Javob: Ot sporti.
254-savol: O’zbekiston va bir qancha mamlakatlarda u 735,499 Vt, AQSh va Buyuk Britaniyada
esa 745,7 Vt. Bunga qarab, AQSh va Yevropada ular bizdagiga qaraganda sal baquvvatroq
ekanda degan hulosaga kelish mumkin. Ular kimlar yoki nimalar?
Javob: Otlar (Gap «ot kuchi» quvvat o‘lchov birligi haqida ketmoqda).
255-savol: Bu voqea Bangkokda 4 marta, Dehlida 2 marta, Manila, Tokio, Jakarta, Tehron, Seul,
Pekin va Xirosimada 1 marta sodir bo‘lgan. Uning oxirgisi qaerda sodir bo‘lgan?
Javob: Janubiy Koreyaning Pusan shaxrida (2002 yil).
Izoh: Gap Osiyo o‘yinlari haqida ketmoqda.
256-savol: U namlik yerni yoqtiradi. «Tagim ko‘l bo‘lsin, tanam cho‘l bo‘lsin» degan maqol xam
borki, buni bog‘bonlar uning tilidan aytishgan. U nima?
Javob: Anjir daraxti.
257-savol: Xalqimizda dexqonlarning piri-Bobo Dexqon, yilqichilarniki -Qambar ota, sigir
boquvchilarniki - Zangi ota, echki boquvchilarniki - Saksak ota, poyafzal tikuvchi kosiblarniki -
Boboi Parado‘z,chilangarlarniki - Hayoti Dovud bo‘lgan. Qo‘y boquvchilarning piri kim bo‘lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |