Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH SHART-SHAROITLARI



Download 7,41 Mb.
bet51/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH SHART-SHAROITLARI

Ashurova Dilfuza Azimovna




Qiziltepa tumani 12-maktabning Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi

Ma’lumki, maktab bu–o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish o`chog`idir. Ammo, o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish jarayonlari asosan odobnoma


darslari yoki darsdan tashqari sharoitlarga mo`ljallab amalga oshiriladi, to`g`ri, bu pedagogik shart-sharoitlar sifatida o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish vositalari sifatida muhim ahamiyatga ega jarayondir. Vaholanki, o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning maqsad va vazifalarini hal etishda asosiy tashkiliy shakl – bu darsdir.


Ko`zlangan maqsadni faqat odobnoma darslarida emas, har qanday fanni o`tish jarayonida ham amalga oshirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim va o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bu yaxlit, bir butun pedagogik jarayondir.


3-4-sinflarda barcha fanlarni o`qitishda didaktik maqsadlar bilan bir qatorda o`qituvchi o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish maqsadini ham aniq belgilab olishi va ularni hal etishi lozim. Masalan, matematika-o`quvchilarning aqliy jihatdan ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, o`qish, ona tili-boshlang`ich sinf o`quvchilarida ijodiy fikrlash qobiliyatlarni aniqlashning, tabiatshunoslik– o`quvchilarning ekologik jihatdan, texnologiya darsi-o`quvchilarning iqtisodiy va mehnatga oid ijodiy fikrlash qobiliyatlarining, musiqa-estetik tasviriy san’at-o`quvchilarning badiiy jihatdan ijodiy fikrlash qobiliyatlarining asosiy vositalari bo`lib xizmat qiladi. Amaliyotda ko`pchilik 3- 4-sinf o`qituvchilari nafaqat o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, hattoki ta’limiy maqsadlarni ham oldindan aniq belgilay olmaydilar. Ularning dars-reja ishlanmalarida o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish maqsadlari qo`yilmaydigan hollar ham uchrab turadi. Ular belgilab olingan taqdirda ham umumiy xarakterga ega bo`ladi. Masalan, darsning o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida «boshlang`ich sinf o`quvchilarining ijodiy fikrlash qobiliyatlarini aniqlash», «o`quvchilarning ekologik ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish» kabi umumiy tushunchalar bilan cheklanadi. Bir soatlik dars davomida bu borada ko`zlangan maqsadga erishish mumkin emasligini har qanday pedagog tushunadi. Demak, o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini


79
shakllantirishdan ko`zlangan maqsad aniq qo`yilishi, u darsning o`quv materiali mazmunidan kelib chiqib oldindan aniq belgilanishi lozim.

O`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish maqsadi dars jarayonida qanchalik aniq bo`lsa, unga erishish yo`llarini tanlash ham shunchalik qulay bo`ladi. Yuqorida o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish maqsadlariga erishish uchun 3-4-sinf o`qituvchisi suhbat, hikoya, namuna, uyaltirish, topshiriq, mashq, rag`batlantirish kabi o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlari usullaridan foydalanishi mumkin. Masalan, «Sen ham o`rtog`ingga yoki ukangga sumkangdan, qo`lingdagi shirinliklardan berasanmi yoki bermaysanmi?», degan savol bilan murojaat qilib, o`qituvchi ayrim boshlang`ich sinf o`quvchilaridan aniq javob olishi, ayrimlarini uyaltirishi mumkin.


Ma’lumki, o`qish, ona tili darslari o`z mazmun va mohiyatiga ko`ra kuchli boshlang`ich sinf o`quvchilarida ijodiy fikrlash qobiliyatlari aniqlash vositalaridan sanaladi. Ushbu fanlar dars mavzulari, Vatanni madh etuvchi, do`stlik, to`g`rilik, halollik, jasurlik, mardlik, ezgulik singari g`oyalarni ilgari suruvchi o`quv materiallariga boydir. Undagi ertak, doston, hikoya, rivoyat, maqol, topshiriq, she’r, badiiy asar matnlarida kishining insoniy fazilatlari yuksaklarga ko`tarilib, salbiy fazilatlar esa qoralanadi. O`qituvchi bolalarning badiiy qahramonlarining ijobiy fazilatlaridan namuna olishlari, salbiy fazilatlaridan esa nafratlanishlari, ularning qarashlarini chuqur tushunib etishlari uchun o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning milliy usullaridan ham foydalanish kerak.


Kichik yoshdagi maktab o`quvchilarini o`quv jarayoniga moslashtirish, ularning fanlarni yaxshi o`zlashtirishlarini ta’minlash uchun maktab psixologlari o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish borasidagi ishlarni hamda yakka holda yondashuv uslublarini amalga oshirishsa ma’qul bo`lardi. Kichik yoshdagi bolalarning oila a’zolari bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun ayniqsa, qishloq oilalaridagi o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga o`g`il bolalarning ham otasiga, ham onasiga nisbatan bo`ladigan munosabatlariga alohida e’tibor berish, o`z navbatida ota-onalarning o`g`illariga nisbatan hissiy munosabatini oshirish, ular bilan ko`proq amaliy muloqotda bo`lishliklarini ta’minlash zarur.


Demak, ta’lim mazmunida kichik yoshdagi maktab o`quvchilari ongiga milliy g`urur, inson sha’ni, insonga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, odamiylik, to`g`rilik, mardlik kabi insonparvarlik g`oyalarini singdirish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki vatanparvarlik iymon, e’tiqod va vijdon amri bilan vatan oldidagi mas’uliyat hissini, muqaddas burchni anglashdir. Vatanparvarlik, Vatanga hurmat va muhabbat bilan bog`langan tuyg`u sifatida shakllanadi. Kichik yoshdagi o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashda o`zbek xalq maqollari va she’riyat ham muhim o`rin tutadi. Birinchi sinfga kelgan o`quvchi savod o`rgatish davridayoq, dastur talabiga muvofiq atrof-muhitni kuzatishi va sayohatlar vaqtida tevarak-atrof haqida jonli taassurotlar olishi kerak. Bu bolalar tasavvuri- ni kengaytiradi, so`z boyligini oshiradi, nutqini o`stiradi.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish