Фойдаланган адабиётлар рўйхати
1.
Нишова З.Т. Парпиева Ш.А. Имконияти чекланган ўқувчиларни
касб-ҳунарга йўналтиришнинг психологик жиҳатлари. Замонавий
таълим журнали, 2015 йил, № 12
2.
Мактабгача таълимда ўқув-тарбиявий ишларни ташкил
этишнинг самарадорлиги: Муаммо ва ечимлар. Республика илмий-
амалий анжуман маатериаллари тўплами
O’QUVCHILAR ONGINI SHAKLANTIRISH, PEDAGOGIK-
PSIXOLOGIK OMILLAR TA’SIRI
388
Xaydarova E.A.- ADU,BTSTI yo'nalishi talabasi
Annotatsiya:
ushbu maqola barkamol avlodni tarbiyalashda ta’sir
qiluvchi omillarni ongni shaklanish jaroyoniga qay daraja ta’sir
ko’rsatishi yoritib berilgan. Shaxs kamolotida irsiyat muhit va ta’lim-
tarbiyaning o’rni va ahamyati darajalari ochib berishga harakat qilingan.
Umumiy va maxsus xulosalar berib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
irsiyat, muhit, ta’lim-tarbiya, rivojlanish, inson
kamoloti, bilim, ijtimoiy omil.
Аннотация:
эта статья посвящена тому, в какой степени
факторы, влияющие на воспитание гармонично развитого поколения,
влияют на процесс формирования сознания. Была предпринята
попытка выявить уровни наследственности в зрелости личности и
роль и значение воспитания и обучения. Даются общие и
специальные заключения.
Ключевые слова:
наследственность, окружающая среда,
образование-воспитание, развитие, зрелость человека, знания,
социальный фактор.
Insoniyat yaratilibdiki u mukammallikka intilib keladi. Bunda
ma'naviyatning, bilim va tarbiyaning o'rni beqiyosdir. Chunki inson bolasi
bilim va tarbiya vositasida ulg'ayadi. Agar u bilim olmasa, yaxshi tarbiya
topmasa hayotda o'z o'rnini topishi dargumon. Demak, olingan bilim va
tarbiyaning inson ongida uyg'unlashib, uning turmush tarziga aylanishi
inson ma'naviyatini yuzaga keltiradi.
Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim
muammolardan
hisoblanadi.
Shu
sababli
shaxsning
shakllanishi
masalalariga to’g’ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini,
uning xulq-atvorini va unga ta’sir sabab va vositalarini bilish zarur.
Shaxsning rivojlanishi jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir
bo’ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil hamda muhit, ta’lim va tarbiya,
shaxs faolligi (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb
tushuniladi.
Ma’lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti
biologiyaning
umumiy
qonunlariga,
yoshlar
anatomiyasi
va
fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo’ysunadi. Shaxsning, ayniqsa
bolaning jismoniy rivojlanishi, sog’ligi biologik omilga bog’liqdir.
Biologiyaning asosiy tushunchasi bo’lgan irsiyatning, ya’ni bolaning nasl-
nasabining roliga olimlarimiz alohida e’tibor bermoqda. Harbir bola
389
insonlarga xos tug’ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Bola o’zining
avlod-ajdodlaridan ko’pgina biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib
oladi, xatto ayrim kasalliklar ham nasldan naslga o’tadi. Biologik omillar
shaxsning jismoniy rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Shunday ekan,
sog’lom ota-onadan sog’lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz
lozim.
Muhit
– bu shaxsga ta’sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar
kompleksidir. Bular: tabiiy muhit (geografik, ekologik) ijtimoiy muhit
(shaxs yashayotgan jamiyat) oila muhiti va boshqalar kiradi. Bular orasida
ijtimoiy muhitning, ya’ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti
uchun yaratilgan imkoniyatlari muhim ro’l o’ynaydi. Mustaqil
O’zbekistonimizda ta’lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash milliy
dasturini qabul qilinishi barkamol avlodni yaratishdagi dastlabki
qadamlardir.
Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan
tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi
rivojlanish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish mumkin. Tarbiya
jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta’sir etiladi. Buning
natijasida muhitdagi voqealarning to’g’ri ijobiy ta’sirini amalga oshirish
imkoni tug’iladi. Muhit bera olmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi,
xatto tarbiya tufayli shaxsda tug’ma kamchiliklarni ham o’zgartirib
shaxsni kamolga yetkazish mumkin.[3]
Bundan tashqari muhitning salbiy ta’siri tufayli tarbiyasi izdan
chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan
tashqarida bo’lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun
asos bo’ladi. Pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat
xoh o’yin, mehnat, o’qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga
ta’sir ko’rsatadi.
Shaxs ulg’aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham
shaklan o’zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham
o’zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida o’yin, o’quvchi hayotida o’qish,
kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.
O’quvchi va talabalarning rivojlanishida o’quv jarayonlarining
ahamiyati va ta’siri beqiyos kattadir. Bilimlarni o’zlashtirish ularning
tafakkurini o’stiradi, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy
vositasi bo’lib qoladi. Tarbiya bilan rivojlanishning o’zaro bir-biriga ta’siri
va munosabatlari mavjud, chunki qayerda tarbiya jarayoni muammolari
to’g’ri hal etilsa, u shaxs kamolotiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Kamol
topgan shaxs tarbiyaning roli va imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydi.
390
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlashi uchun boladagi
rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o’zgarish
sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatan rivojlantiruvchi omil
bo’lmog’i uchun tarbiyalanuvchi jamiyatning tarbiya oldiga qo’ygan
talablarini, shaxsning o’ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur.[4]
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida
bir xil bo’lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil
bo’ladi. Tarbiya jarayonida o’sayotgan avlodning yosh va o’ziga xos
xususiyatlarini bilish va hisobga olish juda zarur.
Ma’lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o’quvchi-talabalarning har
birini o’ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud.
Bu o’ziga xoslik rivojlanish jarayonida yaqqol namoyon bo’ladi.
Yosh xususiyatlarini hisobga olish, bola xususiyatiga moslashish emas,
balki shu yosh davrda bola imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va
tarbiya ishlarini tashkil etish demakdir.
Shundagina shaxs rivojlanishiga tarbiyaning ta’siri samarali bo’ladi.
Bolalarni o’qitish va tarbiyalashning muvaffaqiyati o’qituvchining har xil
yoshdagi bolalar o’rtasidagi tafovutlarni qay darajada hisobga olishiga
bog’liqdir.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, shaxsni shaklanish
jaroyoni uzoq mudatli bir birini to’ldirib boruvchi pedagogik va psixologik
omillarga bevosita bo’g’liq bo’ladi. Shuning uchun har bir omilni ta’sirini
har tomonlama to’gri hisobga olmoqlik shaxs kamolotining asosiy mezoni
xisoblanadi. Bu esa barchamizdan doimo o’z ustimizda ishlashni talab
qiladi, Zamonaviy bilimlarni egalash orqali barchamiz o’sib kelayotgan
yosh avlodni barkomol qilib tarbiyalashga o’z xissamizni qo’shgan
bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |