Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


YAPONIYA TA’LIMIDA HAMKORLIKDA O‘QITISH



Download 7,41 Mb.
bet50/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

YAPONIYA TA’LIMIDA HAMKORLIKDA O‘QITISH


Astanova Marhabo Aslanovna
Buxoro viloyat G`ijduvon tuman 45 umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlangich sinf o`qituvchisi

Shaxsning har tomonlama o‘sishi uchun boshlang‘ich ta’limga, xarakterining shakllanishiga, shaxsning butun umri davomidagi kamolotiga ahamiyat beriladi. Barcha darajadagi o‘quv yurtlarida inson shaxsini hurmat qilishga qaratilgan tarbiya amalga oshiriladi, o‘quvchilarning demokratik va jamoatchilik tafakkuri rivojlantiriladi, ularning ijodiy imkoniyatlari va amaliy mahoratlari kashf etiladi.


Institutlarga kirguncha o‘n ikki yillik ta’lim davomidagi har bir yilda yapon bolalari ilmiy fanlarni o‘rganib boradilar. O‘qitishning ilk bosqichida ilmiy tafakkurni taraqqiy ettirish imkonini beruvchi o‘qitishning guruh bo‘lib ishlash-hamkorlikda ishlash usuliga alohida e’tibor beriladi. Chunki Yaponiyada kishining qadri, uning jamoaga nisbatan o‘z burchini qanday ado etishiga ko‘ra baholanadi.


Maktab o‘qituvchisi odatda o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratadi, ular o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsadlarni hal etishgandan so‘ng erishilgan natijalarni butun guruhga e’lon qiladi. Bunday holat o‘quvchilarda o‘zaro yordam va o‘z jamoasi muvaffaqiyatlari uchun g‘ururlanish tuyg‘usini tug‘diradi. Binobarin, jamoatchilik mezoni yaponlar qalbida ularning nafaqat guruhning balki, umumiy o‘rta ta’limning ham a’zosi ekanligini anglashga o‘rgatadi. Yapon o‘quvchilari xotirani yaxshi saqlabgina qolmay, balki yod olingan narsani qaytadan xotirada tiklay olishadi ham.


Yaponlar pog‘onali subordinatsiyaga rioya qilishadi, ular keksalarga xonalarni yig‘ishtirishda, ovqat tayyorlashda, jamoat ishlarida ko‘maklashadilar. Yapon ta’lim tizimidagi ana shunday ijobiy tajribani e’tirof etgan holda, pedagogik jarayon samaradorligini oshirishning asosiy sharti bo‘lib - o‘quvchilar jamoalarining ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatlariga erkinlik berish bilan


77
zamonaviy ta’lim strategiyasi ishlab chiqiladi (pedagog tomonidan o‘quvchiga o‘z imkoniyatlarini rivojlantirishda yordam berish bilan shaxsiy va ijtimoiy maanfaatlar yuzasidan uning kasb va hayotdagi o‘rnini belgilab olishi ).


Bizda ham inson har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlari va mexanizmlarini yaratish, eskicha tafakkur va ijtimoiy xulq-atvor andozalarini o‘zgartirish, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir.


Jahon madaniyati va maorifining ilg‘or g‘oyalaridan oqilona va unumli foydalanish bilan birga bir necha o‘n asrlik tarixga ega bo‘lgan, hatto unutilish darajasiga borib qolgan milliy tuyg‘u, milliy xarakter, milliy qiyofa, milliy didsiz iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, soflik, vijdonlilik, rostgo‘ylik, mas’uliyat va burch kabi hislarni tarkib toptirib bo‘lmaydi. Milliy psixologik xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, bunda tarbiyaga asosiy e’tiborni qaratish, uning birlamchi ekanligini tan oldirish muhimdir.


Ta’lim tizimida o‘quvchilarning barkamol shaxs sifatida rivojlanishi – uning faolligiga bog‘liq. O‘quvchilar bajaradigan kasbiy o‘quv mehnati, ijtimoiy foydali ishlar, unumli mehnat yoshlarda kasbiy malaka va ko‘nikmalar, qobiliyat va xarakter, boshqa shaxsiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. O‘qish va ijtimoiy foydali mehnat natijasida shaxsning fuqarolik qiyofasi tarbiyalanadi, shaxs va jamiyat manfaati yo‘lida xizmat qilish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi, mehnatga va mulkka munosabat hissi rivojlanadi. Faoliyatning barcha turlarida izchil qatnashish o‘quvchining mustaqilligi va ijtimoiy faolligini oshirishda asos bo‘lib xizmat qiladi, ularda professional-kasbiy sifatlar va axloqiy fazilatlarni o‘stirishga imkon beradi.


Bizningcha, nazariy tahlilga ko‘ra jahon tajribalarini e’tiborga olgan holda pedagog tomonidan ta’lim tizmida interfaol usullardan dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, hamkorlikda o‘qitish usullaridan samarali foydalanish aynan ham zamonaviy, ham milliy ruhdagi kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.


Interfaol so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, «inter» - o‘zaro va «act» - harakat qilmoq ma’nolarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interfaol - ya’ni o‘zaro harakat qilmoq ma’nosini anglatadi. Bunday o‘zaro harakat turlariga “o‘quvchi – o‘qituvchi” va “o‘quvchi-o‘quvchi”ning maqsadli harakatlarini kiritish mumkin.


Interfaol o‘qitishda o‘qituvchi o‘quv faoliyatning faol tashkilotchisi bo‘lib, o‘quvchi bu faoliyatning sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi. Interfaol o‘qitish bu bilish faoliyatini rivojlantirishning maxsus tashkiliy shakli bo‘lib, interfaol o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchi o‘qitishning ob’ektidan o‘zaro hamkorlikning sub’ektiga aylanishi, o‘quv jarayonida faol ishtirok etishi bilan tavsiflanadi.


O‘qitishning interfaol metodlari hayotiy vaziyatlarni modellashtirish, rolli o‘yinlardan foydalanish, muammolarni hamkorlikda yechishda ko‘rib chiqiladi. Interfaol o‘qitish o‘quvchilardan axborotlarni o‘zlashtirish jarayonida faollik, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, ta’lim maqsadlarining to‘laqonli amalga oshishiga yordam beradi. Bunda ta’limning quyidagi konsepsiyalari fundamental asos sifatida xizmat qiladi:


o‘qituvchining jadal faoliyati – o‘quv faoliyatining asosiy ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lib, u mazkur harakatning sub’ekti va tashkilotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi;


o‘quv faoliyatining asosiy negizi va natijasi, mazkur faoliyatning sub’ekti – o‘quvchi hisoblanadi;


muvaffaqiyatli o‘quv faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi, uning natijasi o‘quvchining fikrlash usullarini o‘rganish va amaliy masalalarni ijodiy hal etish, erkin, mustaqil harakat qila olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat;


o‘quv faoliyatning asosiy ko‘rsatkichi o‘quv topshiriqlari hisoblanadi. Bunda ta’lim jarayonining asosiy sub’ekti bo‘lgan o‘quvchida fikrlash, bilish harakati usullarini rivojlantiruvchi o‘qitish taktikasi muhim o‘rin tutadi4. Hamkorlikda o‘qitish har bir o‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o‘quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi.


Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi har bir o‘quvchining ta’lim olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o‘quv topshiriqlarini to‘liq va sifatli bajarishga, o‘quv materialini puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib, o‘zaro yordam uyushtirishga zamin tayyorlaydi.


Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasida o‘quvchilarni hamkorlikda o‘qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:


78

  1. Komandada o‘qitish.




  1. Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish.

  2. Hamkorlikda o‘qitishni «Zig-zag yoki arra» metodi.

  3. Hamkorlikda o‘qitishning «Birgalikda o‘qiymiz» metodi.

  4. Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi.

Hamkorlikda o‘qitish har bir o‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o‘quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Bu esa ularda mustaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, o‘quv faoliyatini tahlil qilish, istiqbolda kasbiy mahorat va savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi. Vaholanki, pedagogik ta’lim texnologiyalarning psixologik-pedagogik takomillashuvi:


yodlashdan eslab qolish funksiyasiga o‘tish, ya’ni o‘zlashtirilganini ishlatish imkonini beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga o‘tishda;


bilimning assotsiativ statistik modelidan aqliy harakatning dinamik tarkibiy tizimlariga


o‘tishida;

o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirilganlikdan o‘qitishning differensiallangan va individuallashtirilgan dasturlariga o‘tishda;


o‘quvchining tashqi motivatsiyasidan ichki ma’naviy irodali tartibga solinishga o‘tishda namoyon etadi.


Demak, o‘quvchi turli fanlarni innovatsion texnologiyalar asosida o‘rganish natijasida unda bilim olishi kuchayadi, ya’ni o‘z ilm, tajriba va qobiliyatini ijtimoiy hayotga qo‘llash uchun shaxsiy intilish ortib boradi.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish