167
Pedagogik-psixologik, ko’pincha texnik adabiyotlarda ham
ijodiyotga o’rgatish mumkinmi degan savolning muhokama qilinishini
kuzatish mumkin. Ko’pchilik psixologlarning fikricha, masalaning
bunday qo’yilishi ma’noga ega emas, chunki ijodiyotni belgilashning
o’zida uning algoritimsiz xarakterdaligi aks etadi. Lekin,
ijodiyotga
to’g’ridan-to’g’ri o’rganish mumkin bo’lmasa, biroq ijodiy faollikni
rag’batlantiruvchi yoki to’xtatib qoluvchi shartlarni yaratish hisobiga
unga bilvosita ta’sir qilish mumkin.Ijodiy faollikning kechishiga ta’sir
ko’rsatuvchi omillar yoki shartlar ikki ko’rinishda bo’ladi: vaziyatli;
shaxsiy.
Insonnning kreativ imkoniyatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi vaziyatli
omillarga quyidagilar tegishlidir: vaqt chegarasi; stress holati;
xavotirlanganlik holatining yuqoriligi;
yechimni tezda topish istagi;
juda kuchli yoki juda oz motivatsiya;aniq yechim usuliga fiksatsiya
qilingan ustanovkaning mavjudligi; avvalgi muvaffaqiyatsizliklar
oqibatida kelib chiqgan o’z kuchiga ishonchsizlik; qo’rquv; o’z-o’zini
nazorat qilishning yuqoriligi; vazifalar shartlarini taklif etilishi noto’g’ri
yechimni keltirib chiqaruvchi usuli.
Ijodiy jarayonga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi
shaxsiy omillarga
quyidagilar kiradi:konformlik; o’ziga ishonmaslik (ko’pincha o’zini
baholashning umumiy pastligi bilan kuzatiladi), shuningdek o’ziga
haddan ortiq ishonch; emotsional tushkunlik va salbiy emotsiyalarning
barqaror
ustivorligi;tavakkalga
moyillikning
mavjud
emasligi;
muvaffaqqiyatsizlikni chetlab o’tish motivatsiyasining muvaffaqiyatga
intilish motivatsiyasidan ustunligi; shaxs belgisi sifatida yuqori
xavotirlanishning mavjudligi; shaxsiy himoyaning
kuchli mexanizmlari
va boshqalar.Ijodiy tafakkurga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi shaxs belgilari
orasida
quyidagilar
ajratiladi:
o’z
kuchiga
ishonch;quvonch
emotsiyasining va hattoki ma’lum bir darajada agressivlikning
ustuvorligi; tavakkalga moyillik; g’ayritabiiy va noodatiy ko’rinishdan
qo’rqishning mavjud emasligi;konformlikning mavjud emasligi;hazil-
mutoyiba hissining yaxshi rivojlanganligi; ong ostining mazmun jihatdan
boyligi (mazmun jihatdan turli-tuman tushlar ko’rish, sinestiziya
fenomenini boshdan kechirish va boshqalar);
fantaziya qilishga va
kelajakdagi rejalarni tuzishga mehr va shu kabilar.
Shu o’rinda ijodkor shaxslarda tez-tez uchrab turadigan,
infantilizmgacha borib yetadigan bolalik mavjudligini qayd etib o’tish
lozim. V.P.Zinchenko shu munosabat bilan
P.A.Florenskiyning
ijodiyotning siri yoshlikni saqlab qolishda, geniallikning siri esa bolalikni
168
hayotning oxirigacha asrab qolishda ekanligi haqidagi formulasini keltirib
o’tadi. Ko’psonli tadqiqotchilar har qanday ijodkor shaxsning ijodga
qobiliyati asosida yotuvchi bosh sifatni ta’riflashga urinishgan. Aniq
ta’riflarning rang-barangligiga qaramasdan ularning barchasi qariyb bir
narsani:ijodkor shaxs–erkin shaxs, erkin shaxs esa–o’z-o’zidek
bo’lishga, K.Rodjers tarifida o’z «Men»ini eshitishga qodir shaxsdir.
Iqtidorlilik tuzilmasiga doir turli yondashuvlar tahlili asosida (A.M.
Matyushkin, D. Reyuulli, D. Sisk, J. Friman va boshқalar modeli) asosiy
uch blokni ajratib o’tish mumkin: muvofiq faoliyat turiga motivatsiya;
qobiliyatlar bloki;amalga oshirish bloki. Bizning
tadqiqotimiz doirasida
xalqaro e’tirofga sazovor bo’lgan iqtidorning Myunxen tadqiqoti tajribasi
foydalidir. Iqtidorlikning Myunxen logityud tadqiqoti Germaniyada professor
K.A.Xeller rahbarligida o’tkazilgan. U ko’p faktorli modelga asoslanib, yuqori
individual yutuqlar kognitiv iqtidorlilik (intellektual, ijodiy, ijtimoiy va
boshqalar), shaxs (motivatsiya, qiziqishlar, Men – kontseptsiyasi) va ijtimoiy
muhit (oila va maktabdagi muhit, ta’lim sharoitlari, tengdoshlari bilan
munosabatlar) natijasi sifatida ko’rilgan.
Kreativlik diagnostikasining eng ko’p mahlum bo’lgan rest
batareyasining muallifi Ye.P. Torrens ijodiy yutuqlarning yuqori darajasi
faqatgina uch omil:
kreativ imkoniyatlar, ijodiy mahorat va ijodiy
motivatsiyaning bir-biriga mos kelishi holatidagina kutilishi mumkin, deb
hisoblagan.
Shaxs kreativ imkoniyatini amalga oshirish va rivojlantirishning
mavjud modellari va tadqiqotlariga tayangan holda biz o’rta maktabda
o’quv-tarbiya jarayonida shaxs kreativ imkoniyatini samarali amalga
oshirishni belgilovchi quyidagi omillar mavjudligini faraz qildik.
O’smirlarning
kreativ
imkoniyati;ijodiymotivatsiya;
Men–
kontseptsiyasining xususiyatlari;ijodiy mahorat;atrofdagilar bilan o’zaro
aloqalar
(shaxslararo
munosabatlar)
xususiyatlari;
o’quv-tarbiya
jarayonining xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: