Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


OILADA SOG‘LOM TURMUSH TARZI MUHITI – SOG‘LOM KELAJAKDIR



Download 7,41 Mb.
bet94/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

OILADA SOG‘LOM TURMUSH TARZI MUHITI – SOG‘LOM KELAJAKDIR

Sayyora Mirzayeva Rustamovna




TDPU tayanch doktoranti

Xalqimizning ilk yozma asarlaridan bo‘lmish “Avesto”da nikoh-oila masalasiga, oilalarning reproduktiv xulqiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “Avesto”da naslning asl bo‘lish omillariga ham alohida e’tibor berilgan. Birinchi navbatda, oila quradigan yigit va qizlarning har tomonlama benuqson, sog‘lom bo‘lishi hisobga olingan. Uzoq o‘tmishdan boshlab to bugungi kunlarimizgacha bu masalaga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Oilalarimizda avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlik sezilarli darajada mustahkam. Ayol kishiga bo‘lgan munosabatga oid hadislarda ayol kishi bolaligida otasi izmida, yetukligida eri izmida va keksayganda o‘g‘li izmida bo‘lishi lozimligining ta’kidlanishi ham, ayollarning farzandlari voyaga yetganlaridan so‘ng ham “o‘z holicha” qolmasliklarini bildiradi. Umuman, o‘zbek oilalarida ota-onalar o‘z farzandlarini tarbiyalab voyaga yetkazganlaridan so‘ng, ularning farzandlari tarbiyasi, ularning taqdiri masalalariga ham bee’tibor bo‘la olmaydilar.


Mamlakatimizda milliy mentalitetimiz va asrlar davomida saqlanib kelinayotgan udumlar va an’analarimizga e’tibor bersak, bizning ajdodlarimiz uchun salomat bo‘lish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish azaliy qadriyatlardan biri bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz nasl tozaligiga, orastalik va ozodalikka katta ahamiyat berganlar. Farzandlariga zararli odatlar bo‘lmasligi uchun shu qadar oilaviy udumlar, rasm-rusumlar ko‘p bo‘lganki, ular tufayli yigit va qizlar sog‘-salomat nikohga kirganlar, kelin tanlashda ham yetti pushtini, nasl-nasabini surishtirish odatga aylangan.


Darhaqiqat, barkamol avlodni voyaga yetkazishda sog‘lom oilaviy muhitning ahamiyati beqiyosdir. Sog‘lom oilaviy muhit – bu oilani tashkil etuvchi barcha a’zolarning o‘zaro kundalik munosabatlari, o‘zaro muomalalari xarakteridan kelib chiqadigan ma’naviy-ruhiy muhit bo‘lib, undagi ustivor qadriyat – hamjihatlik, murosa va o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, qo‘llab-quvvatlov, ijobiy tajribaning bir avloddan ikkinchisiga ziddiyatlarsiz uzatilishini nazarda tutuvchi fazilatlar, sog‘lom turmush tarzi-qoidalariga barcha


oila a’zolarining rioya etishlari va kundalik odatga aylantirganliklaridan iboratdir.

Sog‘lom turmush tarzining eng muhim ko‘rsatkichi – bu oilaning barcha a’zolarida sog‘lom turmush malakalari, o‘z salomatligiga nisbatan mas’uliyat, g‘amxo‘rlikning mavjudligi, turli zararli odatlar – chekish, spirtli ichimliklar istimol qilishga ruju qo‘ymaslik, muntazam sport bilan shug‘ullanish, ovqatlanish, kiyinish va muomila madaniyati qoidalariga rioya qilishdir.


142
FILOLOGIYA FANLARI





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish