Kalit so’zlar:
kreativlik, fikr, ijodkorlik, rivojlantirish, tushuncha,
yaratuvchanlik, yo`naltirish, samaradorlik
.
O`zbek xalqi o`zining boy tarixi, buyuk o`tmishiga ega. Xalqimiz
orasidan etishib chiqqan buyuk daholar o`z ilmiy-ijodiy faoliyatlari bilan
insoniyat tsivilizatsiyasiga munosib hissa qo`shganlar. Biz ular bilan har
qancha faxrlansak arziydi. Bu borada uyg`onish davri olimlarining
mashaqqatli mehnatlarini, ma`naviy boylik xazinasiga qo`shgan hissalarini
e`tirof etmaslikning iloji yo`q. O`zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir
davr ichida milliy davlatchilikni barpo qilish, bozor iqtisodiga o`tish,
xalqaro munosabatlarni yo`lga qo`yish va rivojlantirish bobida ulkan ishlar
amalga oshirildi. Ayniqsa, istiqlol xalqimizning ma`naviy uyg`onishi
uchun to`la imkoniyat yaratdi. Yurtimiz tarixi, qadimiy madaniyatimiz
tiklanmoqda va oliy qadriyat nufuziga ega bo`lmoqda.
Bugungi jadal rivojlanayotgan zamonaviy globallashuv va
axborotlashuv davrida ta’limni yanada rivojlantirish va takomillashtirishni
dars jarayonida innovatsiyalarning turli shakllaridan tatbiq etmasdan turib
amaiga oshirish mumkin emas. Innovatsion ta’lim ta’limda , birinchi
navbatda, ijodiy qobilyatlar, o’z-o’zini rivojlantirish va kreativ fikrlash ehg
135
muhim motivatsiyalardan hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining
ijodiy
imkoniyatlarini
aniqlashda,
ularning
kreativ
fikrlash
motivatsiyalarini rivojlantirishda ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion
texnologiyalardan to’g’ri va o’rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb
etadi.
XXI asr texnologiyalar asri, bugungi globallashuv davrida har bir
sohada eng ilg’or fan yutuqlarini ko’rish oddiy holga aylanib qoldi. Har
qaysi soha bo’lmasin uning negizida fan yutug’i turadi. Hatto texnika
yutuqlari ham fan bilan bevosita va bilvosita bog’liq. Fandagi
yutuqlarning natijasida yaratilgan innovatsiyalarning zaminida esa
shaxsninhg kreativ qoboliyati yotadi. Shaxsning kreativlik qobiliyatini
shakllantirish uchun avvalo shaxsni kreativ fikrlashga o’rgatish,
kreativligini uyg’ota olish, yuzaga keltira olishi lozim. Kreativlik so’zi
lotincha so’zdan olingan bo’lib “yaratish”, “vujudga keltirish” ma’nolarini
anglatib, mavjud natijadan ham samaraliroq, afzalroq, mukammalroq,
qulay, oson, shu bilan birga, qiziqarliroq bo’lgan, aniq, maqsadli
qobiliyatdir. Ta’limda kreativlik ya’ni ijodkorlik yangilikka intilish ta’lim
sifatini oshirishga maqsadli yo’naltirilgan bo’ladi. Avvalo kreativlik
so’zini ilk bor 1922-yilda AQSH olimi D. Simpson tomonidan qo’llangan
bo’lib odatiy tafakkurdan voz kechish qobiliyatini ta’riflagan. Ta’limdagi
kreativlik dars jarayonida yuzaga keladi. Dars jarayonida kreativlik
o’quvchilarida ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish orqali yuzaga
chiqadi.
Dars jarayonida ijodkorlikka erishish uchun erkinlikni me’yorida
ta’minlash lozim. Darhaqiqat bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan
sanoatni harakatga keltiruvchi kuch bu kreativlikdir. Hayotga kreativ
ya’ni ijodkorlik bilan yondashish natijasida yuz beradigan ajoyibotlar ,
elektron xizmatlar, to’rtburchak tarvuzlar, tuproqsiz hosil olishdir.
Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkurining mahsulidir.Tomas
Edison, Albert Eynshteyn, Dmitriy Mendeleyev kabi buyuk shaxslar
hayotga kreativ yondashganligi tufayli garchi maktabdagi baholari past
bo’lsa ham o’z kasbining qirollari, ba’zilari esa Nobel mukofoti sovrindori
ham bo’lgan.Kreativlik degaanda insonning yangilik yaratish,
muammolarni
yechishga
qaratilgan
ijodiy
qobiliyti
tushiniladi.Taqdimotchi F.Abdullayev kreativ fikrlash nima degan savolga
javoblaridan biri quyidagicha edi: o’quvchilarning tasavvurlarini ta’sirchan
tarzda ifodalash, bilim olishga undovchi orginal va samarali yechim
topishga yo’naltiriladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativ
qobiliyatini rivojlantirish usullari va vositalariga ta’sir qiluvchi muhim
136
omillardan biri o’qituvchi-o’quvchilar hamkorligi ekanligiga alohida
e’tibor qaratildi. Ma’lumki, ta’lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega
bo’lib, o’qituvchi va o’quvchilarning teng munosabatlaridan tashkil
topadi.Bu jarayonga rahbarlik qiluvchi o’qituvchi ta’lim jarayonining
to’g’ri tashkil etilishi, ta’lim maqsadlarining to’g’ri amalga oshirilishi va
ta’lim natijalari uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Ammo bu ta’lim
jarayoni o’qituvchining to’liq hukmronligi ostida amalga oshadigan
jarayon degan noto’g’ri fikrning tug’ilishiga asos bo’la olmaydi. Hozirgi
davr talabi bilan kimnidir bo’ysindirish orqali emas, balki hamkorlik
munosabati yordamida ijobiy natijaga erishishdir. Ta’lim jarayonida
o’quvchilar faoliyatining shakllanishi fan asoslarini o’zlashtirishga oid
mexanizimgina bo’lib qolmasdan, balki shaxsning umumiy ijtimoiy-
madaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham qaratilishini unutmaslik
lozim. Bizningcha o’quv vaziyatlari ta’lim jarayonini tashkil qiluvchi
o’zgartiruvchan tizim sanalib u quyidagicha ikki qismdan iborat:
-o’qituvchi bilan o’quvchilar hamkorligi;
-o’quvchilarning o’zaro bir-birlari bilan hamkorligi.
O’qituvchi
bilan o’quvchilarning hamkorligi o’qituvchining
o’quvchilarga ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi. U asta -sekin
faollashib o’quv harakatlariga aylanadi. Natijada o’qituvchi bilan
o’quvchilar muosabati hamkorlik pozitsiyasiga o’sib o’tadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativlik fikrlash qobilyati va
ijodkorlik xususiyati uning ta’lim jarayonidagi muloqotida, tafakkurida,
his-tuyg’ularida va muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi.
Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Patti Drapeau
nuqtai nazariga ko’ra kreativ fikrlash , eng avvalo, muayyan masala
yuzasidan har tomonlama fikrlashdir. Darhaqiqat, har tomonlama fikrlash
o’quvchilardan berilgan turli topshiriq, masala va vazifalarni bajarishda
ko’plab g’oyalarga tayanishni talab etadi. Ya’ni topshiriqni bajarish ,
masalani yechishda o’quvchi yechimning bir necha variantlarini izlaydi,
so’ngra ular orasidan eng maqbul birgina to’g’ri yechimga to’xtaladi.
O`qituvchining ham dars jarayoniga kreativ yondashuvi o’quvchilarning
darsda berilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishlari, qo’llay
olishlari uchun muhim omil sanaladi. Buning uchun avvalo darsliklardagi
mashqlarning o’rni muhim ahamiyatga egadir. Yangilanayotgan
darsliklarga buncha jiddiy ahamiyat berilgan. Darslikdagi mashqlar
saviyasi yuqoriligi bilan bir qatorda rang barang va juda qiziqarlidir.
Ayniqsa, 2021-yil ta ta’sis etilgan 2-sinflar uchun Ona tili va o’qish
savodxonligi yangi darsligi boshdan oyoq yangicha g’oyalar, yangicha
137
qarashlar asosida tashkil topgan. Darslikning “Quvnoq ferma”,“Robort
ixtiro qilaman”,”G`aroyib ixtirolar”,”Shaxsiy kutubxona”kabi bo’limlarida
o`quvchilarning
ijodkorligiga
alohida
ahamiyat
berilgan.
O`quvchilarning shaxsiy fikrini muhim omil sifatida ko`plab topshiriqlar
berilgan. Darslikdagi juda ko`p topshiriqlar “agar siz shu vaziyatga
tushsangiz nima qilgan bo’lardingiz yoki siz qanday yo’l tutgan
bo’lardingiz” degan jumlalar juda ko’p uchraydi. Bunday topshiriqlar
bolani yanada ko`proq o`ylashga undaydi, majburlaydi. Bu orqali esa
o’quvchilarning shaxsiy fikri, ijodko’rligi har dars davomida shakllanib,
rivojlanib boradi.
Kreativ fikrlash va ijodiy tafakkurda tezkorlik, samaradorlik va natija
muhim o’rin tutadi. O’quvchilarda kreativ fikrlash va ijodkorlik
ko’nikmasini shakllantirishda, avvalo, sinfda qulay muhitni yaratish lozim.
Kreativ ta’lim olayotgan o’quvchilarda asta sekin kreativ topshiriqlarni
bajarishga nisbatan qiziqish ortadi. Bunday darslar o’quvchilarda katta
ahamiyatga ega bo’lgan tanqidiy va kreativ fikrlash ko’nikmasining
rivojlanishiga olib keladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga, ayniqsa, 2- sinf o’quvchilariga ona
tili va o`qish savodxonligi bo’yicha darslikda berilgan topshiriqlardan
tashqari biror mavzuga loyiha tuzish yoki biror chizmalar ustida ishlash
ularning izlanuvchanlik va kreativ fikrlash qobilyatlarini oshishida yaxshi
samara beradi, ushbu fanga bo’lgan qiziqishini yanada ortishiga ham
yordam beradi. Bunday boshqotirmalardan ona tili, o’qish va boshqa
darslarda bemalol foydalanish mumkin.
O’tgan o’quv yillarida qo’llangan darsliklardan farqli o’laroq hozirgi
yangi avlod darsliklari bir muncha murakkab bo’lib, yangi DTS talablariga
asoslangan, kompetensiyaviy ta’limga mos keladi. Lekin bu darsliklardagi
mavzularni o’quvchilarga yetkazishda har bir boshlang’ich sinf
o’qituvchisining o’zi ham kreativ pedagoglik qobilyatiga ega bo’lishi
kerak. Darhaqiqat, ta`limda islohot avvalo o`zimizdan boshlanadi. Biz
pedagoglar bir necha yillar davomida shu shior asosida ta`lim jarayonida
darslarni tashkil etdik. Har qanday mashq yoki topshiriqni ijodiy
yondashishni ta`minlash avvalo o`qituvchining pedagogik mahorati
bevosita va bilvosta bog`liq. Darlikda berilgan ixtiyoriy matn yoki hikoya
uchun o`qituvchi quyidagicha savollar va topshiriqlar bilan murojaat
qilishi mumkin:
1.Agar siz muallifning o`rnida bo`lsangiz qanday yo`l tutgan
bo`lardingiz?
2.Sizda shunday imkoniyat bo`lganida nima qilardingiz?
138
3.Biror bir do`stingiz uchun siz qanday yaxshilik qilgansiz?
4.Agar siz sehrgar bo`lsangiz birinchi ishni nimadan boshlagan
bo`lardingiz?
5.Kelajakdagi ishlaringiz uchun loyiha tuzing.
6.Siz dars tayyorlash uchun qanday xonani qulay deb hisoblaysiz?
7.Ota-onangiz, yaqinlaringiz, atrofdagilaringiz yoki do`stingiz uchun
sizning qaysi hislatlaringiz yoqadi deb o`ylasiz?
8.Ota-onangiz, yaqinlaringiz, atrofdagilaringiz yoki do`stingizning
qaysi hislatlari sizga yoqadi? Nima uchun bunday deb o`ylaysiz?
9.Qo`shimcha o`qish uchun nimalardan foydalanasiz? Nima uchun
ularni o`qiyapsiz?
10.Berilgan masalaning shartini o`zgartirishga harakat qiling.
11.Masala shartiga mos chizma chizing.
Bunday savol va topshiriqlarni davomli va muntazam berib borish va
davom etkizish mumkin.Bu kabi savol va topshiriqlar o`quvchilarni
o`ylashga, izlanishga undaydi. Natijada bola fikrlash majbur bo`ladi,
o`ylashga kirishadi, dunyoqarashi kengayadi, o`zaro muloqatga kirishi
osonlashadi. Bularning barchasi esa o`quvchilarning ijodkorligini yuzaga
chiqarib berishi uchun juda muhim hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, har bir kreator va ijodkor boshlang’ich sinf
o’qituvchisi o’z o’quvchilarining kreativ fikrlash qobilyatlarini o’z vaqtida
aniqlashi va doimo rivojlantirib borishi shart va zarur. Hozirgi kundagi
muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim
tashabbusning asosiy maqsadi ham o’quvchi va yoshlarning o’ziga xos
kreativ qobilyatlarini aniqlash va rivojlantirishga va ularning bo’sh vaqtini
mazmunli, samarali tashkil etishga qaratilgan. Ozod va obod
Vatanimizning ertangi kelajagi bugungi o’quvchi yoshlarning qo’lida
ekan, buni biz o’qituvchi pedagoglar doimo yodda tutishimiz va o’z
kasbimizga sitqidildan yondashishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |