www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022
Sahifa: 45
and attract customers. He believes that the system of firms, organizations and
institutions operating in the field of tourism and recreation can be considered as a set
of developing tourism clusters within the economic zones.
Keywords:
Tourism cluster, cluster approach in tourism, tourism product,
innovation, tourist areas, cluster infrastructure.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda turizm infratuzilmasi rivojlanib, turistlar uchun
mo‘ljallangan obyektlarning har tomonlama maqbulligi, transport va mehmonxona
xizmatlari va umuman, sayyohlik logistikasi bilan bog‘liq barcha xizmatlarning
qulayligi, xavfsizligi, zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilganligi
ta'minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yildagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida ziyorat turizmini jadal rivojlantirish zarurligini aytib o‘tdi va
hozirgi kunda yurtimizda 8 ming 200 dan ziyod madaniy meros ob’ekti mavjud
bo‘lib, turizm marshrutlariga ularning atigi 500 tasi kiritilganligi bildirdi
6
.
Buyuk ipak yo‘lida joylashgan, asrlar davomida qadimiy shaharlari bilan mashhur,
tarixiy va madaniy o‘tmishga ega O‘zbekiston Respublikasi turizm tarmog‘ini
rivojlantirish uchun real imkoniyatlarga ega. Mamlakatimizda 2019 yilning boshida
qabul qilingan “2019 - 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini
rivojlantirish Konsepsiyasi”da 2019 - 2025 yillarda turizm sohasini rivojlantirishning
maqsadlariga turizmni milliy iqtisodiyotning strategik sohasiga aylantirish, turistik
xizmatlarni diversifikatsiyalash va sifatini oshirish hamda turistik infratuzilmani, shu
jumladan xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va samarali reklama-marketing ishlarini olib
borish evaziga takomillashtirish orqali erishish vazifasi qo‘yildi. Mamlakatimizda
yaratiladigan yalpi ichki mahsulotda, mahalliy byudjet daromadlarida turizmning
ulushini ko‘paytirish, ish bilan bandlikni ta'minlash, aholining turmush darajasi va
sifatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda, turizm
industriyasi jadal rivojlanishi uchun qisqa muddatda eng qulay shart-sharoit,
iqtisodiy, ma'muriy va huquqiy muhit yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu
6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2020
Do'stlaringiz bilan baham: |