Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида


Professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga 
 puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk 
insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. 
Sh.Mirziyoyev
Jahonda talabalarni kasbiy-metodik tayyorlashda zamonaviy talablar 
asosida umumiy kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning yaxlit tizimini, 
muhim kompetensiyalarni shakllantirishni talab etmoqda. Talabalarida 
etnomadaniy kompetensiyani shakllantirish orqali ularni kasbiy-
pedagogik faoliyatga tayyorlash masalasi dolzarb sanalmoqda. 
Etnomadaniy kompetensiyalar ta’lim jaroyonida ijtimoiy tavsifga ega 
bo‘lib, talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash uchun umumdidaktik, 
xususiy tamoillarga va innovatsion yondashuvlarga asoslangan jarayonni 
tashkil etishni taqozo etadi.
Etnomadaniy kompetensiyalar talabaning milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar asosida egallagan ko‘nikma va malakalarini kasbiy faoliyat 
jarayonida qo‘llashda muhim ahamiyatga ega. 
Oliy ta’lim muassasasi talabalarida etnomadaniy kompetensiyani 
shakllantirish orqali xalqlarning etnik jihatdan kelib chiqishi, yashash 
turmush-tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyati haqida bilim va 
ko‘nikmalarni rivojlantirish dolzarb muammo sanaladi. Talabalar
xalqimizning turmushi, madaniyati va urf-odatlariga xos bo‘lgan 
xususiyatlarini o‘rganish orqali kelajakda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida 
milliy g‘urur va iftixorni shakllantirish malakasini egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi 
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish” konsepsiyasida “Oliy ta’limda ma’naviy-axloqiy 
mazmunni 
kuchaytirish, 
yoshlarni 
milliy 
qadriyatlarga 
hurmat, 
insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni 


318 
mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish”33 kabi ustuvor 
vazifalar belgilangan. Bu esa, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida 
etnomadaniy kompetensiyani shakllantirishni taqozo etadi. 
Hozirgi zamon pedagogikasida etnomadaniy ta’lim muammosi 
mustaqil ilmiy muammoga aylanib, jiddiy e’tiborni talab qiladi. Bu 
muammo pedagogika fanining mustaqil yo`nalishiga aylanib bormoqda. 
Etnomadaniy ta'limning o'ziga xosligi o'z chegaralariga ega: ular 
monoetnikdan ko'p millatli etnomadaniy ta'limgacha ochiq. Etnomadaniy 
ta'lim muammosi monoetnik chuqurlik va ko'p millatli kenglikni, 
madaniyatlararo o'zaro ta'sir masalalarini tushunishni nazarda tutadi. [1,9-
4] 
Hozirgi vaqtda talabaning etnomadniy kompetensiyasini shaklantirish 
uchun xalqqimizning milliy g'oyasini, madaniyatini qayta tiklash, 
mamlakatimizni tarixini, uning vatani tarixini o'rganish zarurati mavjud. 
Mamlakatimiz madaniyatining tiklanishi uchun ona yurtning tarixiy va 
madaniy merosi tomonidan shakllangan an'anaviy axloq tizimiga qaytish 
alohida ahamiyatga ega. Tug'ilgan joylar, hadisi shariflarda tarbiya 
masallari, urf-odatlar va marosimlari, qo'shiq folklorlari, respublikamiz 
madaniyatining qadimiy hunarmandchiligi qimmatli materialdir. 
Zamonaviy ta'lim tizimini kasb-hunar ta'limi bilan bog'liq ravishda 
modernizatsiya 
qilish 
kelajakdagi 
o'qituvchi-yoshlarni 
zamonaviy 
shaxsning asosiy kompetentsiyalarini, shu jumladan etnik madaniy 
kompetentsiyani o'zlashtirishi kerakligini anglatadi, bu shaxsning o'ziga 
xos xususiyati sifatida tushuniladi, ob'ektiv g'oyalar va samarali 
millatlararo madanyatni tushunishni va o'zaro ta'sirni ta'minlaydigan 
ko'nikmalar, tajribalar va xatti-harakatlar orqali amalga oshiriladigan 
ma'lum bir madaniyat haqidagi bilimlar majmuidir.
Yuqoridagi izohlardan barchamizga ma’lum bo’ldiki har bir xalqning 
etnik jihatdan kelib chiqishi, urf-odatlari, qadriyatlari kelajak avlodga 
ta’lim-tarbiya jaroyoni orqali yetib boradi. Buning nazariy va amaliy 
yechimi 
esa 
albatta 
talabalarga 
etnamadaniy 
kompetensiyalarini 
rivojlantirish orqali xal qilinadi. 
Barchaniz birlashib etnomadaniy kompotensiyani shaklantirishga 
harakat qilar ekanmiz, biz mutaxassislar avvalo o’zimizda bu 
kompotensiyani to’liq shakllantirgan bo’lishimiz kerak. Qachonki biz 
33
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim 
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmoni//Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10. 2019 y.


319 
mutaxassislar o’zimizda etnomadaniy kompeteniyani shaklantirsakgina 
o’quvchi yoshlarga bu haqida to’liq ma’lumotlarni bera olamiz. Shuning 
uchun biz mutaxassislar doimiy izlanish va intilishda bo’lishimiz, 
zamonaviy bilimlar bilan qurallanib bormog’imiz kerak.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish