Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


FARZAND TARBIYASI – HAMMANING ISHI



Download 7,41 Mb.
bet103/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

FARZAND TARBIYASI – HAMMANING ISHI


Umarova Hilola Farmonovna
Buxoro viloyati Olot tuman 33-maktab ona tili fani o’qituvchisi

Har bir davrda farzand tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etgan. Ayniqsa, hozirgi kunda farzandlarimizni chiroyli odob-axloq, yaxshi ta’lim-tarbiyali insonlar qilib voyaga yetkazish davlat miqyosidagi dolzarb masala ekanini har birimiz yaxshi tushunamiz. Manbalarda keltirilishicha, ―hokim‖ so‘zi ― (arabcha ―hakama‖ so‘zidan olingan) hukm chiqaruvchi, hukm qiluvchi, rahnamo, dohiy ma’nolarida qo‘llanadi. Demak, hokim har tomonlama yetuk, uzoqni ko‘ra biluvchi, rahmdil va adolatli, shuning barobarida xalqning tarbiyasiga ham mas’ul shaxsdir. Mas’uliyat hissi, o‘z navbatida, javobgarlik tuyg‘usini keltirib chiqaradi. Xalq manfaatiga befarq bo‘lmaslik, yuqori darajadagi mas’uliyat avvalambor tarbiyada ko‘rinadi. Ma’lumki, farzandlar tarbiyasiga e’tibor qayerda kuchli bo‘lsa, o‘sha joyda huquqbuzarlik, jinoyatchilik barham topadi. Aksincha bo‘lsa, ma’naviyat inqirozga yuz tutadi.


Shuningdek, mamlakat rahbari ko‘p bora takrorlayotgan ―o‘z bolangni o‘zing asra‖ hikmati ota-onalar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. Uni yurakdan his qilib, e’tiborli bo‘lgan kattalar mamlakat ravnaqiga xizmat qilgan bo‘ladi. Binobarin, farzand tarbiyasi – hammaning ishi. Ularning muvaffaqiyati – millat yutug‘i. ―Bola ota-ona qo‘lida bir omonatdir‖, ―Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona‖, ―O‘z qo‘lingiz bilan bolangizni halokatga tashlamang‖, ―O‘z bolangiz tarbiyasiga o‘zingiz mas’ul, ogoh bo‘ling‖,


―O‘z uyingni va o‘z bolangni o‘zing asra‖, ―Befarqlik – illat, oqibati – g‘urbat‖ kabi iboralar bejiz shakllanmagan, axir.


Ota-ona bolalariga beradigan hadyalar, go‘zal liboslar, sarhil ichimligu yeguliklar ma’naviyat ko‘magisiz zararli odatlar urchishiga xizmat qilishi mumkin. Chunki ma’naviyat zamiriga qurilmagan har qanday tarbiya vayronkorlik tomon yuz burishi – haqiqiy ma’nodagi tahdidga aylanishi tabiiy.


Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabat ishonch va hurmat tamoyillariga asoslanishi lozim.


Shundagina kutilgan maqsadga erishiladi.

Aslida, tarbiyachining o‘zi kezi kelganda tarbiyalanuvchi – o‘rganuvchi bo‘lishi talab qilinadi. Aks holda, sharq xalqlariga xos uzluksiz tarbiya tizimiga putur yetadi. Unga ko‘ra, har bir inson – uning yoshi va jinsidan, ijtimoiy holatidan qat’iy nazar – tarbiyalanuvchidir. Zero, tarbiya ko‘rgan odamgina boshqalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘ladi.


Demak, masala jiddiy va o‘ta dolzarb. Tarbiya mas’uliyat va javobgarlik, qolaversa, omonatdorlik masalasidir. Omonatlarimiz – aziz farzandlarimiz tarbiyasiga befarq bo‘lmaylik, Vatan oldidagi burch va mas’uliyatimizni bajarishda kechikmaylik!


Har bir so‘zning o‘z ma’nosi bor. Uning mazmun-mohiyati keng so‘z maydonini qamrab olishi mumkin. Ana shunday so‘zlardan biri mas’uliyat. Mas’uliyat – so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, ―javobgarlik, hisob berish‖ degan ma’nolarni bildiradi. O‘zagi – savol. Demak, mas’uliyat odamning zimmasiga yuklatilgan ishni bajarishdir.


Farzand atrofini o‘rab turgan kattalar ta’siri, tarbiyasi sifatiga bog‘liq holda shakllanishi ma’lum. Xo‘sh, bugungi yoshlar kimdan o‘rnak olayotir? Ular kimga o‘xshashga intilayotir? Savolning javobi oilada. Farzand hamma odatni avval ota-onasidan o‘rganadi. Shundan ular birinchi ustozdirlar. Buni o‘zlari


153
istaydilarmi yoki yo‘q – farqi yo‘q.


Kattalar mas’uliyatli bo‘lsa, bu fazilat bolalarga ―yuqishi‖ tabiiy. Shu sabab mas’uliyat bolalar ongi va shuuriga tarbiyaning ilk bosqichidan singdirilishi lozim. Tarbiya va mas’uliyat mushtarak, uyg‘un, biri boshqasini to‘ldiruvchi bo‘lsin. Farzandga boshlagan ishini oxiriga yetkazishga odatlantirish ham tarbiyani, ham mas’uliyatni oshiradi.


Tartib odatga, odat beixtiyor amal qilinadigan majburiyatga aylanishi zarur. Masalan, bola qo‘lini yuvib, sochiqni ilingan joydan olib artadi.


Lekin uni qayta o‘z joyiga iladimi? Yoki bola o‘ziga buyurilgan biror yumushni oxiriga yetkazdimi? Tekshiring. Bu mas’uliyatni his qilishga undaydi. Tekshirmadingizmi? Keyingi safar u buyurgan yumushingizni oxiriga yetkazmasa ham bo‘laveradi, qabiliga o‘tadi. Aybdor kim? Albatta siz. Natija ham ma’lum – mas’uliyatsizlik va uning ortida izma-iz keladigan huquqbuzarlik va jinoyatchilik.


Bola tarbiyasi muhim yana ayrim jihatlar bor. Salom. So‘zlash. Xayr. Bola maktabgacha ta’lim muassasasiga bora ekan ajdodlaridan meros ―assalomu alaykum‖ni aytmoqdami yoki onasi bilan birga ko‘rib seriallardan o‘zlashtirgan koreyscha egilib qo‘ya qolayotirmi? Uning so‘zlash odobi qandayu qay tarzda xayrlashmoqda? Bola qanday o‘yinchoqlarni do‘st tutgan? Ularga ham tartibni ―o‘rgatmoqda‖mi? Bularga tarbiyachi ham, ziyrak ota-ona ham birdek mas’ul.


Bu jihatlarga e’tiborsizlik kattalar mas’uliyatsizligidir. Binobarin, tarbiyachi nafaqat bir bola mas’uliyatini oshiradi, balki buning guvohi bo‘lib turgan boshqa bolalarning ham odatiga aylanishiga erishadi.


Xullas, mas’uliyat – fazilat. U to‘laqonli shakllansagina javobgarlik uchun o‘rin qolmaydi. Tartib-intizom mustahkam bo‘ladi. Inson yuksak ma’naviyat egasiga aylanadi. Jamiyatda odob-axloq qaror topadi.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish