Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


Konsepsiya oldiga qo‘yilgan vazifalar



Download 7,41 Mb.
bet111/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

Konsepsiya oldiga qo‘yilgan vazifalar:
- ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;

165


  • tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;




  • uzluksiz tarbiya tizimida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish;

- tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish;





  • oila, ta’lim muassasalari va mahalla, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish;




  • ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishdan iborat.

Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi” to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:


- birinchi bosqich – oilalarda (ikki davr: 1-davrhomila davri,
2-davr – bola tug‘ilganidan 3 yoshgacha bo‘lgan davr);

  • ikkinchi bosqich – maktabgacha ta’lim 3-6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr;



- uchinchi bosqich – umumiy o‘rta ta’lim tizimida (ikki davr: 1-davr – 7 (6)-10 yosh boshlang‘ich sinf, 2-davr – 11-17 yosh o‘rta va yuqori sinflar);



  • to‘rtinchi bosqich – ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari tizimida (ikki davr: 1-davr – o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar – 17-30 yosh, 2-davr – o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarining o‘quvchi-talabalari 15-22 (24) yosh).

Konsepsiya ijrosi uchun mas’ul vazirlik va idoralar:





  • Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtiruvchi “Ma’naviy tarbiya” respublika jamoatchilik kengashini tashkil etish.




  • Uzluksiz ma’naviy tarbiya” ruknida ota-onalar, pedagoglar, bolalar va o‘smirlar uchun darsliklar, adabiyotlar, mediamahsulotlar, ilmiy-metodik majmuasini yaratish.




  • Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va rejalari asosida o‘quvchilarda yoshiga mos tayanch ma’naviy-axloqiy fazilatlar, kompetensiyalarni shakllantirish.




  • I-XI sinflar uchun “Tarbiya” fanini joriy qilish.




  • Umumta’lim muassasalarining “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish hamda amalga oshirish.




  • Ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini axloqiy fazilatlar majmui bo‘lgan milliy tarbiya an’analari, vositalari, shakllarini o‘rganish maqsadida mamlakatimiz hududlariga etnopedagogik ekspeditsiyalarni tashkil etish. To‘plangan tarbiyaviy meros asosida kitob va qo‘llanmalar, ko‘pjildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni yaratish hamda chop etish.




  • Jamiyatda milliy tarbiya an’analari, qadriyatlarini tiklashga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish;




  • yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini o‘rgatish;




  • yoshlarda turli ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish va shu kabi 61 ta Respublika va xalqaro miqyosidagi tadbirlarni samarali o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab qo‘yilgan.

Konsepsiyada bunga tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, tayanch fazilatlarni kafolatli loyihalashtirish va o‘rgatishda oila, maktabgacha ta’lim muassasasi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik imkoniyatlarini to‘liq ishlatish va ular orasida ilmiy-metodik hamkorlikni yangi darajaga ko‘tarish masalasi rejalashtirilgan.


Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida tarbiya bolalar ta’limdan bo‘sh vaqtida amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, buning oqibatida tarbiya uzuq-yuluq jarayon bo‘lib kelganligi hamda jamiyatning pedagogik madaniyati pasayib, maktabgacha ta’lim, maktab pedagoglari, ota-onalarning tarbiyaga oid pedagogik-psixologik bilimlari zamon talablariga javob bermayotganligi qayd qilinib o‘tiladi. Buning oqibatida yo‘l qo‘yilgan xatolardan eng ko‘p tarqalgani – og‘zaki tarbiya davom etayotganligi, ota-onalar, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari, maktab o‘qituvchilari bolalarga Vatanga sadoqat, mas’uliyat, tadbirkorlik va boshqa fazilatlar nazariy ma’lumotlarga aylanib, bolalarning odatlariga aylanmayotganligi, ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amalga erishmayotganligi natijasida yoshlarning Vatanga sadoqat, mas’uliyat, tadbirkorlik, mehr-oqibat haqida so‘zlari bilan yoshiga mos amallari orasida tafovut namoyon bo‘layotganligi qayd qilinadi.


166
Konsepsiyada tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar birdaniga ko‘rinmasligi, noto‘g‘ri tarbiyaning asoratlari oradan ko‘p yillar o‘tgach, jamiyatda inson omili tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarda ko‘rinishi mumkinligi qayd qilib o‘tilgan.


Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mazkur uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasidan tarbiyaning tizimli va uzviyligini ta’minlashda quyidagicha natijalar kutilmoqda:





  • konsepsiyaning joriy qilinishi uzluksiz ma’naviy tarbiya jarayonining tizimli tashkil etilishiga, tarbiya sohasining ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida takomillashuviga, yoshlarning Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘ri kenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi tayanch kompetensiyalar bilan mustaqil hayotga kirib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.




  • oilalar, ta’lim muassasalari, mahallalar va korxonalarda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish layoqatiga ega bo‘lgan yoshlarning ma’naviy kamol topishi uchun zarur bo‘lgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik sog‘lom va barqaror muhit yaratiladi.




  • jamiyatda jinoyatchilik, ekstremizm, terrorizm, korrupsiya, firibgarlik, ko‘zbo‘yamachilik, yolg‘onchilik, egotsentrizm, axloqiy buzuqlik, oilaviy ajrimlar, mehr-oqibatning kamayishi, “ommaviy madaniyat”ga

ko‘r-ko‘rona taqlid, loqaydlik, begonalashuv, o‘zibo‘larchilik, farzand tarbiyasida mas’uliyatsizlik, oilaviy qadriyatlar inqirozi, el-yurt taqdiriga befarqlik kabi illatlar keskin kamayadi. Band bo‘lmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishga, kelajakka bo‘lgan ishonchi oshadi. Mamlakat dunyoda raqobatbardosh, boy inson kapitaliga ega bo‘ladi.





  • oila, ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ota-onalarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz to‘g‘risida bilimlar shakllanadi, ularni o‘rganish, saqlash, targ‘ib qilish, o‘rgatish orqali milliy fazilatlarning avloddan-avlodga bezavol o‘tib borishi ta’minlanadi.




  • konsepsiyaning amalga oshirilishi jamiyatda ma’naviy-axloqiy muhitning sog‘lom va barqaror bo‘lishiga salmoqli hissa qo‘shadi.

Farzandlarimizni ilm-fan va ta’lim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga muvofiq ekan, o‘z o‘rnida tarbiya esa ma’naviyat bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz ta’lim-tarbiyasida esa ma’naviy tarbiya katta ahamiyatga ega. Eng muhimi, farzandlarimiz tarbiyasiga etiborli bo‘laylik, aynan shu mezon bolalarimizni ma’nan, ruxan sog‘lom, o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan barkamol bo‘lib o‘sib unishining asosidir.





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish