Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1.
Матғозиев А. “Философия” терминининг дастлабки ўзбекча
изоҳи // “Ўзбек тили ва адабиёти” журнали. – 1971., №4.
2.
Мирзааҳмедова З. Иқтисодиёт терминологиясини тартибга
солишнинг айрим масалалари // “Ўзбек тили ва адабиёти”
журнали. – 2003., №6.
3.
Ҳожиев А. Лингвистик терминларнинг изоҳли луғати. –
Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2002.
41
Дубичинский В.В. Лексикография русского языка. учеб. пособие / Дубичинский В.В. – М. : Наука: Флинта,
2008. – 432 с. – С. 100.
677
4.
Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов /
О.С.Ахманова. – 2-е изд., стер. – М.: УРСС: Эдиториал УРСС,
2004.
5.
Васильева Н.В., Виноградов В.А., Шахнарович А.М. Краткий
словарь лингвистических терминов. – М., 1995
BO`LAJAK TABIIY FANLAR O`QITUVCHILARINING
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA VIRTUAL
LABORATORIYA ISHLARINI TASHKIL QILISH
ISTIQBOLLARI
Djurayeva B.A. - T.N.Qori Niyoziy nomidagi
O’zbekiston pedagogika fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Annotatsiya:
bo`lajak tabiiy fanlar o`qituvchilari tabiiy fanlarni
o`qitishda o`quv jarayoniga axborot texnologiyalari asosida virtual
laboratoriya ishlarini tashkil qilishi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so`zlar:
axborot, texnologiya, virtual laboratoriya, internet,
masofaviy ta`lim, raqamli texnologiya, multimediya, elektron darslik
.
Vatanimiz kelajagi xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning
jahon hamjamiyatidagi obro` e‘tibori, avvalambor farzandlarimizning
unib-o‘sib qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz
bunday o‘tkir haqiqatni unutmasligimiz kerak, zero har qanday jamiyatda
yosh avlodni jismonan sog‘lom, ruhan tetik, ma‘naviyati yuksak, va
albatta, bilimli, o‘zi tanlagan sohani еtuk mutaxassisi bo‘lib еtishishi
davlat ravnaqi va rivojida alohida o‘rin kasb etadi. Biz ta‘lim-tarbiya
jarayonida o‘sib kelayotgan yosh avlodni hozirgi zamon bilan hamnafas
holda kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zida mujassamlashtirgan
jamiyatga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlab berishimiz uchun ta‘lim va
o‘qitish sifatini innovatsion texnologiya va g‘oyalar asosida hamda
ta‘limda hozirda ishlab chiqilgan va xalqaro tajribalarda yuqori samara
678
bergan interfaol metodlarni har bir mavzuga individual yondoshgan holda
tadbiq qilishimiz hozirgi zamon talabidir.
Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonimizda isloh qilinayotgan ta‘lim
tizimining bosh maqsadi va g‘oyasi ham har tamonlama еtuk komil
insonni tarbiyalab voyaga еtkazishdan iborat [1.70b]. Buning uchun,
avvalo ta'lim tizimining barcha shakllardagi muassasalarida ta'lim
jarayonini ilg'or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan yangi va zamonaviy
uslubiyot bilan ta'minlash lozim. Yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishning
maqsadi, vazifalari, mazmuni, uslubiy talablariga ko'ra fan, texnika va
ilg'or texnologiya yutuqlaridan unumli foydalanish bugungi ta'lim tizimi
oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Ushbu
maqsadlarni
ro'yobga
chiqarishning
asosiy
vazifalari
quyidagilardan iborat:
-tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va
sohalardagi mavjud talablarga alohida e'tibor qaratgan holda ta'lim va
tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlash;
-ta'lim
jarayoniga
yangi
axborot-kommunikatsiya
va
pedagogik
texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy
etish, ta'lim muassasalarining o'quv-laboratoriya bazasini mustahkamlash;
-raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda
internet tizimini yanada rivojlantirish va keng o'zlashtirish[2.552 b].
Hozirda shitob bilan rivojlanib borayotgan fan-texnika, tabiiy-ilmiy
fanlarning barcha fanlar rivojida qudratli vosita ekanligini yana bir bor
isbotladi va isbotlab kelmoqda. Shu sababdan o'qitish jarayonini tashkil
etish, o'quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga
ma'lum o'zgartirishlar kiritish zarur bo'ladi. Bunda ta'lim jarayoniga
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish
maqsadga erishishdagi eng samarali yo'llari hisoblanadi.
Agar internetni axborot texnologiyasining asosiy vositalaridan biri sifatida
qarasak, u orqali masofaviy ta'limni qo'llash muammosi keng ma'noda hal
etilmoqda. Bunday ta'limni yo'lga qo'yish tufayli, onlayn tarzida mustaqil
ishlar uchun axborotlarni qabul qilish, nazorat ishlarini bajarish,
o'qituvchiga savol berish va tezlik bilan javoblarni olish mumkin
bo'lmoqda. O'qitishning bunday shakli o'qituvchiga tez va operativ tarzda
har bir talabaning materialni o'zlashtirishini nazorat qilish va kerak
bo'lganda o'quv jarayoniga kerakli tuzatishlarni kiritish imkoniyatini
bermoqda.
Buning natijasida so'nggi vaqtlarda internet tarmog'iga virtual
laboratoriya ishlarini joylashtirish boshlandi va kun sayin rivojlanib
679
kelmoqdaVirtual laboratoriya ishlarini qo'llashning dolzarbligi yana
shundan iboratki, unda laboratoriya tajribalarini tashkil qilish uchun
murakkab qurilmalarni yasash, qurilmalarni va reaktivlarni saqlash,
almashtirish shart emasligi bilan bir qatorda ta'mirlash ishlari, kimyoviy
idishlarni yuvish kabi ishlar bajarilishi shart emas. Hamma laboratoriya
ishlari kompyuter xotirasida yoki tashqi xotirada elektron variantda va bir
joyda saqlanadi. Kompyuter qurilmasi xavfsiz, ishlatish qiyin emas va shu
bilan birga foydalanuvchidan faqatgina belgilangan maxsus dasturlar bilan
ishlash ko'nikmasini talab qiladi[3. 328 b].
Virtual laboratoriyani quyidagi holatlarda ishlatish tavsiya qilinadi:
-O'quvchilarni bajariladigan tajriba texnikasi bilan tanishtirish uchun;
-Tajriba vaqtida qo'llaniladigan asboblar bilan tanishtirish uchun;
-Hisobotlar qilish va kuzatish ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida;
Bu kabi ishlar uch o'lchamli animatsiya va tasvirlarni qo'llash orqali
amalga oshiriladi. Ular maxsus dasturlashtirilgan va ovoz bilan
ta'minlangan bo'ladi. Bunda ayni mavzuning mazmuni ma'lumotlar,
nazorat savollari va turli xil illyustratsiyalardan iborat bo'ladi[4. 11b].
Virtual laboratoriya maksimal ko'rgazmalilikka, tajribani bajarish uchun
real qurilmalarning aynan mos kelishini ta'minlaydi. Bu o'quvchilarning
ishlarini
yengillashtiradi,
vaqtni
tejaydi,
o'rganilgan
mavzuning
o'zlashtirish darajasini oshiradi. Bundan tashqari jarayonning virtual
modeli o'qituvchiga o'quvchilarning o'zlashtirish darajasiga qarab,
o'rganilayotgan mavzu yuzasidan qo'shimcha savollar shakllantirishga
(ayni mavzu yuzasidan) yordam beradi[5. 47 b].
Virtual laboratoriya ishlari ikki guruhga bo'linadi: axborotli-
o'rgatuvchi va nazoratli. Axborotli-o'rgatuvchi guruxdagi laboratoriya
ishlari ma'ruza materiallari asosida tuziladi va nazariy ma'lumotlar,
bajariladigan ishning modelini o'z ichiga oladi. Nazorat guruhidagi
laboratoriya ishlari sinov tarzida bo'lib, oldindan tayyorlangan qurilma va
reaktivlar asosida o'quvchilar tomonidan laboratoriya ishlarini mustaqil
tarzda tashkil qilishga asoslangan. Bunda o'quvchilarga bajariladiganish
yuzasidan interfaol ko'rsatmalar beriladi va o'qituvchi tomonidan ularning
bajarilishini to'g'ri ekanligini yoki noto'g'ri bajarilayotganligini og'zaki va
yoki yozma tarzda nazorat qilib turiladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilib, kimyo fanlaridan
laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazishda virtual laboratoriyalarning
afzalliklari va kamchiliklari to'g'risida quyidagi fikrlarni bildirish mumkin:
Virtual laboratoriyaning afzalliklari:
1) interfaolligi;
680
2) mahsus laboratoriya xonalarga bog'liq bo'lmagan holda ishlatilishi
(kompyuter bor joyda ishlatish imkoniyati);
3) o'quv muassasasida bajarish mumkin bo'lmagan yoki real vaqtda
kuzatish mumkin bo'lmagan hollarda obekt, jarayon va hodisalarning
modellashtirilishi;
4) internetdan foydalanib, masofaviy ta'lim asosida topshiriqlarni amalga
oshirish imkoniyati;
5) reaktivlar yetishmay qolganda;
6) hayot uchun xavfli bo'lgan moddalar bilan tajribalarni bajarishda;
Virtual laboratoriyaning kamchiliklari:
1) real tadqiqotlarni bajarmasligi;
2) moddiy ko'rgazmalilikni yo'qligi;
3) ma'lum bir qurilmalar bilan amaliy ishlash ko'nikmasining yo'qligi.
Keltirilgan kamchiliklarga qaramay, masofaviy ta'limda yoki tabiiy
sharoitda ta'lim muassasalarida bajarish imkoniyati yo'q laboratoriya
ishlarini o'tkazish uchun virtual laboratoriyalardan foydalanish samarali
usullardan ekanligini ta'kidlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |