Zahriddin Muhammad Bobur — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi; boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi. Boburning ilmiy mehnatlari orasida “Aruz haqida risola” (1523-25) alohida o‘rin egallaydi, unda sharqiy aruz vazni ko‘rib o‘tiladi. 1521 yil islomning beshta shariat ustuni bayon etilgan falsafiy-diniy “Mubayyin” asarini yozgan.
Zahriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda tavallud topgan, Farg‘ona hukmdorining o‘g‘li, Amir Temurning evarasi. Bobur 1494 yil Farg‘ona hokimi bo‘ladi, 1526 yil Hindistonda markazlashgan boburiylar davlatiga (jahon tarixiga “buyuk mo‘g‘ullar saltanati” bo‘lib kirgan) asos solib, Hindiston inglizlar tomonidan bosib olinishiga qadar (1848) mavjud bo‘lgan. Agra shahrida 1530 yil 26 dekabr kuni vafot etgan.
Boburning she’riy merosi ko‘pqirrali va boy. Nasriy asarlari (1519) “Qobul devoni”ga, so‘nra (1529-30) “Hind devoni”ga jamlangan. U sharq nasriy janrlarida 10 dan ziyod she’rlar yozgan. She’rlarida uning shaxsiy hayoti, atrof-muhiti va tarixiy hodisalar aks etilgan. Bobur she’riyatining asosini ishqiy-nasriy mazmundagi she’rlar tashkil etadi. Shoir san’ati o‘ziga xos adabiy uslub va mahorat, turkiy tilning ifodaliroq vositalari orqali tasvirlanadi.
Uning she’rlarida o’z davrining tarixiy hodisalari, shoirning shaxsiy hayoti, atrof-muhit, insonga bo‘lgan munosabat, din, davr an’analari va axloqlari voqe’lik ila aks etgan.
Boburning she’rlari — shoirning tarjimai xoli, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U orqali ijodkor shoirona til orqali teran tuyg‘ularni bayon qiladi, hayotiy hodisalar to‘qnashuvi natijasida hosil bo‘lgan tashvishlarnimohirona so‘zlaydi.
Bobur she’riyatining asosini ishqiy-nasriy she’rlar tashkil etadi. Ijodining asosiy qirralaridan biri, chinakam insoniy, dunyoviy, haqiqiy sevgini kuylaganligidir. Shoir lirikasi Alisher Navoiy she’riyatidan ilhomlanish bilan to‘yingan. O‘zining g‘azal va ruboiylarida u sevgi, do‘stlik, go‘zallikka intilish kabi insoniy muammolarni ko‘targan. Dunyoviy sevgini shoir insonning eng porloq unvoni sifatida tarannum etadi.
Bobur oshig‘i bilan uchrashuv uchun sevgining istalgan qiyinchiliklarini yengib o‘tishga tayyorligini ta’kidlaydi. Katta samimiyat ila shoir sevgi uchun o‘zini borlig‘i bilan qurbon qilishga ham tayyorligini ifodalaydi.
Xati — binafsha, xadi — lola, zulfi rayhondur,
Bahori husnda yuzi ajab gulistondur.
Iki mengi oyu dog‘i yuzu so‘zi gulu mul,
Qadi ravonu tani jonu irni marjondur.
Qoshida chinu ko‘zida kinu angabin labida,
So‘zida zahr va lekin tilida darmondur.
Qoshingg‘a ko‘p bora olmon, netay, aroliqda,
Yoshim tishing duridin ayru bahri Ummondur.
O‘tumni tez etasen har tarafg‘a sekretib ot,
Samandi noz inonini bir beri yondur.
Ne nav’ vasf qilay surating latofatini —
Ki, husnunga sening, ey ruh, aql hayrondur.
Jafoyu javr agar qilsa, Boburo, netayin,
Ne ixtiyor manga, har ne qilsa, sultondur Chekib gar oh dudini ko‘ngul o‘tini tutratsam.
Ko‘zum ravshanlig‘ida bo‘lg‘ay,Bobur,base kamliq,
Agar qoshi bila yuzun hilolu kunga o‘xshatsam.
Bobur uchun sevgi — sadoqat, fidokorlik, shukur va insoniylikdir. Sevgini u barcha narsadan: boylik, jamiyatdagi o‘rni va barcha dunyoviy ezguliklardan ustun qo‘yadi. Shoir o‘zining mukammal g‘azallarida go‘zal oshiq timsolini yaratib, unga tengsiz go‘zal tashqi ko‘rinish, boy ichki dunyo, ma’naviy mukammallik in’om etadi. Shu bilan birga, u noyob badiiy vositalarni ham mohirona qo‘llaydi.
O‘zni , ko‘ngul, aysh bilan tutmoq kerak,
Bizni unutqonni unutmoq kerak.
Ayshu tarab gulbunig‘a suv berib,
G‘ussa niholini qurutmoq kerak.
Tiyra turur zuhd damidin ko‘ngul,
Ishq o‘ti birla yorutmoq kerak.
Har nimag‘a g‘am ema,g‘am ko‘p turur
Bobur she’riyatida, shuningdek, insonning axloqi va diniy mukammalligi masalalari ko‘tarilgan. Shoir insonni yuqorilarga ko‘tarib, unga ulkan hurmat ila munosabatda bo‘ladi, inson qadr-qimmatini baland qo‘yadi. Bu g‘oyalarga zid bo‘lga barcha narsaga qarshi chiqadi. Boburning fikricha, xudbinlik, hurmattalablik, qizg‘anchig‘lik, manmanlik - noqobil sifatlardir. Shoir odamlarga samimiy maslahatlar beradi. O‘zining ruboiylarida inson qanday qilib o‘zini ma’nan tarbiyalashi kerakligi haqida gapiradi.
Mazkur mavzuga yuzlanar ekan, insonning hayotdagi eng asosiy vazifasini shoir yaxshilik, bag‘rikenglik va haqiqatda ko‘radi. Do‘stlik - insonning eng asosiy jihati va dushman bilan kurashda ulkan kuch deb hisoblaydi.
Bobur asarlaridagi adabiy til haqida so‘z borar ekan, undagi soddalik, hammaboplik, ravon va qisqaligini aytish lozim. Shoir balandparvoz gaplarni va mukammal iboralarni yoqtirmagan. Boburning sodda tili o‘quvchiga asarlarini, boy ifodalari va kechinmalarini aniq o‘zlashtirishda yordam beradi.
Bobur ma’nosiz gap-so‘zlardan qo‘chishga, o‘z fikrlarini qisqa, ravon va oddiy bayon etishga, inson o‘zi tushunmaydigan so‘zlardan foydalanmaslikka chaqiradi. Xususan, u shunday ta’kidlaydi: “Ravshan va toza gaplar yordamida, soddaroq yoz: va senga ham, seni xatingni o‘qiganga ham oson bo‘ladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |