaqil ishlarning turli shakllarini tashkil etish va natijalari uchun javobgarlik hissini tug‘dirish.


Ta’lim jarayonida kompetensiyali yondashuvni amalga oshirish uchun o‘qituvchiga o‘quv fanlarini o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlardan butunlay farq qiladigan malakalar (kompetensiyalar) kerak bo‘ladi.


156
Eng muhimi o‘quvchiga bo‘lgan yangicha munosabatni ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Maqsad: ta’lim jarayonida o‘quvchilarga tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga yordam berish. Tayanch kompetensiyalarni egallash hozirgi zamonaviy jamiyatda, o‘zining shaxsiy va jamoadagi hayotida muaffaqiyat qozonishga imkon beradi.


Shunga ko‘ra, pedagog quyidagi kasbiy sifatlarga ega bo‘lishi talab etiladi: o‘quvchilarga samimiy va qiziqish bilan qarash; hamkasblari va o‘quvchilarining ma’qul (konstruktiv) bo‘lgan tanqidlarini qabul qilishga tayyor bo‘lish, o‘z faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritish; atrofdagi olamda bo‘layotgan voqealar va ijtimoiy vaziyatlarga nisbatan o‘zining shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lish va ular haqida o‘quvchilar bilan fikr almashish; o‘qitishda o‘ziga xos pozitsiyaga va o‘qitish uslubiga ega bo‘lish, boshqalardan ajralib turadigan tomonlari bo‘lish; o‘quvchilari bilan o‘z fikrlari va hissiyotlari bilan o‘rtoqlashish; o‘zini kompetent holda tutish, natija uchun shaxsiy javobgarlik, qiziquvchanlik, bahs yurita olish va boshqalar.


Boshlang‘ich ta’lim tizimiga mos keladigan kompetensiyalar xarakteristikasi quyidagilardan iborat: izlash - atrofdagilardan so‘rash, o‘qituvchidan konsultatsiya olish, axborot olish; o‘ylash - o‘tmishdagi va hozirgi hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rnatish, u yoki bu fikrlarga tanqidiy yondashish, ishonchsizlik va murakkablikka qarama- qarshi tura olish, diskussiyalarda o‘z o‘rnini egallash hamda o‘z shaxsiy fikrini ishlab chiqish; hamkorlik - guruhda ishlay olish, yechim qabul qila olish, kelishmovchiliklarni bartaraf etish, o‘z bo‘yningizga olgan majburiyatni ishlab chiqish va bajarish; ishni o‘z qo‘liga olish - ishga kirishish, javobgarlikni olish, guruh yoki jamoaga kirish, o‘z hissasini qo‘shish, o‘z ishini tashkil etish; moslashish - axborot va kommunikatsiyalarning yangi texnologiyalaridan foydalanish, qiyinchiliklarga qarshi turib berish, yangi yechimlarni topish.


Agar quyidagi shartlarga amal qilinsa, mazkur kompetensiyalar o‘quvchilar tomonidan egallanishi mumkin,: o‘qitishning faoliyatli xarakteri; o‘quv jarayonining o‘z faoliyati natijalariga mustaqilligi va javobgarligini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi; maqsadga erishishda tajribani egallash uchun sharoitni yaratish.


«Kompetensiya»ni shakllantirish faoliyatga erishish bo‘yicha maqsadni qo‘yish va rejalashtirishni o‘rganish; ochiq manbalar (lug‘at, darslik kabi)dan foydalanib, muhim axborotlarni topishni o‘rganish; guruhda ishlash ko‘nikmalarini takomillashtirish, o‘z qarashlarini aytish; umumiy natijaga erishish uchun o‘z hissasini qo‘shish; ishlarni bajarishga o‘ziga javobgarlikni olish; mustaqil ijodiy ishlar ko‘nikmasini singdirish; bilim va ko‘nikmalarni real vaziyatlarda qo‘llashni o‘rganish; o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini singdirish kabi vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.


Shuning uchun ham boshlang‘ich umumta’lim standarti quyidagi asosiy maqsadlarni bajarishni ta’minlashi kerak: o‘quvchi shaxsini, uning ijodiy qobiliyatini, o‘qishga qiziqishini rivojlantirish, o‘qish istagi va ko‘nikmasini shakllantirish; axloqiy va estetik tuyg‘usini tarbiyalash; bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini, faoliyat turlarini amalga oshirish tajribasini o‘zlashtirish; o‘quvchilarning jismoniy, psixik sog‘ligini saqlash va mustahkamlash; o‘quvchining individualligini qo‘llab-quvvatlash.


Zamonaviy ta’lim tizimida kompetensiyali yondashuv ta’limning sifatini ta’minlaydi, o‘quvchilarning faolligini oshirishga xizmat qiladi. Bunda o‘qituvchi faoliyati muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda ta’limning maqsad va vazifalariga mos o‘quv materiallari, ta’lim texnologiyalari tanlanishi lozim. Shundagina o‘quvchilarda tayanch hamda fanga oid kompetensiyalar samarali shakllanadi. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘zining kasbiy bilimlarini muntazam boyitish, axborot hamda pedagogik texnologiyalar bilan qurollanishini talab qiladi. Bu boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi faoliyatiga ko‘prok taalluqli. Chunki, pedagogik texnologiya mazmunining asosi bo‘lgan ta’lim sub’ektlarining o‘zaro hamkorligi boshlang‘ich sinflarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.


Bugungi kun – umumta’lim maktablari yaxlit universal bilimlar, ko‘nikmalar, shuningdek, mustaqil faoliyat tajribasi va o‘quvchilarning shaxsiy javobgarlik tizimini shakllantirish, ya’ni, zamonaviy ta’lim sifatini aniqlovchi tayanch kompetensiyalarni talab etmoqda. Hozirda kompetensiyaning umumiy qabul qilingan ta’rifi yo‘q. Tayanch kompetensiyalar deyilganda, o‘z xarakteri va qo‘llanishi bo‘yicha universial kompetensiyalar nazarda tutiladi. Tayanch kompetensiya bu, o‘qiy olish ko‘nikmasi, shaxsning o‘zini o‘zi rivojlantira olish qobiliyati. U faoliyatning har qanday sohasidagi ko‘nikma va malakalar, bu shaxsning turli xil vazifalarni uddalay olish qobiliyati. Ularning shakllanishi har bir o‘quv predmeti doirasida amalga oshiriladi.


Tayanch kompetensiyalarni shakllantirish bugungi kunda o‘qitishning bosh maqsadi bo‘lib qolmoqda, chunki u o‘quvchiga o‘z o‘quv muvaffaqiyatlarini oshirishga imkon beradi. Shuning uchun ham o‘qituvchi o‘z faoliyatida ko‘proq boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining quyidagi tayanch kompetensiyalarini shakllantirishga e’tiborni qaratishlari lozim: qadriyatli- mazmundor, o‘quv-bilish, axborot va kommunikativ.


157
Tayanch ta’lim kompetensiyalarni shakllantirish keng qamrovli bilim, ko‘nikma va malakalar orqali kirib keladi. Unda har bir o‘quv fani (o‘quv kursi), modulining o‘z o‘rni va ahamiyati bor. Tayanch ta’lim kompetensiyalarni shakllantirish uchun birinchi navbatda, ularni har bir o‘quv kursi yoki modulining o‘quv reja va dasturlariga singdirilishi kerak. So‘ngra, o‘quv kurs va modullari bo‘yicha yaratilayotgan tayanch kompetensiyalarni o‘quv adabiyotlarni yaratishda, jumladan qayta nashrga tayyorlashda, ularga tadbiq etish lozim.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:



  1. Konsepsiya modernizatsii rossiyskogo obrazovaniya na period do 2010 g. // Modernizatsiya rossiyskogo obrazovaniya. Dokumentы i materialы. - M.: Izd-vo VShE, 2002. - S. 263-282.




  1. U.I. Inoyatov. Zamonaviy elektron didaktik vositalarni yaratish, ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo. Zamonaviy uzluksiz ta’lim muammolari: innovatsiya va istiqbollar. Xalqaro ilmiy konferensiya. – Toshkent:. 2018. B.3.




  1. S.T.Turg‘unov. Pedagogik jarayonlarda o‘quvchilar refleksiv faoliyatini tashkil etish va boshqarish. Zamonaviy uzluksiz ta’lim muammolari: innovatsiya va istiqbollar. Xalqaro ilmiy konferensiya. – Toshkent:. 2018. – B.12.




  1. M.Mayburov. Vыssheye obrazovaniye v razvitыx stranax // Obrazovaniye za rubejom. № 2, 2003.- S. 132-144.

  2. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami, 2013. 20-son, 251 b.




  1. Kompetensiya. Inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha lug‘at. -T.: «Pedagog», 2007.;

Slovar inostrannыx slov.-M.: «Akademiya», 2014.- S.191.



  1. G.K.Selevko. Sovremennыe obrazovatelnыe texnologii. - M.: Narodnoye obrazovaniye,

1998. - 256 s.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish