Homila tarraqiyoti haqida qisqacha malumot Reja • Embrional taraqqiyot davrlari



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#557242
Bog'liq
anatomiya 4 chi mavzu - Copy



Homila tarraqiyoti haqida qisqacha malumot 
Reja

Embrional taraqqiyot davrlari. 

Embrional rivojlanish davrda homila pardalari haqida tushuncha berish 
 

Odam va hayvonlarda embrional taraqqiyot 4 davrga bo'lib o'rganiladi:

I. Urug'lanish davri;

II. Boiinish davri;

III. Gastrulyatsiya davri;

IV. Organogenez va gistogenez. to'qima va a'zolar hamda homila qobiqlari hosil bo'lish davri.

Embrional taraqqiyotning har bir bosqichini embriologiya fani o'rganadi 

Pusht (embrion) – bu organizm bo‘lib, u tuxum pardalari ichida yoki ona organizmi ichida 
rivojlanadi. Pusht yoki embrional taroq qiyot bu individual taroqqiyotning erta davri bo‘lib, unda 
urug‘lanish dan boshlab tug‘ilgunicha yoki tuxum pardalaridan chiqishigacha bo‘lgan davr 
tushuniladi. 

Odamda ona qornida rivojlanish o‘rtacha 280 kun yoki 10 oy davom etadi. Akusherlik amaliyotida 
pusht (embrion) deb ona qornida birinchi 2 oyda rivojlangan organizmga aytiladi, III oydan to X 
oygacha bo‘lgan davrdagi rivojlanish homila yoki fetal davr deb ataladi 

Jinsiy hujayralar yangi organizmlarning paydo bo‘lishi manbayi bo‘lib hisoblanadi. Yangi organizm 
hosil bo‘lishi uchun erkak va ayol jinsiy hujayralari qo‘shilishi lozim. Bu jarayon urug‘lanish deb 
ataladi. 

Erkaklar jinsiy hujayrasi spermiy yoki spermatozoid, ayollar jinsiy hujayrasi esa – tuxum hujayra 
deb ataladi. Odamning tuxum hujayrasi – yirik harakatsiz bo‘lib, spermiy o‘lchamidan 100 marta 
katta.

U ayol tuxum donida rivojlanib, bo‘lajak organizmni sitoplazmaning asosiy massasi va oziqa 
moddalar bilan ta’minlaydi. Ayol jinsiy hujayralarining rivojlanishi ovogenez deb ataladi. 

Har bir ovosit epiteliy hujayralari bilan o‘ralgan bo‘lib, ular bilan bir galikda birlamchi tuxum 
pufakchani (birlamchi follikula) hosil qiladi 

Navbat dagi ovositning o‘sish dav rida follikulyar epiteliy o‘sib, uning hujayralari orasida ichida 
suyuqligi bor bo‘shliq paydo bo‘ladi va ikkilamchi (pufakchali) follikula – Graaf pufakchasi hosil 
bo‘ladi.

Yetilgan follikulani yorilishi va tuxumdondan tuxum hujayraning chiqishi ovulyatsiya deb ataladi. 

Odam tuxum hujayrasi sharsimon bo‘lib, yaltiroq parda va nurli toj hosil qilgan follikulyar hujayralar 
qavati bilan o‘ralgan. Uning diametri 120–150 mkm. U urug‘lanish qobiliyatini 1–2 kun saqlaydi, 
so‘ngra halok bo‘ladi va parchalanadi. 

Erkaklar jinsiy hujayrasi spermatozoid (spermiy) boshcha, bo‘yin cha, tana va dum qismlaridan 
iborat. Boshchasi akrosoma va yadroni tutadi. Spermatozoidning tanasi va dumi harakatlantiruvchi 
apparat hisob lanadi. 

Moyakda spermiy katta miq dorda hosil bo‘ladi. Erkaklar jinsiy hujayralarini rivoj lanishi 
spermatogenez deb ataladi 

Urug‘lanish jarayoni erkak va ayol jinsiy hujayralarini yangi bitta hujayra – zigotani, yangi avlodni 
bir hujayrali organizmini ho sil qilib qo‘shilishidan iborat bo‘ladi 

Pusht taroqqiyotining birinchi haftasi – zigotaning qiz hujayralarida maydalanish (maydalinish 
to‘liq, ammo bir tekis emas) davri.



Maydalanish bilan birga pusht bachadon nayida bachadonga qarab suriladi. Bu 3–4 kun davom etadi. 
Bu davrda pusht hujayralar to‘plami – blastulaga aylanadi.

Yirik qoramtir va mayda oqish hujayralar – blastomerlar hosil bo‘ladi. Dastlab malina mevasi 
shaklini eslatuv chi blastomerlar to‘dasi – morulla, keyin esa sharsimon bir qavatli pusht – blastula 
hosil bo‘ladi.

Hujayralar qavatidan iborat blastula devori blastoderma, bo‘shlig‘i esa blastotsel deb ataladi. 
Maydalanish natijasida yuza joylashgan blastomerlarda pushtni oziqlanishida ishtirok etuvchi parda 
– trofoblast paydo bo‘ladi. 

Markaziy blastomerlar embrioblastni (push tugunchasi) hosil qiladi. Undan pusht tanasi rivojlanadi. 
Yuza qavat trofoblast bilan pusht tugunchasi o‘rtasida oz miqdorda suyuqlik to‘planadi.

Taraqqiyotning birinchi haftasini oxirida (homiladorlikning 6–7 kunlari) pusht bachadonning shilliq 
pardasiga botib kirib, unung implanta tsiyasi ro‘y beradi 

Pusht taroqqiyotining ikkinchi haftasi pusht tugunchasi hujayralarini ikki qavatga bo‘linib, ulardan 
ikkita pufakcha hosil bo‘lish bosqichi.

Trofoblastga yaqin turgan tashqi qavat hujayralaridan amnion suyuqligi bilan to‘lgan ektoblast 
(amnion) pufakchasi hosil bo‘ladi. Pusht tugunchasining ichki qavati hujayralaridan entoblast (sariq 
lik) pufagi shakllanadi. 

Bu davrda pusht ikki qavatli qalqonni eslatuvchi ikki varaqdan: pushtning tashqi varag‘i (ektoderma) 
va pushtning ichki varag‘i (entoderma)dan iborat bo‘ladi 

Pusht taroqqiyotining uchinchi haftasi uch qavatli qalqoncha hosil bo‘lish davri hisoblanadi.

Keyingi davrda a’zolar va to‘qimalarning kurtaklarini ajralishi va ularning shakllanishi ro‘y beradi 

Embrion taraqqiyotining homila qobiqlari hosil bo‘lish davrida uchta parda hujayralari hosil boladi: 
1) tashqi embrional parda — ektoderma; 2) o‘rta embrional parda— mezoderma; 3) ichki embrional 
parda— entoderma.

Tashqi homila pardasi— ektodermadan: teri epiteliysi, soch, tirnoq, og’iz bo'shlig'ining shilliq 
qavati, tish emali, to‘g'ri ichak ichki qavati, tashqi jinsiy a ’zo yo'llarining ichki yuzasi, teri bezlari, 
sut bezi taraqqiy etadi.

Ektodermaning — neyroektoderm a qism idan m arkaziy va periferik nerv sistemasi (orqa miya, 
bosh miya, orqa miya va bosh miya nervlari), tashqi embrional qavatdan og'iz bo'shlig’idagi so'lak 
bezlari ham taraqqiy etadi. 

II. O 'rta homila pardasi— mezodermadan: teri osti to'qimasi (dermatom bo'limidan); skelet suyaklari 
(sklerotom bo'lim idan); ko'ndalang-targ'il m ushaklar (miotom bo'limidan) taraqqiy etadi. 
Homilaning o'rta qavati — mezoderma boshlang'ich paytda 43-44 ta alohida bo'lakka ajralgan 
somitlami (soma-tana) hosil qiladi.

Segment holidagi somitlar mezodermaning oldingi bo'lagi hisoblangan splanxnotomlar (splanchna— 
ichki a ’zolar) bilan oyoqchalar— nefratomlar vositasida birikadi.

Har bir somit o'z navbatida 3 qismga ajratiladi: dorza-lateral (orqa-yon) qismi — dermatom; medio-
ventral (oldingi-ichki) qismi — skleratom; o ‘rta qismi — miotom. Dermatom qismidan — teri osti 
kletchatkasi va biriktiruvchi to‘qimalar taraqqiy etadi.

Skleratomdan— suyaklar taraqqiy etadi.

Miotomdan esa tana mushaklari taraqqiy etadi.

Mezodermaning oyoqchalari bo'lgan nefrotomlardan buyrak va siydik chiqaruv yollari hamda jinsiy 
a ’zolar taraqqiy qiladi. Splanxnatomlar esa ikki varaqqa bo'linadi: pariyetal varaq ektodermaga tegib 
tursa, visseral varaq entodermani o'rab oladi.

Splanxnatomlardan perikard. plevra va qorin pardasi taraqqiy etadi.

Ш. Ichki homila pardasi— entodermadan nafas hamda hazm a’zolari va ularning tarkibidagi bezlar 
taraqqiy qiladi. Ichki embrional qavatdan: nafas yo'llari hamda o'pka epiteliy qavati va og'iz 
bo'shlig'ining orqa qismidagi va halqum shilliq qa vatlarining bez to'qimalari (gipofiz, qalqonsimon 
bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, ayrisimon bezlar) taraqqiy etadi.



Endodermadan: qizilo'ngach, me'da, ingichka ichak vayo‘g'on ichaklarning shilliq qavati va ular 
tarkibidagi bezlar, hamdajigaming o‘t yo'llari,jigar, me’da osti bezlari taraqqiy etadi. 










Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish