Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 7,41 Mb.
bet92/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

A.Qodiriy nomli JDPI dots.v/b.

D.Raxmonova




2-kurs magistranti

O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng jamiyatimizda yuz berayotgan tub ijtimoiy siyosiy va ma'naviy o’zgarish umuminsoniy qadriyatlar tizimida insonning barcha shaxsiy ehtiyojlari, talablari va manfaatlarini, ayniqsa, o`sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy-ahloqiy va aqliy imkoniyatlarini yanada ko`tarishni taqozo etadi.


Shu jihatdan qaraganda, bolalarni ham jismonan, ham ahloqan, ham aqlan tarbiyalab voyaga yetkazish bugungi kunda Davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan.


Bu milliyligimizga asoslangan, rivojlangan mamlakatlar ta'lim standartlariga javob bera oladigan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to`g`risida”gi qonunda o’z tasdig’ini topgan. Mazkur qonunning ijrosini ta'minlash, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida “Bolajon” tayanch dasturi ishlab chiqildi. Bunda qonun va dasturlarda har tomonlama komil, ijodkor va aqliy faol shaxsni tarbiyalashda har bir bolaning aqliy imkoniyatlarini hizobga olish rivojlantirishda innovatsion-texnologiyalardan samarali foydalanish vazifa qilib qo`yilgan.


Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar barcha sohada qo`llanilgani kabi maktabgacha ta'lim sohasida ham qo`llanilmokda. Ayniksa, innovatsion-texnologiyalar bolalarga aqliy tarbiya berishda qo`llanilishi o’z samarasini bermoqda. ”Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,inson o’z umri davomida oladigan informasiyaning 70 foizini 5yoshgacha bo’lgan davrida olar ekan.Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak ana shu davrda uning qalbida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi”.7


Bola ta'lim tarbiyasi, aqliy yetuk, barkamol bo`lib yetishishi xususida shark mutafakkirlari merosiga nazar tashlasak unda quyidagi fikrlarni uchratishimiz mumkin.


A.N.Farobiy “Aqlli deb shunday kishilarni aytamizki, unda o`tkir zexn, idrok bo`lishi bilan birga u fazilatli ham bo’lsin. Bunday kishi o’zining butun qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarni amalga oshirishga, yomon ishlardan o’zini saqlashga va tortishga qaratgan bo’lmogi lozim. Shunday odamnigina aqlli va butun fikr yurituvchi deb atash mumkin” – deb ta'kidlaydi.


A.A.I.Sinoning aql, aqliy tarbiyaga oid qarashlari deyarli barcha asarlarida o’z ifodasini topgan. Olim aqlli 3 bosqichga bo`lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, yaxshi xali harflarni ham,


yozishni ham bilmaydigan bolalarni nazarda tutgan. Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni o’rganayotgan bolalarning aqli, uchinchi bosqichda aqliy shakllarni va ularga muvofiq xissiy obrazlarni egallagan inson tasvirlanadi.


I.Sino aql deganda, insonning tug’ma iste'dodini, bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatlarini tushunadi.


Aqlni 2 kategoriyaga bo`ladi:


Nazariy aql – borliqni umumiy narsalarni idrok etish.


Amaliy aql – buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko`rinadigan qobiliyatlar.

Ma'rifatparvar alloma A.Avloniy inson aql-zakovati va ma'naviy kamolotining yo`llari ustida tuxtalib shunday deb yozadiki: “Ilm dunyoning izzati, oxiratining sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o`z axvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko`rsatur, zexnimizni, fikrimizni qilich kabi o`tkir qilur, ilmsiz mevasiz daraxt kabidur” deb ta'kidlab o’tgan.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashda mashg’ulotlarning o’rni va axamiyati kattadir . Mashg`ulotlar orqali samarali natijalarga erishish ilgor zamonaviy texnologiyalarni qo`llash orqali


yuzaga keladi. Demak, pedagogik texnologiya ta'limga tizimli yondashuv asosida tatbiq etiladi.


Ushbu tizimda:

Tarbiyalanuvchining yoshi, ruxiyati, dunyoqarashi, bilimi, faollik darajasi va boshqalar e'tiborga olinadi.


Ta'lim-tarbiyaning maqsadi, yo`nalishi, mazmuni, shakllari, usullari.


O’quv jarayoni.





  1. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent Ma’naviyat 2008 yil 53 bet

138
Tarbiyachining bu jarayon tashkilotchisi, raxbari, ijodkor sifatidagi faoliyati asosini uning bilimi va maxoratini, texnik vositalardan foydalanib, bolaning qiziqish va intiluvchanligiga ta'sir ko`rsatish, bolani eng ko`p darajada faollashtirishga xizmat qiluvchi usullarni qo’llab, kafolatlangan samaralarga erishish qobiliyati tashkil etadi.

Zamonaviy texnologiyalarni maktabgacha ta'lim muassasalarida – o`yin, mashg`ulot, sayr davomida qo`llash yaxshi samara beradi.


Biz hozir zamonaviy texnologiyalarni o`yin va mashg`ulot davomida qo`llash usulini ko`rib chiqamiz.


Ma'lumki o`yin faoliyati bolalar xayotining mazmunini tashkil etish bilan birga, ularni atrofni, qolaversa, barcha yaqinlarini tanishga yordam beradi, kelgusi o`quv faoliyatiga ro’xan, aqlan tayyorlab boradi. Ayni paytda o`yin bola uchun ermak, quvonch manbai hamdir. Bolaning diqqati, xotirasi, ijodiy tafakkuri va tasavvurini hamda dunyoqarashini shakllantirishga, o`stirishga xizmat qiladigan vositadir. Bu jixatlar bolaning bundan buyongi xayotida muxim o`rin tutadi.


Kichkintoylarda o`yinga bo`lgan qiziqish shu darajadaki, ba'zilar faqat o`yin bilan band bo`lg`isi keladi. «Keling, birga o`ynaylik», «Dadajon, onajon, o`yinchoq olib bering» kabi iltijolarni ko`p eshitishimiz mumkin. Bu takliflarga kunib, hamma ishimizni bir daqiqa nariga surib, charchog`imiz, tashvishlarimizga qaramay: «Bupti, qaysi o`yinni o’ynaymiz» desak bormi, bir onda biz yo`lovchi, xaydovchi, o`quvchi, ochko`z buri, ko`rqoq quyon, ukolli doktor va boshqa personajlarga aylanib, ularning quvonchlariga sabab bo`lamiz. Bola bilan o’ynar ekanmiz, biz ham o`z oldimizga maqsad qo’yib borishimiz kerak. O`yin davomida albatta biz ularning xoxishi, istagi bo`yicha harakat qilishimiz, bizning shu paytdagi asosiy ishimiz bolaning aytganlarini bajarib, uni xushnud qilish, vaqtini chog’lash va shu asosda muayyan ko`zlagan niyatimizni amalga oshirib, bolani ma'lum maqsadga yo`naltirishdir. Masalan, biz bola idrokini rivojlantirishni o`z oldimizga vazifa qilib qo’yishimiz mumkin. Idrokni o`stirishga qaratilgan o`yinlar bolada narsalarning rangi, shakli, kattaligiga ko`ra taxlil qilish malakasini shakllantiradi.


Maktabga tayyorlov davriga kelib, bolalar 7 xil rangni bemalol farqlay oladilar. Ular asosiy geometrik shakllarni bilishlari lozim. Namunaga ko`ra, yoki nomi aytilgan ma'lum bir shakldagi narsalarni ajrata olishlari kerak. Shundan kelib chiqib, sizlarga 3-4 yoshli bolalar uchun o`yin mashg`ulotlarini tavsiya etamiz.


«Nima dumalaydi»


Bu o`yin mashg`uloti orqali bolalar narsalarning shakli bilan tanishadilar.


Shunday qilib bolalar bilan quvnoq o`yin – musobaqa uyushtiriladi.

-Kim o`z qo’lidagi shaklni pol yoki stolga o’rnatilgan o`yinchoq darvozadan tezroq dumalatib o`tkaza oladi


Dumalatish uchun sharcha yoki kubni taklif etamiz. Avvaliga bolalar uchun darvozaga nimani dumalatib kiritishning farqi bo`lmas, lekin bir necha urinishdan so`ng u sharchani tanlagan odam yutayotganligini tushunib qoladi. Ana shunda kelasi safar u ham sharchani olishga harakat qiladi. Xuddi shu paytda:





  • Nega aynan shu shaklni, sharni dumalatmoqchisanmi – deb so’raymiz. Unga xatti-harakatlarini asoslashiga, xulosa chiqarishiga yordamlashamiz. «sharcha dumalaydi, kubik dumalamay tuxtab qoladi».

Bola e'tiborini kubdagi o`tkir qirralarga qaratamiz. Sharning tekisligini, qirralari yuqligini ko`rsatamiz. Ana shunda kelasi safar u ham sharchani olishga harakat qiladi. Xuddi shu paytda:





  • Nega aynan shu shaklni, sharni dumalatmoqchisanmi – deb so’raymiz. O`nga xatti-harakatlarini asoslashiga, xulosa chiqarishiga yordamlashamiz. «sharcha dumalaydi, kubik dumalamay tuxtab qoladi».

Bola e'tiborini kubdagi o`tkir qirralarga qaratamiz. Sharning tekisligini, qirralari yukligini ko`rsatamiz. Rasmda oddiygina doira va turtburchak shaklida namoyon bo`ladi. Bolaga shar va kub rasmini


chizishni taklif etamiz.


Maktabgacha ta'limlarda ta'lim-tarbiya olayotgan yosh avlodni bilimli, ma'rifatli, har jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda zamonaviy texnologiyaning roli beqiyos.


Xulosa qilib aytganda yosh bolalarga aqliy tarbiya berishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o`z samarasini bergan. Maktabgacha ta'limda ta'lim-tarbiya olayotgan yosh avlodni bilimli, ma'rifatli, har jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda zamonaviy texnologiyaning roli beqiyosdir.


139
MATEMATIKA FANI O‘QITUVCHILARINING DARSLARNI LOYIHALASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH


Matmuradov Akbar Komiljon o‘g‘li





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish