Qambar Ota
(1941 yilda tug’ilgan)
Bolalarning sevikli shoirlaridan biri Qambar Ota 1941 yilda Kattaqo’rg’on shahrida
tavallud topdi. 2-o’rta maktabda o’qidi. O’quvchilik davridan she’rlar mashq qila boshladi.
U 1958-1967 yillar shahardagi Suv xo’jaligi texnikumida so’ngra Alisher Navoiy
nomidagi Samarqand Davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakultetida o’qidi.
1970-1974-yillarda turli oliy o’quv yurtlarida muallimlik qildi.
Qambar Otaning kichkintoylar hayotidan olib yozgan turli she’riy mashqlari tuman,
viloyat, hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida tez-tez bosilib turdi.
1975-yilda oilasi bilan Toshkentga ko’chib kelib G’afur G’ulom nomli adabiyot va
san’at nashriyoti, “O’zbekiston agitatori” jurnali, “Xalq so’zi”, “Ma’rifat” gazetalarida,
O’zbeiston istiqbolini belgilash Davlat qo’mitasida turli lavozimlarda ishlash bilan birga qizg’in
va samarali badiiy ijod qilish bilan mashg’ul bo’ladi.
Kichkintoylarning katta shoiri tinimsiz o’z ustida tinimsiz ishlar, mashq qilar, Zafar
Diyor, Quddus Muhammadiy, Qudrat Hikmatdek zabardast bolalar ijodkorlarining she’rlarini
o’qir, xulosalar chiqarar, yosh kitobxonlar davrasida bo’lar, yozuvchilar tomonidan
uyushtirilayotgan adabiy-badiiy yig’inlarda ishtirok etar edi. Bunday intilish va harakatlar
shoir ijodida o’z samarasini berdi. Natijada “Vatan tuprog’i”, “Yuzlar”, “Diydor”, “Dil ko’rki”,
“CHavandoz orzusi”, “Tinim bilmas shamolvoy”, “Quyoshli dunyo”, “Sizday yashagim kelar”,
“SHirin so’z”, “Bolalarning ko’zlari”, “Quyosh bilan gaplashdim”, “Mashhur Toshpolvon
haqida ertak”, “Tinmay izlan, yuragim” kabi bolalar va kattalarga atalgan 30ga yaqin she’riy
kitoblar chop etilgan. Respublikamizning iqtidorli bolalariga ustozlik qilib, adabiy to’garaklar
olib borgan.
Qambar Ota bir necha o’nlab jahon bolalar shoirlari ijodidan sara tarjimalar qilgan va o’z
navbatida uning she’rlaridan rus, belorus, qozoq, qoraqalpoq, turkman, tojik, uyg’ur, turk
tillariga namunalar tarjima qilingan.
SHoir Qambar Otaning ijodi ayniqsa bog’cha bolalari, maktab o’quvchilari diliga yaqin
bo’lganligi uchun 80-yillar boshidanoq bog’cha tarbiyachilari uchun metodik qo’llanmalar va
maktab darsliklariga ko’plab asarlari kiritilib boshlaganligi bolalar orasila uning keng tanilishiga
sabab bo’ldi.
Mamlakatimizda Istiqlolini shoir katta quvonch bilan kutib oldi. Bu tarixiy xushxabar
to’g’risida bor ovoz bilan “Istiqlol” nomli she’rini yozdi. SHe’rda shoirning jarangli ovozi
kitobxon bolalarning sho’x-shodonligi, quvonchi bilan qo’shilib ketadi:
Sen kelgansan yurtimga,
Sen kelgansan baxtimga.
Aylanasan ahdimga,
Istiqlol!
G’olib bo’lay o’qishda, G’olib bo’lay har ishda.
Yangi bo’lgin turmushda,
Istiqlol!
Qambar Otaning 100dan ortiq she’rlariga Respublikamizning taniqli bolalar
kompozitorlari kuy bastalashgan. Bu qo’shiqlar notasi bilan barcha bog’chalar, maktablar,
bolalar san’at dargohlariga tarqab ketgan. U 1999-yili adabiyotdagi halol xizmatlari uchun
Prezidentimiz tomonidan ikkinchi darajali Sog’lom avlod uchun ordeni bilan taqdirlangan.
SHoirga ona tabiatning o’zi mavzu va ilhom beradi. “Oq bulut, ko’k bulut” she’rida
yomg’irni olqishlaydi. Yomg’ir qancha ko’p yog’sa, suv shuncha serob bo’lishini, maysalar
butun borliq guldek yashnab, odamlar sog’lom –u ekin-tekin mo’l-ko’l bo’lishini ta’kidlaydi.
SHoir tomchi-yomg’irning har qanday turini ma’qullaydi.
Jalayu do’l bo’lsang ham
Qarshilar maysa, yaproq
Kutadi sel bo’lsang ham,
|
Do'stlaringiz bilan baham: |