506
texnika va texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb-etadi. Yoshlarni
mustaqil ijodiy fikrlashga o`rgatish tufayli ular kelgusida o`z oldilarida
vujudga kelishi kutiladigan muammolarni ijodiy ravishda hal qilish orqali
xalq xo`jaligining rivojlanishiga, Respublikamizning ilg’or texnologiyali
jahon davlatlari qatoridan munosib o`rin egallashiga hissa qo`shishga
erishish mumkin.
Oila - insonning ilk bolaligidan boshlab ongida shakllanadigan barcha
insoniy fazilatlar, ezgu niyatlar, qadriyatlar takomil topadigan va sog’lom
e’tiqodlar shakllanadigan muqaddas dargohdir.
Shu muqaddas dargohda ma’naviy-ahloqiy
muhitni vujudga
keltirish va u orqali shaxsni sog’lom e’tiqodli, yangicha fikrlaydigan,
komil inson qilib tarbiyalash bugungi islohotlar davrida O`zbekiston uchun
davlat ahamiyatiga molik masaladir.
Zero, yoshlarda milliy qadriyatlarimizga, jumladan, oilaviy
an’analar, noyob rasm-rusmlarga oid e’tiqodni shakllantirish orqali ularni
oilaviy hayotga tayyorlash, oilaparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash
ma’naviy-ma’rifiy
ishlar
samaradorligini
oshiruvchi
ta’sirchan
vositalardandir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, oilaviy an’analar, rasm-rusmlar va
odatlar orqali o`spirin yoshidagi o`quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani
shakllantirish va dunyoqarashga aloqador
tushunchalarni singdirishni
ta’minlovchi ijtimoiy psixologik omillar va shart-sharoitlarni aniq
bilish o`ta dolzarb va muhim vazifadir. O
`
spirinlik yoshidagi bola dunyo,
uning sir-sinoatlari qatorida oila va nikoh, oilaga va insoniy
munosabatlarga oid qadriyatlarning ma’no-mohiyatini bilish, nafaqat
bilish, balki e’tiqod tariqasida qalbiga singdirishga ehtiyoj sezadi. Lekin
ayni shu taraqqiyot davrida uning ongini chalg’ituvchi ziddiyatlar va
noto`g’ri stereotipli ustanovkalar
ham shakllanib qolishi, zararli odat va
ko`nikmalar shaillanib qolishi mumkin. Shu o`rinda oilaviy muhitning
sog’lomligi, undagi azaliy qadriyatlarning milliy va umuminsoniy
ma’naviyat tamoyillariga mosligi har bir o`g’il va qizda sog’lom
dunyoqarash va oilaparvarlik sifatlarining kamol topishiga zamin bo`lib
xizmat qiladi. Ushbu jarayonga xizmat qiluvchi oiladagi ijtimoiy-
psixologik shart-sharoitlar va vositalar mustaqil ravishda maxsus tarzda
o`rganilmagan,
mavjud
nazariy
qarashlar
empirik
materiallarda
asoslanmagan. Zero, yoshlarda, ayniqsa, o`spirin
yoshidagi bolalarda yot
g’oyalarga nisbatan, ijtimoiy xulq normalariga zid ustanovkalarga
nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni eng ilg’or va
safarbar etuvchi g’oyalarni to`g’ri idrok qilish, oilaning jamiyatda tutgan
507
muqaddas roli va uning Vatan, ona yurt tushunchalari bilan bog’liqligi
ruhida tarbiyalash mohiyatan ijtimoiy psixologik hamda pedagogik
muammodir.
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina
emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi.
Har qanday mafkura kabi O`zbekiston Respublikasi
milliy istiqlol
mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy
qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.Ijtimoiy tarbiyaning boshqa
turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-
axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi.Ma’naviyat
shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari
va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.Ma’naviyat
(arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) mohiyatiga ko`ra ijtimoiy
taraqqiyotga ijobiy ta’sir o`tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy,
axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi.
Madaniyat («cultura» so`zidan olingan bo`lib,
parvarish qilish, ishlov
berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning
faoliyati tufayli qo`lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga
xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.Ma’rifat shaxs
ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish,
milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o`rganish, ularni targ’ib etish
maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.Mafkura (arabcha
«mafkura» - naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi
muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar,
shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy
ishlarning
rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo`nalishlarini aniqlashda
yetakchi o`rin tutuvchi g’oyalar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: