Xulosa
O’rnida shuni aytish mumkinki,yosh avlodni ma'naviy-axloqiy
tarbiyalashda xalqimizning boy milliy. madaniy, tarixiy an'analariga, urf-
odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali,
zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy
etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning
ustuvorligini ta'minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni
oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya
ishlarini takomillashtirish «Oila, mahalla, maktab hamkorligi»
konsepsiyasining asosiy maqsadidir.
508
PEDAGOGIK MUNOSABATLARNI INSONPARVARLASHTIRISH
VA
DEMOKRATLASHTIRISH
Mannobjonova O. - Andijon davlat universiteti Chet tillari
fakulteti talabasi
Annotasiya
:
ushbu
maqola
pedagogik
munosabatlarni
insonparvarlashtirish
va
demokratlashtirishga
yo’naltirilgan
ayrimpedagogik texnologiyalari haqida yoritilib o’tilgan.
Kalit so’zlar
: pedagogik munosabatlar, insonparvarlashtirish,
demokratlashtirish.
Аннотация
: технологии, направленные на гуманизацию и
Демократизацию педагогических отношений.
Ключевые слова
: педагогические отношения, гуманизация,
демократизация.
Pedagogik
munosabatlarni
insonparvarlashtirish
har
bir
talabaningsifatli ta’lim olishini, talaba uchun erkin muhit va o’zfikrini
erkin bayon etish Imkoniyatlarini yaratadi. Hozirgi ta’lim–tarbiya tizimini
rivojlantirishda
insonparvarlashtirishning
amalga
oshirilish
katta
ahamiyatga ega. Ta’lim -tarbiya sohasida pedagogik munosabatlarni
insonparvarlashtirish va Demokratlashtirish hozirgi taraqqiyot darajasini
yanada oshirib borishda аsosiy omillardan hisoblanadi. Ta’lim –tarbiya
sohasi o’zida falsafa, psixologiya va pedagogikaning insonparvarlik
g’oyalarini mujassamlashtiradi. Bug’oyalarning diqqat markazida mustaqil
va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan,ongli yashaydigan komil
insonlarni voyaga yetkazish maqsadi va vazifasi turadi. Pedagogik
munosabatlarni
Insonparvarlashtirish
va
demokratlashtirish
orqali
pedagogik
jarayonda
hamkorlik,
g’amxo’rlikning
vujudga
kelishi,o’quvchilar shaxsini xurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning
tahsil olishi ijod qilishi va o’z o’zini rivojlantirishiga qulay ijtimoiy-
psixologik va do’stona muhit yaratiladi. Ta’lim tarbiya sohasida pedagogik
munosabatlarni insonparvarlashtirish uchun o’qituvchi:
-
o’zining shaxsiy sifatlari va fazilatlarini taxlil qilishi,bu boradagi
kamchiliklarni aniqlashi va ularga barxam berish yo’llarini qo’llashi;
-
pedagogik jarayonda do’stona muhit,xamkorlik va g’amxo’rlikni
vujudga
509
keltirish yo’llarini belgilashi;
-
talabalar shaxsni xurmat qilish va e’zozlash yo’llarini egallashi,
o’qitish
jarayonida do’stona va qulay ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish
ko’nikma
va malakalarini egallagan bo’lishi;
ushbu sharoitlarning bajarilishini ta’minlash umumiy o’rta ta’lim sifatini
oshirishning eng bevosita va samarali yo’llaridan biri bo’lib,uni amalga
oshirish uchun o’qituvchilarning bilimlarini va pedagogic mahoratlarini
takomillashtirish,ta’limning samarali jarayonini ta’minlaydigan va uni
ko’zda
tutilgan yakuniy natija tomon yo’naltirish imkoniyatini beradigan ish
sharoitlarini yaratish lozim.
Pedagogik texnologiya jarayonini o’rganishning soddalashtirilgan
tartibini
quyidagicha tushunish mumkin:
-
tushuntirish–axborotning ma’no-mazmunini,undan foydalanish
tartibini turli vosita va usullarni qo’llab,tushuntiruvchining o’zi
tushunggan
darajada boshqalarga yetkazish faoliyatidan iborat jarayon;
-
tushunish–axborotningma’no-mazmunini idrok qilish,undan
ko’rsatilgan tartibda mustaqil foydalana olish;
-
o’rgatish–axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish
ko’nikmalarini o’rgatuvchining o’zi o’rganggan darajada boshqalarning
takrorlay olishini turli vosita va usullarni qo’llab amalga oshirish
faoliyatidan
iborat jarayon;
-
o’rganish–axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko’rsatilgan
tartibda mustaqil bajarish ko’nikmalarin iegallash;
---o’zlashtirish–tushunish,o’rganish orqali axborotning ma’no-mazmuni,
undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to’g’risida bilim va
ko’nikmalar hosil bo’lishi;
Ta’lim
–tarbiya
sohasida
pedagogic
munosabatlarni
demokratlashtirish
ta’lim tizimidagi formalizm, byurokratizmni yo’qotib, pedagogik
hamkorlikni
yuzaga keltirish va ta’lim tizimida o’quv-bilish faoliyatini tashkil etishda
ularga tanlash imkoniyati berilishidir. Demokratlashtirilgan jarayonni
insonparvarlashtirish o’quv-tarbiya jarayonining maqsadini amalga
510
oshirish,tehsil oluvchilarning o’quv-bilish va ma’naviy ehtiyojlarini
qondirish, o’quv mehnatining xarakteri va mazmunini o’zgartiradi va
shaxsning uyg’unlik rivojlanishi uchun qulay psixologik va do’stona
muhit
yaratadi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va ta’lim-tarbiya
jarayonida har bir ta’lim oluvchida mavjud bo’lgan ehtiyojlar, qiziqishlar,
iqtidor va imkoniyatlar asosida ijobiy shaxsiy fazilat va xislatlarni
shakllantirish va rivojlantirishni ko’zda tutadi.
Pedagogik
munosabatlarni
insonparvarlashtirish
va
demokratlashtirishga
yo’naltirilgan ayrim pedagogik texnalogilar;
Texnologiya biror ishda,mahoratda,san’atda qo’llaniladigan usullar
yig’indisi. Texnologiya ishlov berish, ahvolni o’zgartirish san’ati,mahorati
va
metodlari yig’indisi. Pedagogik texnologiya o’quv-tarbiya jarayoni uchun
loyihalanadi va belgilanggan maqsadni yechishga qaratiladi.Bugunggi
kunda fan-texnika rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasini hoyatda
kengayib bormoqda va yanggi texnologiyalar kirib kelishi shundan dalolat
beradiki, endilikda yanggi metodikalar jarayonning ajralmas qismiga
aylanib
borayotgan, unga xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy
axborotlar ham mavjud bo’lib,ular pedagogik texnologiyalarni real
vositalarga aylantirdi. Hozirda mavjud bo’lgan pedagogik texnologiyalarni
bir qancha belgilarga qarab turlarga ajratiladi.Bu pedagogic texnologiya
doimokompleks xarakterga ega bo’lib, u faqat bittagina omildan,
metoddan,
tamoyildan foydalanmaydi. Lekin har bir pedagogic texnologiyada asosiy
e’tibor ta’lim jarayonining u yoki bu tomoniga qaratilishi natijasida ularni
shu belgilar bo’yicha turlarga ajratiladi. Bulardan tashqari,shaxsning
xususiyat va sifatlari tarkibiga yo’naltirilganlik bo’yicha pedagogik
texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi;
-
fanlar bo’yicha bilim,o’quv ko’nikmalarini shakllantirishga
yo’naltirilgan
Axborot texnologiyalari;
-
aqliy faoliyat usullarin ishakllantirishga yo’naltirilgan–operatsion
texnologiyalar;
-
estetik va axloqiy usullarni shakllantirishga yo’naltirilgan axborot
texnologiyalari;
-
shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirishga
511
yo’naltirilgan texnologiyalar;
-
fikrlash
qobiliyatini
rivojlantirishga
yo’naltirilgan
evristik
texnologiyalar;
-
amaliy faoliyat sohasini rivojlantirishga yo’naltirilgan amaliy
texnologiyalar;
Pedagogik texnologiyalarni yuqorida aytilganlardan tashqari bir
qancha
belgilarga ko’ra ham turlarga ajratiladi. Bunday turlarga ajratishlar har bir
pedagogik texnologiya o’ziga xos serqirra ekanligidan kelib chiqadi va
Ularni ilmiy-nazariy hamda amaliy maqsadlar nuqtai–nazaridan chuqur
Tahlil qilishga,o’zlashtirishga,yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Talabalarning qobiliyatlari darajasida ta’lim berishning demokratiktizimi
Ularga fanlar bo’yicha chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan hamda
inklyuziv
ta’lim berish va boshqa yo’nalishlardan iborat. Bu yo’nalishlarning har biri
o’ziga xos maqsadlarn iko’zda tutadi va ularni amalga oshirish bo’yicha
tegishli ishlar olib borilmoqda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu ma’lumotlar bilan tanishish
asosida Zamonaviy pedagogik munosabatlarni uzluksiz rivojlantirish va
har bir
bo’lajak pedagog o’z nazariy bilimlarini va kasbiy pedagogik
mahoratlarini
muntazam oshirib borishi zarur hisoblanadi. Buning uchun bo’lajak
pedagog o’z sohasining ustasi, har bir darsda o’quv nazariy darslar uchun
tegishli darsliklar, qo’shimcha adabiyotlar, tavsiyalar, o’z fanini
o’qitishning
ilg’or texnologiyalari, ta’lim-tarbiya sifati va samadorligini oshirish
maqsadida ushbu ma’lumotlar bilan tanishib boorish lozim. Eng asosiysi
har
bir bo’lajak pedagog o’rganganlarini talabalar bilan darslarda ham va
boshqa ta’lim-tarbiyaviy, jamoat ishlarida ham yuksak mahorat bilan
qo’llay
olishligi hozirgi kunda dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |