Leksemalarida graduonimiya bitiruv malakaviy ishi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/32
Sana12.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#779633
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI 
O‘ZBEKISTONMILLIY UNIVERSITETI 
O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI 
 
OСHILOVA ROHILA KOMIL QIZI 
 
O‘ZBEK TILIDA FE’L 
LEKSEMALARIDA GRADUONIMIYA 
 
BITIRUV MALAKAVIY ISHI 
 
Ilmiy rahbar: 
Filologiya fanlari 
Doktori, prof, M. Qurbonova 
 
TOSHKENT 2014



MUNDARIJA 
ISHNING UMUNIY TAVSIFI
…………………………………………… 
O‘
zbek tilida fe‟l leksemalarida graduanimiya……………….. . .. . . . .. . .. 
Asosiy qism 
 
I BOB. Graduonimiya haqida ma’lumot 
1.1
So„zlar aro ma‟noviy munosabat 
1.2
O‘
zbek tilida graduonimiya hodisasining tadqiqi 
II BOB. Fe’llarida darajalanish 
2.1 Harakat fe‟llarida darajalanish 
2.2 Holat fe‟llarida darajalanish 
XULOSA
…………………………………………………………….. 
Adabiyotlar ro„yxati…………………………………………….. 




ISHNING UMUNIY TAVSIFI 
Mavzuning dolzarbligi.
Uzoq yillar davomida so„zlararo ma‟noviy 
sistem munosabatlar manodoshlik va zid ma‟nolilikni o„rganish bilan cheklanib 
qoldi. Keyingi paytlarda bu xil munosabatlar doirasi giponimik
1
munosabatlarni 
ajratish bilan kengaytirildi va graduonimik kabi ma‟no munosabat turlari ham 
lisoniy-lug„aviy tizimda mavjudligi taxmin etildi. Tadqiqotimiz shulardan 
graduonimik munosabatlar masalasini o„rganishga bag„ishlanadi.
Prezidentimiz Islom Karimov ta‟kidlab o„tganlaridek : “ Istiqlol 
yillarida o„zbek tilining qo„llanishi doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni 
ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o„ziga xos 
xususiyatlariga bag„ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o„quv qo„llanmalari, 
yangi yangi lug„atlar ko„plab chop etilayotgan jamiyat tafakkurini yuksaltirishga 
o„z hissasini qo„shmoqda”
2
O‘
zbek tilida fe‟llardagi lug„aviy graduonimiya ham 
ona tilimizning yangi yangi qirralarini ko„rsatib berishga xizmat qiladi. 
Prezidentimiz Islom Karimov: “ Ma‟lumki, o„zlikni anglash, avlodlar 
o„rtasidagi ma‟naviy bog„liqlik til orqali namoyon bo„ladi. Jamiki ezgu fazilatlar 
inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. 
Ona tili- bu millatning ruhidir”
3
- deb ta‟kidlaganlaridek, tilda har bir millatning 
o„zligi ruhi namoyon bo„ladi. 
Bizga ma‟lumki, xalqimiz o„zining boy va ko„xna tarixiga, madaniyati 
va ma‟naviyatiga, san‟ati va adabiyotiga ega bo„lib, ming yillar davomida 
shakllanib, rivoj topib kelmoqda. Bunday tarix va merosga ega o„zbek xalqining 
orzu umidlari, urf-odat va ananalari, qadriyat va qarashlari, madaniyati va 
ma‟naviyati betakror va jozibali tilida yashab, avloddan-avlodga o„tib kelmoqda. 
Ulug„ allomalarimiz ta‟kidlaganidek tilda millat, uning orzu-umidlari yashaydi.
1
Сафарова Р. Гипономия в узбекском языки. Кд. – Ташкент, 1990 
2
Karimov I. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch.- Toshkent: ma’naviyat 2008. B. 86 
3
Karimov I. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch.- Toshkent: ma’naviyat, 2008.-B.85 



Tilda til egalarining butun borlig„i mujassam tarzda namoyon bo„ladi. 
Ulug„ va oqil dono ajdodlarimizning buyuk kashfiyot, pand-nasihat va hikmatli 
so„zlari, hayot haqidagi qarash va saboqlari, barkamollikka undovchi da‟vatlari 
ana shu tilimiz orqali bizgacha yetib keladi. 
Bugungi kunda o„zbek tilida fe‟l leksemalarining darajalanishini 
o„rganish, talqin etish kerakligi sezilmoqda. Chunki o„zbek tilining so„z boyligi 
har bir so„zning o„z o„rnida qo„llanishi so„zlardagi joziba va betakrorlikni 
ta‟minlaydi. 
Fe‟llardagi darajalanish ma‟no nozikliklarini ko„rsatish bilan bir qatorda 
tilimiz boyligini ham yana bir bor ko„rsatib berishga xizmat qiladi. 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish